Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Oyoqni erkin turgan qismining mushaklari


Download 1.67 Mb.
bet28/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

1.5.2. Oyoqni erkin turgan qismining mushaklari

Oyoqni erkin turgan qismining mushaklari (1.19-rasm) uch turga bo’linadi.





  1. Son mushaklari.




  1. Boldir mushaklari




  1. Oyoq panja mushaklari.



Son mushaklari. Son suyagi hamma tomonidan mushaklar bilan qoplangan. Bu mushaklarni uch; oldingi, medial va orqa guruhlarga bo’lish mumkin. Oldingi guruhga sonning to’rt boshli va mashinachilar mushaglari kirali. bu mushaklar boldirini yozadi. Mashinachilar mushagi tizza bo’g’imida boldirni buradi. Medial guruhga sonni ikkinchi songa yaqinlashtiruvchi (uzun, kalta va nozik) mushaklar va taroqsimon mushaklar kiradi. Medial guruh mushaklarning hammasi bir sonni ikkinchi songa yaqinlashtiradi. Taroqsimon mushak sonni bir-biriga yaqinlashtiradi va bukadi. Nozik son mushaklarga ikki boshli, yarim pay va yarim parda mushaklar kiradi. Sonning orqa guruh mushaklari sonni yozadi, boldirni bukadi. Bundan tashqari ikki boshli mushak boldirini tashqariga buradi, qolgan ikkita mushaklar esa boldirni ichkariga buradi.


Boldir mushaklari - uch, ya'ni old, lateral va orqa guruhlarga bo’linadi. Boldir mushaklari asosan Oyoq panjasini harakatga keltirish, gavdaning tik turishini ta'minlash kabi muhum vazifalarni bajaradi. Boldiming oldingi guruh mushaklariga katta boldir mushagi, II-V barmoqlarni yozuvchi uzun mushak va bosh barmoqni yozuvchi mushak. Katta boldir mushagi oyoq panjasini yozadi, panjaning medial chetini ko’taradi, qolganlari esa barmoqlarni yozadi. Boldiming orqa guruh mushaklari yuza va chuqur
qavatlarga bo’linadi. Yuza qavat boldir, kambalasimon, tovon (yoki oyoq kafti)

mushaklaridan iborat.


Boldir mushagi son suyagining medial va lateral boshlari, taqim vuzasidan


boshlanib. tovon suyagining do'mbog’iga yopishadi. Boldir mushagi boldirni va oyoq panjasini bukadi. Kambalasimon mushak - kichik boldir suyagining boshchasidan katta boldir suyagining yuqori uchidan bir qismining orqa yuzasidan boshlanib, axilesov payi bilan tovon suyagi do’mbog’iga yopishadi. Bu yapaloq baquvvat mushak bo’lib, shakli kambala balig’iga o’xshaydi. Oyoq panjasini bukadi, tashqariga buradi. Tovon (yoki oyoq kafti) mushagi son suyagini yuqori uchining orqa taqim yuzasidan boshlanib, tovon suyagining do’mbog’iga yopishadi.

Tizza bo’g’im buqilganda kapsulasimon bo’g’im tortiladi. Chuqur qavat bilan yuza qavat orasida ularni ajratib turuvchi boldirning fastsiyalari bor. Chuqur qavat uchta mushakdan tashkil topgan. Taqim mushagi, barmoqlami bukuvchi uzun mushak bo;lib, boldirni bukadi va ichkariga buradi. Barmoqlami bukuvchi uzun mushak - katta bodir suyagining orqa yuzasidan boshlanib II-V bormoqlar tirnoq falangalaming ostki - kaft vuzasiga yopishadi. Oyoq panjasining timoq falangasini bukadi, oyoq uchida yurishni ta'minlavdi. Katta boldir orqa mushagi - katta va kichik boldir suyagining bir - biriga yondosh chetlarining orqa yuzasidan boshlanib. II-IV kaft suyaklariga va uchala ponasimon suyakka yopishadi. Bu mushak bevosita suyaklararo pardaning aynan ustida barmoqlarini va bosh barmoqni bukuvchi uzun mushaklar orasida votadi. Oyoq panjasining medial chetida boldir suyagining yuzasidan boshlanib, bosh barmoq ikkinchi falangasining ostki vuzasiga yopishadi.


Orqa guruh. mushaklar ichida eng baquvvat bo’lib, tuzilishiga ко та qo’sh patlidir. Bosh barmoqni bukadi, orqa guruh mushaklari qatorida oyoq panjasining buqilishida ishtirok etadi. Oyoq gumbazini hosil qilishda, mustahkamlashda qatnashadi. Lateral guruh mushaklar kichik va katta boldirlar mushagi bo’lib, ularning har ikkalasi ham kichik boldir suyagining ustidan vopib turadi.


Kichik boldir uzun mushagi kichik boldir suyagining boshchasi va yuqori uchining oldingi sathidan boshlanib, I ponasimon suyakka yopishadi. Mushaklarning go’shtdor qismi taxminan boldirning o’rtasiga kelganda baquvvat payga aylanadi. Bu pay lateral to’piq orasidan o’tib panjaning kaft tomoniga boradi. Oyoq panjasining kaftidan kichik boldirning uzun mushagi lateral tomonidan medial tomoniga qarab kesib o’tadi. Bu mushak oyoq panjasining lateral chetini yuqoriga. medial chetini pastiga buradi (pronatsiya qiladi). Kalta kichik boldir mushagi ham xuddi uzun (boldir) mushagi singari oyoq panjasining lateral chetini ko’tarib, medial chetini pastga tushiradi.

1.19-rasm . Oyoqning erkin qismini mushaklari: 1. - dumba toji; 2 - o ’rta dumba mushagi; 3 - taranglashtiruvchi mushak; 4 - sonning to’g’ri mushagi; 5 - tashqi kengaytirilgan mushak; 6 - kaft-boldir oldi mushagi; 7 - barmoqlarni bukuvchi uzun mushak; 8 - ko’dalang boylam; 9 - tashqi to’piq; 10 - kichik boldir suyagining uzun mushagi; 11 - kambalasimon uzun mushak; 12 - tashqi boldir mushagi; 13 - sonning ikki boshli mushagi; 13 - dumbaning katta mushagi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling