Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


a b 1.9-rasm. Katta va kichik boldir suyaklarini old (a) va orqa tomonidan kyrinishi


Download 1.67 Mb.
bet16/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

10 9

a b



1.9-rasm. Katta va kichik boldir suyaklarini old (a) va orqa tomonidan kyrinishi.
1-kichik boldir suyagi; 2-proksimal boshcha, 3-proksimal bo’g ’im yuzasi; 4-medial typiq; 5-boldir do’ngligi. 6-old qirra; 7- katta boldir suyagi; 8- medial to’piq; 9-distal bo’g’im yuzasi; 10- lateral typiq; 11-typiqlararo balandlik; 12- lateral typiq; 13- bo’g’im yuzasi;


1.10-rasm. Oyoq panjasining


suyaklari.


I-kaft oldi sdyaklari; II-kaft suyaklari; III-barmoq suyaklari.

1-tovon suyagi; 2-oshiq suyagi; 3-


qayiqsimon suyak, 4-uchta ponasimon suyaklar; 5-beshta timoq falangalar; 6-to’rtta o’rta


falangalar; 7-beshta asosiy falangalar; 8-beshta kaft suyaklari; 9-kubsimon suyak.



K a t t a b o l d i r s u y a g i 7 (1.9-rasm) boldir suyaklarining medial tomonida


joylashgan. Uning proksimal uchi kengaygan, medial 4 va lateral 12 to’piqlar deb


nomlaniuvchi, o’simtalarni hosil qiladi. To’piqlarni bo’g’im yuzasi 3 son suyagining to’piqlari bilan birlashishga mo’ljallangan bo’lib, ular oralig’ida to’piqlararo balandlik





  1. mavjud. Lateral to’piqning bo’g’im yuzasi kichik boldir suyagi bilan birlashishga xizmat qiladi. Katta boldir suyagining tanasi uch qirra shaklda bo’lib, uchta medial, lateral va orqa yuzalarni tashkil qiladi. Medial yuza lateraldan old qirra 6 bilan ajralib turadi va bu qirra butun yuza kabi teri ostida oson seziladi. Orqa va lateral yuzalar esa, mushaklar bilan qoplangan. Old qirra yaxshi ajralib turadigan katta boldir do’ngligi 5 ni

hosil qiladi. Unga tizza qopqog’ining boylamlari maxkamlangan. Suyakning distal (pastki) uchining medial tomonida pastga yo’naltirilgan medial to’piq 8, lateral tomonida - kichik boldir bilan birlashuvchi o’yiq, pastida - oyoq panjasining oshiq suyagi bilan bilashuchi bo’g’im yuzasi 9 joylashgan.


K i c h i k b o l d i r s u y a g i l uzun naysimon suyaklar turkumiga kiradi va boldir qismining lateral tomonida turadi. Uning proksimal uchi katta boldir suyagi bilan



birlashadigan boshcha 2 dan iborat. Lateral to’piqning medial tomonida, oshiq suyagi bilan birlashuvchi, bo’g’im yuzasi 13 bor.


Oyoq p a n j a s i n i n g s u y a k l a r i (1.10-rasm) kaft oldi I, kaft II va barmoq III suyaklaridan iborat.




Kaft oldi qismi yettita kalta g’ovak suyaklardan tashkil topgan bo’lib, qo’l kaft usti suyaklari kabi ikki qator joylashgan: o’rqa yoki proksimal qator - tovon 1 va oshiq 2 suyaklardan; oldingi yoki distal qator - qayiqsimon 3, uchta ponasimon 4 va kubsimon 9 suyaklardan iborat.


Oshiq suyagi yirik bo’lib, uning tanasi, boshchasi va bo’yni tafovut qilinadi. Oshiq suyagining tepa qismida uchta bo’g’im yuzasi ko’rinadi, ulardan tepa bo’g’im yuzasi katta boldir suyagining distal bo’g’im yuzasi bilan, qolgan ikkita yonbosh bo’g’im yuzalari tashqi va ichki to’piqlarning bo’g’im yuzalari bilan qo’shiladi. Oshiq suyagining bu qismi g’altak deyiladi. Oshiq suyagining tashqi to’piq yuzasi o’sgan bo’lib. unga oshiq suyagining yonbosh o’siq’i deyiladi. Oshiq suyagining pastki yuzasida tovon suyagi bilan birlashadigan uchta bo'g’im yuzalari joylashgan, bosh qismida esa qayiqsimon suyak bilan qo’sqiladi.


Tovon suyagi eng katta suyaklardan bo’lib, oshiq suyagi va kubsimon suyaklar ortidan joy olgan. Tovon suyagining tepasida, oshiq suyagining pastki bo’g’im vuzalariga mos keluvchi bo’g’im vuzalri joylashgan. Tovon suyagining medial yuzasida oshiq suyagini ko’tarib turuvchi o’siq bor. uning lateral yuzasidan pay o’tadi. Bu suyakning old tomonida kubsimon suyak bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi bo’ladi.


Qayiqsimon suyak oshiq suyak boshchasi bilan uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan. uning orqa tomonida oshiq suyagi boshchasi bilan bo’g’im hosil qilib. birlashuvchi botiq bo’g’im yuzasi mavjud. Oldingi tomonidan esa, uchta ponasimon suyaklar bilan birlashadigan, salgina bo’rtgan uchta bo’g’im yuzalari bo’ladi.
Ponasimon suyaklar - uchta bo’lib; medial, o’rta va lateral suyaklardan iborat. Ular qayqsimon bilan kaft suyaklarining o’rtasida o’rnashgan. Bu suyaklar orasida, eng kattasi, medial suyak bo’lib, u birinchi kaft suyagi bilan birlashsa; o’rtadagi - ikkinchi; lateral suyagi esa, uchinchi kaft suyagi bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi.


Kubsimon suyak tovon suyagi bilan IV va V kaft suyaklari o’rtasida, oyoq panjasining lateral tomonida joylashgan; bu yerda ular bilan birlashadigan bo’g’im mavjud. Bundan tashqari, qayiqsimon va lateral ponasimon suyaklarni qo’shuvchi bo’g’im yuzalari ham bo’ladi. Kubsimon suyakning pastki yuzasida g’adir- budur yuza mavjud, bu yerdan, kichik boldir mushak payi o’tadi.
OVOQ kaft suyaklari 8 beshta bo’lib, bosh barmoq tomondan I, II va h.k. hisoblanadi. Har bir kaft suyaklarining proksimal uchi - asosi, tanasi va distal uchi (boshchasi) bo’ladi. I kaft suyagi eng kattasi va yo’g’oni bo’Isa, II si eng uzunidir. Kaft suyaklari uzunasiga joylashgan oraliq bo’shlig’i yordamida bir - biridan ajralgan. I, II va



  1. kaft suyaklari asosidagi bo’g’im yuzalari bilan I, II va III ponasimon suyaklarga mos keluvchi bo’g’im vuzalariga qo’sqilib turadi. IV, V kaft suyaklari esa kubsimon suyak bilan birlashadi. II - IV kaft suyaklari ikki yonida kichkina bo’g’im yuzasi orqali o’zaro

birlashadi. I kaft suyagining bo’g’im yuzasi II kaft suyagiga qaragan tomonida, V suyagidagi bo’g’im yuza IV kaft suyagiga qaragan tomonda bo’ladi. V kalt suyagi lateral tomonining g?adir buduri tepada bo’lsa, I kaft suyaginiki pastki yuzasida bo’ladi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling