3.5-rasm. Yurish davrlari
3.6-rasm. Yurishda oyoq panjasining davrlar ketma-ketligi
X a r a k a t n i
|
u c h i n c h i d a v r i - tayanch oyoqni orqa qadami. Uchinchi
|
davrda, panja tovondan
|
boshlab tayanch yuzasidan ajraladi va tanani
|
og’irligi oyoq
|
panjasini old qismiga
|
o’tadi (3.5,e-i va 3.6.v-rasmlarga qarang). Bu
|
davr panjani
|
turtilishi, egilishi, boldir va sonni yozilishi bilan tugallanadi. Bu harakatda oyoq panjasining iz mushaklari, boldirni orqa va lateral gurux mushaklari, sonni old gurux, hamda chanoq - son bo’g’imining orqa yuza mushaklari ishtirok etadi.
Uchinchi davrda oyoqni hamma mushaklari eng ko’p qisqarishi kuzatiladi. Aynan davrni oxirida tana kuchli old va yuqoriga yo’naltirilgan silkinish hosil qiladi. Bu silkinish tanani oldga harakatlanishiga imkon beradi.
Ko’rib chiqilgan uch davr tayanch oyoqga tegishli. Bu oyoq tayanchdan intilgandan keyin erkin, yoki ko’chuvchi bo’lib qoladi.
X a r a k a t n i t o ’ r t i n c h i d a v r i - oyoqni erkin qadami (3,5,к va 3.6,g-rasmlar). Bu davrda erkin oyoq tizza va oshiq - boldir bo’g’imida egiladi. Chanoq - son bo’g’im xududida sonni old gurux mushaklari qisqaradi. qisqargan son va boldirni orqa gurux mushaklari shu xolatda qoladi, ya'ni ular boldirni bir oz egilgan holatda ushlab turadi. To’rtinchi davrni oxirida mushaklarni lateral va orqa guruxlari bir oz bo’shashadi, old gurux mushaklari esa bir oz qisqaradi. Ular oyoq panjasi tayanchga tegmasligi uchun panjani yozadi va old qismini bir oz ko’taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |