3.2-rasm. Bosim datchiklar koostruktsiyasing sxemasi
Xalqasimon simobli datchiklarining kap.llyarini joylashtirish turlicha bo’lishi mumkin (3.2,e-z-rasmlar). Bu datchiklami ishlash printsipi, unga ta'sir etuvchi yuklanish
kapillyami uzayishi natijasida tok o’tkazuvchanlik kesimini kamayishiga asoslangan.
3.2,z-rasmda ko’rsatilgandek kapillyarni joylash natijasida xalqasimon datchiklami yuqori sezuvchan bo’lishiga olib keladi, lekin uning o’zgaruvchanligi doim ham to’g’ri chiziqli bog’langan bo’lavermaydi.
Simli va simobli datchiklar poyabzal detallarining ichki qismidagi maxsus uyachalarga joylashtiriladi. Kichik gabaritlik kontakt datchiklar oyoq panjasi bilan poyabzal oraliqiga joylashtirish imkonini beradi.
Ikki metall qoplama 13 orasiga joylashtirilgan, payvandlangan klemma IS lar va izolyatsiyalangan g’ilof 14 bilan ta'minlangan elektr o’tkazuvchi rezinadan tayyorlangan datchik 12 3.2,i-rasmda keltirilgan. Bu datchiklaming umumiy qalinligi 1,25±0,5mm, razmerlari 12x14 mm.
Tik turganda oyoq panjasini tayanchga bo’lgan bosim taqsimlanishini aniqlash uchun, normal oyoq panja plantogrammasini ma'lum kvadratlarga bo’lib olinadi (3.3,a-rasm). Yassi tayanchni har bir kvadratiga bosim datchiklari o’rnatiladi. hosil bo’lgan bosim kartogrammasini taqsimlanishi 3.3,b-rasmdan ko’rinib turibdiki, nisbatan ko’p bosim tovon xududida va kaft suyaklarini boshchalari tagida to’plangan. Eng ko’p bosim - tovon markazida bo’lib, chekka qismlarida nulga teng bo’lib qoladi.
Tekislikda va poyabzalda turganda odamni massasi asosan ikki oyoqga teng taqsimlanishi aniqiangan. Tovon va ahmi qismlarida bosim miqdori va taqsimlanishi hamma odamlarda bir xil, kaft suyak boshchalarida esa - bosim turli miqdorga ega. V.E.Gorbachikni tadqiqotlariga ko’ra, asosiy yuklanish poyabzalni tovon qismiga (42-48%) to’g’ri keladi. Nisbatan kamroq (bir oyoqga tushadigan yuklanishni 13% i) ahmi qismida bo'iadi. Naiijada, oyoq panjasini tashqi gumbazi poyabzalga sezilarli bosim uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |