Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


ODAMNI TIK TURGAN HOLATDAGIISHI


Download 1.67 Mb.
bet76/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

3.1. ODAMNI TIK TURGAN HOLATDAGIISHI

Tik turish - odam tanasini uzoq muddatli evolyutsion protsessi natijasida hosil bo’lgan, oddiy va tabiiy holat deb hisoblanadi. Odam tik turganda tana vertikal holatni egallab, qo’llari tushirilgan, boshi to’g’ri, oyoq panjalarini izi tayanchga tekkan, og’irlik kuchi tana segmentlari pastga yo’naltirilgan bo’ladi. Segment qancha tayanch yuzasiga yaqin bo’lsa, og’irlik kuch momenti ko’p bo’ladi, shuning uchun oyoqni erkin turgan qismi, ayniqsa oyoq panjasi eng ko’p kuchlanishda bo’ladi. qarshilik kuchi og’irlik kuchga teng bo’lib, ular o’zaro qarama-qarshi yo’naltirilgan. Odamni statik holatini ta'riflashda, umumiy og’irlik (massa) markazi va uning tayanch maydoniga proektsiyasini to’g’ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Og’irlik markazi dan gorizontal tekisiikka tushirilgan perpendikulyar, og’irUk vertikali deyiladi. Tananing umumiy og’irlik markazi (T.O.M.) va uning qismlarini og’irlik markazi bir biridan farq qiladi.


Tananing har bir qismi, og’irlik kuchiga qarama - qarshi ta'sir etuvchi nuqta odam tanasining umumiy og’irlik kuchi deb ataladi. Tananing har bir qismi o’zining og’irlik markaziga ega. Masalan, jussaning og’irlik markazi yelka bilan chanoq-son bo’g’imlari oraliqidagi masofani 0,44 qismini tashkil qiladi, yelkani og’irlik markazi o’zini uzunligidan - 0,47 qismini, bilakni og’irlik markazi esa - 0,42, sonni og’irlik markazi - 0,44, boldirni og’irlik markazi - 0,42 masofada joylashgan va ular har bir qismni proksimal boshchasidan o’lchanadi. Barmoqlari biroz egilgan qo’l panjasini og’irlik markazi uchinchi kaft suyagining boshchasidan taxminan Ism. masofada. oyoq


panjasining og’irlik markazi esa - tovon suyagining orqa qirrasidan panjani 0,44 qismini tashkil qiladi.

Hatto vertikal holatda (ayniqsa harakatlanganda) odamning scgmentlari bir-birini ustida joylashmay, balki ulami birlashgan qismlari ba'zi burchak ostida bo’ladi.


Tananing umumiy og’irlik markazi (T.O.M.)ning vertikali har bir bo'g’im markazidan ba'zi masofada bo’lgani uchun, aylanish momenti (og’irlik kuchini ta'sir etuvchi yelka uzunligiga ko’paytmasi) paydo bo’ladi. Aylanish momenti qancha katta bo’lsa, shuncha og’irligiga qarama-qarshi ta'sir etuvchi mushaklar guruxidagi kuchlanish ko’p bo’ladi. Zveno(a'zo)ni og’irlik markazini bilib, bo’g’imlarga nisbatan og'irlikga ta'sir etuvchi kuchning yelkasini aniqlash va aylanish momentini hisoblash mumkin.


Umumiy massadan odam tanasining qismlarini massasi, %.





Bosh

7,0

Q o’l panjasi

0,7

Jussa

46,4

Son

12,2

Yelka

2,6

Boldir

4,6

Bilak

1,8

Oyoq panjasi

1,4

Qolganlari ichki a'zolami massasi hisoblanadi.


Agar tanani umumiy massasi 10kg bo’lganda, oyoq panjasini massasi 0.98kg bo’ladi.


Shunday qilib, tananing umumiy og’irlik markazi (T.O.M.) odam organizmida tananing massasini taqsimlanish ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi va u yoki bu darajadagi odam gavda bichimini ifodalaydi.

Qancha og’irlik markazi (T.O.M.) yuqori joylashgan bo’lsa, shuncha tananing yuqori qismini massasi katta bo’ladi. Masalan, gimnastlaming T.O.M.i yengil-atletikachilarga nisbatan yuqori joylashgan, chunki gimnastlarda jismoniy yuklanish qo’lni mushaklariga, yengil-atletikachilarda esa oyoqni erkin turgan qismiga tushadi.


Odam tanasining og’irlik markazi nuqta emas, balki shu nuqtada joylashgan sfera deb tushinish kerak. qon aylanish, nafas olish, ovqat liazm qilish a'zolaming mohiyatiga ko’ra, har bir vaqt momentida tananing massasi qavta taqsimlanadi va umumiy og’irlik markazini joylashishida o’z aksini topadi, ya'ni doimiy ravishda u yoki bu tomonga surilib turadi. Tanani tinch xolatida T.O.M.ni surilish diametri taxminan 5-10mm bo’lgan sfera ichida sodir bo’ladi deb hisoblanadi.


T u r i sh tana ishlari ichida eng qiyin turlaridan biri, chunki odam tanasini vertikal holatda ushlab turish mushaklardan sezilarli mexnat talab qiladi. Turishda, yurishga nisbatan, ko’proq energiya sarf bo’ladi.


Turish - tayanch maydoni kichik va og’irlik markazi yuqoriligiga bog’liq, barqoror bo’lmagan muvozanatdir.

Simmetrik erkin turishda, odam tanasini old tomonga yo’naltirilgan muvozanatdan chiqarish uchun, tanani og’irlik markaz qismida: o’rta hisobda erkaklar uchun 83 N , ayollar uchun esa - 63 N kuch sarf bo’ladi; tanani orqaga og’dirish uchun esa erkaklar uchun kamida 41 N, ayollar uchun - 3 6 N kuch kerak boMadi. Turish holatida barqoror muvozanatni ta'minlash, odam o’z og’irlik markazini tayanch maydonida ushlab turish bilan amalga oshiradi.


Odam tanasini vertikal holatda saqlab turish, markaziy nerv sistema boshqaruvidagi murakkab reflektorlikakt hisoblanadi. Ular antagonistik (bir-biriga qarama-qarshi) mushaklar guruxi yordamida bajariladi.


Tik, ayniqsa uzoq vaqt va ma'lum holatda turishda, tana yengil tebranadi. Odam tik turganda tanani tebranishi, mexanika nuqtayi nazardan, umumiy og’irlik markazini tayanch maydoniga nisbatan surilishi dab tushiniladi. Me'yordagi tebranish, tana birikmalari yetarlicha harakatsiz bo’lib, asosan boldir-oshiq va tovon-oshiq bo’g’imlarini siljishi hisobiga sodir bo’ladi.


G.S. Kozirevning 1100 sog’lom odamlar bilan o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra, umumiy og’irlik markazi, yoshi ulqayishiga qarab sezilarli farqlanadi degan xulosaga kelgan. Chunki tananing proektsiyasi, qomati va massasini taqsimlanishlarini o’zgarishi bilan umumiy og’irlik markazi sekin-asta distal yo’nalishda siljishi kuzatilgan. Masalan, yangi tug’ilgan bolaning umumiy og’irlik markazi o’rta hisobda V ko’krak umurtqasi atroflda joylashgan bo’ladi; 9-12 oylik, endi turish va yurishni boshlagan bolalarda XI-Xll ko’krak umurtqasigacna buiiladi; keyinchalik, oyoqni erkin turgan qismining uzunligi o’sishi va tanani konfiguratsiyasi o’zgarishi natijasida, 5 yoshli bolada umumiy og’irlik markazi III bel umurtqasigacha distal yo’nalishda siljiydi va xokazo.


Frontal tekisligida umumiy og’irlik markazi ozgina (erkaklarda 2,6mm ga va ayollarda \,3mm ga) surilgan bo’ladi, chunki ko’pchilik odamlarda, chap oyoqga nisbatan, o’ng oyoq yuklanishni o’ziga biroz ko’proq qabul qiladi.


Og’irlik markazidan tushirilgan vertikal chiziq, oyoq panjasi yalang bo’lganda, tayanch yuzasining qirg’og’iga 3sm ga yaqinlashtiradi va muvozanatni yo'qotishga olib keladi. Poyabzalda esa - \ 45smga yaqinlashganda muvozanat yo’qoladi.

"Tik turish” holati: eng ko’p barqororlik; minimal kuch va quvvat sarfi; minimal toliqish; tik turishdan yurish va chopishga o’tish qulayligi; asosiy a'zolar harakatiga xalaqit bermaslik; estetik kabi talablarga javob berishi deb hisoblanadi.


Natijada, tik turishni to’rtta asosiy tip (tur)ga ajratish mumkin:





    1. aktiv egilgan simmetrik turish, chanoq - son 2 va tizza 3 bo’g’imlari yarim egilgan holatda (3.1,a-rasm). Gavda oldga egilgan va umumiy og’irlik markazi 1 oldga surilgan bo’lib turish. Bu turi “himoyalangan” turish bo’lib, endi yurishni boshlagan bolalarda va yoshi ulug’ odamlarda kuzatiladi. Bu turish tanani barqoror muvozanatda bo’lishini ta'minlaydi;

  1. aktiv - passiv simmetrik turish, gavda va oyoqni vertikal holatda bo’lishi

(3.1,b-rasm). Bu holatda, og’irlik markazi 1 dan tushirilgan vertikal chanoq - son bo’g’imi 2 dan bir oz orqada va tizza bo’g’imi ining o’qidan bir oz old tomonda bo’ladi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling