Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


X a r a k a t n i b e s h i n c h i d a v r i


Download 1.67 Mb.
bet83/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

X a r a k a t n i b e s h i n c h i d a v r i - erkin oyoqni orqa va old qadamlar oraliqidagi chegara, yoki erkin oyoqni vertikal momenti (3.5,1 va 3.6,d-rasmlar). Oyoq tizza bo’g’imida bir oz egilgan va oshiq - boldir bo’g’imida yozilgan xolatda, tayanch oyoq yonida harakati anadi. Mushaklar to ’rtinchi davr kabi qisqaradi. Oyoqni oldga intilishi uchun (mushaklar ishidan tashqari) avval chanoq - son bo’g’imida, keyinchalik tizza bo’g’imida mayatnikga o’xshab harakati anadi. Bu bo’g’imlarda egilishi va oshiq - boldir bo’g’imida yozilishi panjani yerga tegib ketishini oldini oladi. Bo’g’imlardagi harakat oyoqni uzunligini va inertsiya momentini qisqartirib, uni oldga surilishini tezlashtiradi va yengillashtiradi.


X a r a k a t n i o l t i n c h i d a v r i - erkin oyoq old qadami (3.5,m va 3.6, e-rasmlar). Oltinchi davr mobaynida sonni harakati sekinlashadi, lekin bu vaqtda oyoqni tizza bo’g’imining yozilishi hisobiga boldir harakatlanishni davom etadi. Bu harakat sonni to’rt boshli mushagini ishi hisobiga bajariladi. To’rt boshli mushak avval sekin, keyinchalik tez taranglashib, boldirda qisqa silkinadi va to’satdan bo’shashadi, boldirni keyingi harakati inertsiya hisobiga amalga oshiriladi. Oltinchi davr oxirida, tovon tayanchga tekan vaqtda boldir butunlay yozilib bo’ladi. Undan keyin harakat yana birinchi davrga o’tadi. Shu bilan oyoqning harakatini to’liq sikli tugaydi.

Harakat davrlarini monandligi quyidagidm ifodalaniladi: bir oyoqni birinchi davriga, ikkinchi oyoqni to’rtinchi davri; ikkinchi davrga - beshinchisi; uchinchi davrga - oltinchisi to’g’ri keladi.


Yurishda tayanch yuzasidan itarilib, tana tekis va qarama - qarshi yo’naltirilgan qarshilikga uchraydi. Usiz yurish mumkin bo’lmagan bo’lar edi. Agar qarshilikni tarkiblarga ajratsak, unda ulardan biri tayanch yuzasining bikirligi (yer, asfalt, taxtali qoplama va xokazo), yuqoriga yo’naltirilgan bo’ladi, boshqasi tayanch yuzasi va panja


oraliqidagi ishqalanishga bog’liq kuch esa gorizontal yo’nalishda bo’ladi. Agar tayanch yuzasining bikirligi, yoki ishqalanish kuchi ahamiyatsiz bo’lsa (masalan,

bikirligi kam yumshoq qorda yurganda, yoki ishqalanishi kam muzda yurganda) odamni yurishi qiyinlashadi.


Tanani og’irlik kuchi nafaqat yurishni sekinlashtiradi, balki harakatga yordam beradi. Tik turishdan yurishga o’tishni birinchi laxzasida ogMrlik markaz vertikali tayanch yuza chegarasidan chiqib muvozanatni buzadi, keyingi laxzada oyoq oldga chiqarilishi xisobiga, yangi tayanch maydoni xosil bo’ladi va muvozanat tiklanadi.

Yurishda tanani umumiy og’irlik markazi to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanmay, tebranish kuzatiladi. qo’shaloq tayanch vaqtidan tananing umumiy og’irlik markazi eng kam, yakka qadam davrida, ayniqsa oyoq tayanchi vertikal momentda bo’lgan paytda - eng yuqori bo’ladi. Tananing vertikal tebranish amplitudasi 4-6sm gacha etadi. Agar oyoq tizza bo’g’imida biroz egilgan, gavda esa bevosita uning ustida bo’lsa, tebranish ahamiyatsiz va harakat ravon (tekis) bo’ladi. Agar tayanch oyoqi vertikal momentda to’g’riligicha qolsa, unda tanani pastga va yuqoriga harakati ancha katta bo’ladi.


Oddiy yurishda qadamlar soni minutiga 100-120 ga teng, ya'ni bir qadam taxminan 1-2 sek. davom etadi. Tez yurishda qadamlar soni minutiga 170 gacha ko’payishi mumkin. Agar qadamlar soni minutiga 190-200 ga etsa, yurish chopishga avlanadi. qadam uzunligi yoshi katta odamlarda 16-19sm ni tashkil qiladi. 9 yoshgacha bolalarda qadam uzunligi oyoq panjasini uzunligidan 2,5 marta katta. 9 dan 14 yoshgacha bolalarda - 2,7 marta, 14 yoshdan kattalarda 3 martadan ko’proq katta bo’ladi.


Yurish tezligi erkaklarda o’rtacha \,5m/sekm, ayollarda esa - 1,47m/sek ni tashkil qiladi. Yurishni ma'lum harakatlanish davr davomiyligi yurish tezligiga bog’liq. Yurish qancha sekin bo’lsa, qo’shaloq tayanch davri uzoq davom etadi.


Qo’shaloq qadamni davomiyligi 1 sek ga teng bo’lsa, tovonga tayanish davri butun tayanch davridan 7% ni, butun oyoq panjasiga tayangan davri - 33% ni, oyoq panjasini old qismi (kaft - barmoq bo’g’im)ga tayangan davri 60% ni tashkil qiladi.


Qo’shaloq qadam davomiyligiga nisbatan, butun oyoq panjaga tayangan vaqti poshna balandligiga qarab ortib boradi.


Yugurish (chopish) ham, xuddi yurish kabi murakkab turli vaqtli - simmetrik lokomotor siljuvchi harakat bo’ladi. Yugurish va yurish o’rtasida ham o’xshashlik, ham farqli hususiyatlari mavjud. Yugurish uchun ham, yurish kabi harakat sikllari, ta'sir etuvchi kuchlar, hamda mushaklar fiinktsional guruxlari ishtirok etadi. Yugurishni yurishdan asosiy farqli tomoni, chopishda qo’shaloq tayanch davri bo’lmay, uchish davri bo’ladi. Uchish davri deb, tanani tayanch yuzaga tegmay siljishiga aytiladi. Chopishda tayanchdan intilish q’ayratliroq, tezroq va o’tkir burchak ostida bajariladi, inertsiya momentini kamaytirish uchun, qo’llar tirsak bo’g ’imida bir oz egilgan xolatni saqlab, uzuk-uzuk harakat qiladi. Tanani egilishi, yurishga nisbatan. chopishda ko’proq va u chopish tezligiga bog’liq. Tezlik qancha katta bo’lsa, shuncha tanani oldga egilishi ko’proq bo’ladi. Yurishga nisbatan chopishda, tanani yiqilishidan ximoyalash uchun oyoqlar uzoqroq masofaga tashlanadi.


Yugurishni ob'ektiv xolatini o’rganish uchun, bu murakkab jarayonni har xil jixatini yorituvchi, turi tadqiqotlar ishlatiladi.


Ixnodinamografiya harakatlanish davrida tayanch yuza (bir tomonida konus shaklida turtib chiqqan rezinali yo’lakcha)da yurib, yuk taqsimlanishini aniqlash usuli.

Tsiklografik harakatlanishda bo’g’im markazlarida, tanani turli zvenolarida og’irlik markazini tebranishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun tadqiqotlanuvchiga, tanasiga zich yopishib turadigan, qora triko kiydiriladi. qo’l va oyoqlarning katta bo’g’imlarini aylanish o’qlariga va kaft suyaklar boshchasiga elektr lampochkalar o’rnatilib, tadqiqotlanuvchini qora fonga qo’yib, yorug’lik beriladi va foto tasvirga olinadi. Foto tasvirda yurish jarayonining dinamikasini ko’rsatuvchi nuqtalar siklogrammasini xosil qiladi.


K.I.Moreynis, G.I.Roshin, N.A.Semyanskiy va boshqalarni, turli datchiklami ishlatishga asoslangan usullari. tayanch reaktsiyasining bosh (vertikal, gorizontal, bo’ylama va ko’ndalang) vektorlar tarkibini, tayanch davr vaqtini va har bir oyoqni ko’chish davrini, bo’g’imlarni harakat amplitudasini, qadam uzunligini, burchakli va chiziqli tezlanishini, hamda boshqa miqdorlami aniqlash imkonini beradi.


Harakat biomexanikasini tadqiqotlarida. odam harakatlanish davrida sodir bo’ladigan kuchlanish vertikal va gorizontal kuchlardan i'boratiigi aniqiangan. Yurishda odam tanasining tayanch vuzasiga ta'sir etuvchi (vertikal) kuch, dinamik haraktyerga ega bo’lib, bu kuch odam tanasini og’irligidan yuqori bo’ladi.


K.M.Platunov tomonidan, tovonga tayanch momentidan, barmoqlar yordamida tayanchdan oldga uzatilishigacha vertikal kuch taqsimlanish harakterini aniqlovchi egri chiziq turlari keltirilgan (3,7-rasm). hamma diagrammalarda, yurish va chopishni boshlang’ich 1-2 davrida tik ko’tarilish kuzatiladi. Bu ko’tarilish miqdori harakatlanish tezligiga bog’liq.Diagrammaning 2-3 qismi eng kuchlangan - ya'ni butun oyoq panjasiga tayangan xolatdan barmoqlarni yerdan uzilgan paytigacha davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda diagramma qabariqligi abtsissa o’qiga qaratilgan egarsimon shaklga ega. Odamlarda turli qadam olishiga qarab, diagrammaning egarsimonligi har xil bo’ladi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling