Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


ODAMNI YURISH VA CHOPISHDAGIISHI


Download 1.67 Mb.
bet80/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

3.2. ODAMNI YURISH VA CHOPISHDAGIISHI.

Odamni me'yordagi yurishi, uning vertikal holatda bo’ylama ko’chish bilan ifodalanadi.


Yu r i sh - bu murakkab siklik harakat bo’lib, tayanch yuzasidan oldga intilish va fazoda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi bilan bog’liq. Bir yoki ikki oyoqda tayanchni doimiy saqlab turish yurishni hususiyati hisoblanadi. Lokmotor aktni amalga oshirishda tayanch - harakat apparatini ko’p zvenolari, hamda boshqarish (nerv, sezish va boshqa) sistemasi va mushak faoliyatini ta'minlovchi (yurak, qon tomirlari va boshqa) organlar ishtirok etadi.

Agar tik turish holatidan bir oyoqni oldga ko’tarib, uni tayanch yuzasiga qo’ysa, oddiy qadam bajarilgan bo’ladi. Agar boshqa oyoqni tayanch oyoqga qadab qo'ymay, oldga ko'tarib chiqarsa, unda odam yakka qadam bajargan bo’ladi. har bir yakka qadamni frontal tekisligidan orqada harakatlanuvchi yarmiga, orqa qadam deb tushiniladi. Frontal tekisligiga nisbatan oldga ko’tarilish yarmi esa - old qadam hisoblanadi. Ular oraliqidagi juda qisqa interval, vertikal moment deyiladi.


Yurish paytida to’liq harakat siklini bajarish uchun, bir oyoq yakka qadam bajarib bo’lgandan key in, ikkinchi oyoq ham xuddi shunday qadam bajarish kerak. Bu ikki qadam, qo’shaloq qadamni tashkil qiladi.


Odam yurish paytida bir xil harakatlami qaytaradi, shu bilan birgalikda, tananing birinchi yarmining harakati, ikkinchi yarmida oyna tasviridagidek qaytariladi. Shuning uchun yurish turli vaqtda sodir bo’ladigan - simmetrik harakatga mansub va anatomik taxlil uchun, tananing faqat yarim harakatini ko’rib chiqish kifoya qiladi.


Tayanch yuzaga tegib turgan oyoq, tayanuvchi; boshqasi esa - ko’chuvchi, yoki silkinuvchi deb nomlanadi.


Наг bir yakka qadam: qo’shaloq qadam; orqa qadam; vertikal moment va old qadam kabi to’rt davrdan iborat. D.D. Donskoy oyoqni tayanchsiz va tayanch davrlarga ajratadi. Oyoqni ko’tarish, harakatni tezlashtirish, shu tezlikni sekinlashtirish, tayanchga tushirish tayanchsiz davrlar hisoblanadi. Tayanch davrlari esa - amortizatsiya (tayanchni yuzaga tegish paytida) va oldga intilishlarga bo’linadi. Bundan keyin yangi tsikl boshlanadi. Amortizatsiya paytida sonni tizza bo’g’imida egadi, intilishda esa - yozadi. Amortizatsiyada old zarba, intilishda - orqa zarba kuzatiladi.


Har bir qo’shaloq qadam olti davrga ajratiladi (3.5. va 3.6.-rasmlar).



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling