Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Oyoq panjasining deformatsiyasini korrektsiyalovchi moslamalar
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
Oyoq panjasining deformatsiyasini korrektsiyalovchi moslamalar.
Deformatsiyalar ichida, oyoq panjasida ayniqsa ko’p uchraydigan, odamlarni mehnat qobiliyatini pasaytiruvchi. statik yassilashish hisoblanadi. Oyoq panjasini vassilashishi bilan bog’liq deformatsiyani oldini olish (profilaktika) va davolash, Davlat ahamiyatiga molik hisoblanadi. Deformatsiyani oldini olish uchun, birinchi navbatda ratsional (qulay) konstruktsiyadagi poyabzal kiyish, qulay mehnat va hayot sharoitini yaratish. jismoniy mashg’ulot va massajlarni bajarish, korrektsiyalovchi moslamalami to’g’ri ishlatish, kabi tadbirlar bajarilishi kerak. Oyoq panjasini yassilashishi, bosh barmoqni og’ishi, barmoqlar bolg’asimon va boshqa deformatsiyalar bo’lganda maxsus korrektsiyalovchi moslamalar ishlatilishi tavsiya etiladi. Oyoq panjasini va barmoqlarni deformatsiyasini rivojlanishidan saqlash, mushak va boy lam apparatlarini yuklanishini (mexanik yo’l bilan) yengillashtirish, yoki deformatsiyalangan barmoqlami, qadoqlami, ishqalanishlarni, og’riqlardan himoya qilish, korrektsiyalovchi moslamalami vazifasi hisoblanadi. Korrektsiyalovchi moslamalar oddiy bo’lib, katta miqdorda va yakka tartibda (individual) buyurtma asosida oson ishlab chiqarish mumkin. Ular kundalik (oddiy) poyabzallarni to’ldiruvchisi hisoblanadi. Oyoq panjasini yassilashishida ishlatiladigan korrektsiyalovchi moslamalardan biri supinatordir. Ularning vazifasi mushaklarni toliqishdavrida tovonni pronatsiya holatidan chiqarish va panjani gumbazligini sun'iy ravishda ko’tarib turish. Mushaklar o’ta charchaganda, ularda yetishmovchilik paydo bo’lishini hisobga olib, supinator ishlatiladi. Shuning uchun supinator faqat mushaklar charchaganda unga tayanadigan qilib, gumbaz nuqtasidan pastroqda joylashtirish kerak. Supinatorlar og’riqni qoldirib, deformatsiyani rivojlanishini oldini olishga xizmat qiladi. Vazifasi bo’yicha uch turdagi supinatorlarga bo’linadi. Ular oyoq panjasining bo’ylama gumbazligini saqlash uchun, bo’ylama va ko’ndalang gumbazligini saqlash uchun, hamda ko’ndalang gumbazligini saqlash uchun supinatorlardir. Ishlatiladigan materiallari bo’yicha: charm bilan o’ralgan metal plastinali - bikir; gumbaz tagida har xil qo’ymalari bo’lgan - elastik; plastmassa yoki rezinadan tayyorlangan supinatorlarga bo’linadi. Agar poyabzalning ahmi qismi oyoqni yuklanishiga chidamasa va egilib ketsa, metal plastina deformatsiyalanmay, panja gumbazligini mustaxkam ushlab turuvchi bikir supinator ishlatiladi. Lekin bunday supinator mushaklar vazifasini va yumshoq yurish qobiliyatini chegaralab qo’yadi. Bundan tashqari. supinator poyabzalda ko’p joy egallaydi va paypoqlami ishdan chiqaradi. N.N.Priorov nomli Markaziy travmatologiya va ortopediya instituti(TSITO)da ishlab chiqarilgan plastmassalik elastik supinatorlar, yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etadi. Bunday supinatorlar charm bilan o’ralmaydi, chunki bu platmassada oyoq terlamaydi. Katta bo’lmagan profilaktik qo’ymali supinatorlar bo’ylama gumbazlikni ushlab turish uchun ishlatiladi (1.12,a-rasm). U rasmda ko’rsatilganday patak cho’ntagiga qo’yiladi. Bo’ylama va ko’ndalang supinatorlar (1.12,b-rasm) bo’ylama gumbazlikni ko’tarishdan tashqari, ko’ndalang gumbazlikni saqlab turadi. Ko’ndalang yassilashish holatida. gumbazligini saqlab turish uchun g’ovak plastdan hosil bo’lgan do’mboqligi bor charm patak ishlatiladi (1.12,v-rasm). Ko’ndalang yassilashishda va panjani sezilarli yoyilishida nafaqat ko’ndalang gumbazlikni saqlash. balki panjani o’rta qismini biroz siqib ham turish talab qilinadi. Bunday hollarda bandaj rezina manjetlar yoki ko’ndalang gumbazlikni ushlab turish uchun rezinali qo’yma tiqilgan jiyak ishlatilishi tavsiya etiladi (1.12.g-rasm). Bosh barmoqni og’ishida esa birnchi va ikkinchi barmoqlar orasiga, bosh barmoqni ichkariga burib turuvchi, g’altaksimon moslama qo’yiladi (1.12,d-rasm). Bolalarda barmoq deformatsiyasini, shu jumladan bolg’asimon barmoqlarni to’g’rilash osonroq. Unda barmoqlar uchun o’rinlari bo’lgan penopoliuretan taroqchalari kabi moslama ishlatiladi (1.12,e-rasm). Moslamani panja asosining ustiga, tishlari - barmoqlar orasiga joy 1ashtiri 1adi. Poyabzalni usti (tanavori) esa. barmoqlarni siqib turadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling