Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. OYOQ PANJASINING ASOSIY ChEKINIShLARI.
Umuman oyoq panjasi odam tanasining ressor, tayanch va lokomotor apparati hisoblanadi. Oyoq panjasida mavjud gumbazliklar ressor vazifasi bilan bog’liq. Unda asosan ikki, bo’ylama va ko’ndalang, gumbazliklar farqlanadi. Bo’ylama gumbazlik - medial (ichki), ressor va lateral (tashqi) tayanch deb nomlanadigan qisimlarga bo’linadi. Bo’ylama gumbazlikni ressor qismi tovon, oshiq, qayiqsimon, uchta ponasimon, hamda birinchi, ikkinchi va uchinchi kaft suyaklaridan tashkil topgan. Uning (qayiqsimon suyakni o’simtasidan tayanchgacha) balandligi o’rtacha 50-70mm. ga teng.
Tayanch qismi esa - tovon, oshiq, kubsimon, hamda to’rtinchi va beshinchi kaft suyaklaridan iborat. Uning balandligi o’rtacha 20mm. ni tashkil qiladi. Kaft oldi qismi. ko’p (ya'ni yettita) suyaklardan tashkil topganiga qaramay, kam harakat va nisbatan siqilmaydi. Faqat oyoq panjasini izida mo’l joylashgan mushaklar, boylamlar va paylar, hamda yog’ qatlami va terming o’zi oyoq panjasining shu qismini biroz siqishga imkon beradi. Kaft qismi, kaft suyaklarini biroz harakatchanligi, oyoq panjasining shu qismini birlashtirib turuvchi mushak va boylamlar borligi tufayli, harakatchan va siqilish imkoniyatiga ega. Kaft-falanga birlashuvida oyoq panjasi yuqori harakatchan. ular yurish patyida asosan egiladi. Panjaning old, ya'ni barmoq qismi eng serharakat hisoblanadi. Barmoqlami serharakatligi, oson va og’riqsiz bir-birlariga nisbatan yaqinlashtirish va uzoqlashtirish imkonini beradi. Bu o’z navbatida panjalarni tumshuq qismini ko’ndalang oTchamlarini o’zgartiradi. Barmoqlar ohista siqilganda, erkin turgan holatga nisbatan, og’riqsiz taxminan 20% gacha ko’ndalang o’lchamini o’zgartirishi mumkin. 1.4. OYOQ PANJASINING ASOSIY ChEKINIShLARI. Oyoq panjasida asosan ikki, morforlgik va patologik, turdagi chekinishlar bo’lishi mumkin. Morfolgik chekinishlar odam sogTigiga salbiy ta'sir ko’rsatmaydigan chekinishlar, patologik chekinishlar esa - odam sog’ligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. M o r f o l g i k chekinishlarga oyoq panjasining assimetriyasi, ortiqcha yoki kam barmoqliligi, birlashib ketgan barmoqliligi kiradi. Bulardan oxirgi ikkitasi tug’ma bo’lishi mumkin. P a t о I о g i к chekinishlarga oyoq panjasining statik deformatsiyasi, bosh barmoqni tashqi tomonga og'ishi, bolg’asimon barmoqlar, qadoq va gipergidrozlar kiradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling