Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terining vazifasi.
G i p o d e r m a asl teri qavatining tagida joylashgan bo’lib, u yumshoq biriktiruvchi to’qima va yog’ moddasidan tashkil topgan. Terining bu qavati qorin devorida, dumba sohasida, ayollarda ko’krak bezi sohasida qalin; bo’yin, yelka, bel, qo’l
oyoqlarning ustki qismida yupqa bo’ladi. Yog’ qavati ayollarda erkaklarga nisbatan qalinroq bo’ladi. Ko’pchilik odamda yoshi keksaygan sari terining yog’ qavati qalinlashib boradi, chunki harakatlanish, jismoniy ish bajarish kamayganligi, moddalar almashinuvining sekinlashuvi natijasida teri ostida yog’ ko’proq to’planadi. Bolalarda va yosh odamlarda teri yumshoq, elastik va silliq bo’ladi. Yosh ulg’aygan sari terining elastiklik va silliqlik hususiyati yo’g’olib boradi, ya'ni u salqi bo’lib qoladi, ajin tushadi, rangining tiniqligi pasayadi. Asl teri qavatida soch va tuk tolalarining ildizi joylashgan. Teridagi tuklar har 50 kunda, kipriklar har 3 - 5 oyda almashinadi. Boshdagi sochlar bir necha yil saqlanadi. Sog’lom odamning sochi bir kecha kunduzda 0,4mm o’sadi. Keksa odamlarda sochning o’sishi sekinlashadi, uning tolalari ingichkalashadi. Sog’lom odamning sochi ancha baquvvat bo’lib, bitta tolasi lOOgr gacha yukni ko’tarishi mumkin. Tirnoqlar terming tashqi epidermis qavatidan hosil bo’ladi. Ular barmoq uchlarini tashqi muhit ta'siridan himoya qiladi. Shu bilan birga, o’sgan tirnoqlar orasida ko’plab mikroblar to’planishi mumkin, bu esa odamning har xil yuqumli kasalliklarga chalinishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun doimo timoqlarni o’z vaqtida olib. ularni toza saqlash kerak. Terining vazifasi. Teri organizmda xilma-xil himoya, sezish. ayirish, nafas olish va chiqarish, tana haroratini doyimivligini taminlash kabi vazifalami bajaradi. Terining himoya vazifasi. Teri odam tanasining ustki qismini qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to’qimalarni tashqi muhitning noqulay (kimyoviy, fizik. mexanik) ta'siridan hamda mikroblar kirishidan himoya qiladi. Terining sezish vazifasi. Terida to’rt xil ta'sirni sezuvchi rettseptorlar joylashgan ular og’riqni, issiqni va sovuqni sezuvchi rettseptorlardir. Teri rettseptorlari tashqi muhitning turli xil ta'siriga moslashish hususiyatiga ega. Shundan foydalangan holda organizmni tashqi muhitning issiq va sovuq ta'siriga chiniqtirish mumkin. Bundan tashqari, bokschilar uzoq muddat davomida mashg’ulot o’tkazishi natijasida ular terisidagi rettseptorlarning og’riq sezish hususiyati pasayadi. Retseptorlarning tashqi muhit ta'sirida bunday moslashishi adaptattsiya deb ataladi. Ana shu adaptattsiya hususiyati odamning har xil (issiq, sovuq) sharoitga moslashishini taminlaydi. Terining nafas olish vazifasi. Teri organizmda gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra va to’qimalarda moddalar almashinuvi natijasida xosil bo’lgan karbanat angidrid gazining 2% i teri orqali tashqi muhitga, qariyb 98% i nafas organlari orqali ajraladi. Odam organizmida bir kecha kunduzda zarur bo’lgan kislorodning 1% i teri orqali, 99% i nafas organlari orqali qabul qilinadi. Odam hamomda yuvingandan so’ng o’zini juda yengil sezishi terining nafas olishda ishtirok etishidan dalolat beradi, ya'ni toza teri orqali nafas olish yaxshilanadi. Terining ayrish vazifasi. Yuqorida aytilganidek asl teri qavatida bezlari joylashgan bo’lib, ularning soni tananing turli soxalarida har xil bo’ladi. Ya.Kunoning tadqiqotlariga ko’ra, 1 sm2 teri yuzasida ter bezlarini taqsimlanishi quyidagicha: peshonada - 195, yuzda - 85, bo’yinda - 170, ko’krak, qorin, bilaklarda esa - 175, belda - 65, qo’l kaftida 425, oyoqning ustki qismida 145-190, oyoq izida esa - 415 ta ter bezlari joylashgan. Bu tadqiqot shuni ko’rsatadiki terining qo’l va oyoq panjalarining kaft va iz tomonlarida eng ko’p ter bezlari bo’lib, odamning salomatligiga va tanadagi temperatura muvozantiga ma'lum darajada ta'sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Terning kimyoviy tarkibi: 98-99% suvdan, oqsil va mochevina izlaridan, yog’li uchuvchi kislotalardan, sovun, siydik kislotasi. kreatin, serin, yoq’lar, xolestirin va natriy xlorlardan iborat. Ter bezlari ayrish vazifasini bajaradi. Buyrakni kasallanishida, uning vazifasini bir qismini teri o’ziga oladi. Bir kecha kunduzda katta odamda o’rtacha 500m/ ter ajraladi va tarkibida 2gr osh tuzi, 1gr atroflda azot ajraladi. Tashqi muhit harorati vuqori bo’lgan sharoitda ter ajralishi kuchayadi. Bundan tashqari odam tanasininng harorati ko'tarilganda. jismoniy mehnat, sport mashqlarini bajarganda, ruxiy (emotsional) ta'sirlanish vaqtida ter ajralishi ko’payadi. Ter ajralishini boshqaruvchi nerv markazlari orqa miyaning bo’vin. ko’krak, bel segmentlari, uzunchoq miyada, oraliq miyaning gipotalamik soxasida. hamda bosh miya yarim sharlarining po’stloq qismida joylashgan. Tanani qizish paytida noixtiyoriy ravishda, reflektorlar ta'sirida ter bezlari ishga tushadi va ter ajrala boshlaydi. Masalan. atrof muhitni temperaturasi oshganda, issiq suyuqlik istemol qilinganda, aktiv (kuchli) jismoniy mehnat qilinganda, emotsional his tuyg’u (qo’rqish yoki quvonch) paytida ter ajralishi jadallashadi. Yu.P.Zibin va G.P.BulatovIaming tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, oyoq panjasining yuzasidan germetik yopiq poyabzalda, harakatsiz paytida, o’rtacha 1,2gr/soat, mo’tadil yuklanish holatda - 2,5gr/soat, vuqori yuklanish holatda esa - 6 - 12gr/soat nam chiqarish hususiyatiga ega. Poyabzalda ustki detaiiarini eyiiishini tczlashtiruvchi omillardan biri, terning ta'siri hisoblanadi. Ter ta'sirida, charmning oshlanish darajasi pasayadi, chunki ishqorli muhit kislorodni o’ziga qabul qilib, charmda oqsillami va tanidlarni oksidlanish jarayoni jadallashadi. Bundan tashqari terning charmga ta'siri poyabzal detaiiarini bikirligini oshiradi va charm singich bo’lib qoladi. Terida yog’ bezlari bo’lib, ulardan ajralgan yog’ terini. sochni yumshatadi. Ayollar terisining ko’krak soxasida bir juft sut bezlari joylashgan. Bu bezlardan ajralgan sut tarkibida 1,5% oqsil, 4,5% yoq’, 6,5% uglevodlar, 0,3% har xil mineral tuzlar. 87% suv hamda vitaminlar va har xil fementlar bo’ladi. Ona suti bola bir yoshga kirguncha unga asosiy va muxim oziqa bo’lib hisoblanadi. Ona sutida antitelalar bo’lib, ular bolani har xil yuqumli kasalliklardan himoya qiladi, ya'ni immunitet vazifasini bajaradi. Sog’lom ayolning ko’krak bezlaridan bir kecha kunduzda 1-1,5/ va undan ko’proq sut ajraladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling