Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


OYOQ (QO’L) PANJASINI OPTIMAL GURUXLAR SONINI ANIQLASH


Download 1.67 Mb.
bet73/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

2.5.3. OYOQ (QO’L) PANJASINI OPTIMAL GURUXLAR SONINI ANIQLASH.

Butun axolini oyoq (qo’l) panjasining zaruriy razmer tipologiyasini qurishda, shu axoli uchun poyabzal (qo’lqop) ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga ma’qul oyoq (qo’l) guruxlar soni taqdim etilishi kerak. Shu bilan birgalikda har bir iste'molchi o’zini oyoq (qo’l) panjasiga ay nan to’g’ri keladigan poyabzal (qo’lqop) topishga harakat qiladi. Natijada, korxona va iste'molchilar o’rtasida bir biriga zid talablar vujudga keladi ya'ni: korxonalar ishlab chiqariladigan poyabzal (qo’lqop) razmerlar sonini kamaytirish; iste'molchi esa ko’paytirishni xoxlaydi. Bu masala, razmerlar soni bilan axolini qanoatlantiradigan daraja hisobga olish qonuniyati asosida yechilishi mumkin.


Axolini qanoatlantirish tushunchasi, odam laming nisbiy yoki absolyut miqdoriga to’g’ri keladigan poyabzal(qo’lqop)ning razmerlar soni bilan bevosita bog’liq.


Ko’rsatkichni normal (tekis) ga yaqin taqsimlanishida, axolini poyabzal (qo’lqop) bilan ta'minlanishi avval tez sur'atda oshadi, keyinchalik sekinlashadi, ko’rsatkich


ma'lum miqdorga etganda ta'minlanish shunchalik kamavib ketadiki, bunday razmerda poyabzal (qo’lqop) ishlab chiqarish maqsadga muvofiq emas.

Masalan: yetakchi ko’rsatkichlardan biri bo’yicha axolini poyabzal bilan ta'minlanish darajasini hisoblash talab qilinsa; ikki yonma yon tiporazmerlar oraliqidagi befarqni chegarasi (a = 12mm, S 5mm bo’lganda) 0,42 a ga teng deylik.


Agar ko’rsatkich tekis taqsimlansa bir tiporazmerda axolini ta'minlanish darajasi 16.6% ni tashkil qiladi (ilova I I ga qarang), ya'ni ta'minlanish MLo,p ± 0,21 o'ga teng ishonchli interval chegarasida yotadi; agar ikki tiporazmerda ta'minlanish 32.5% bo’lsa. (MLo.p. ± 0.42o) ni tashkil qiladi va xokazo. 2.23 jadvalda tiporazmerlar soni turli bo’lganda, axolini poyabzal bilan ta'minlanish darajasi keltirilgan.


2.23 jadvaldan ko’rinib turibdiki, bir razmer ko’rsatkichi bo’yicha 9 ta tiporazmer bo'lganda, poyabzal bilan ta'minlanish darajasi 94% dan oshib ketgan, 12 tiporazmerda - 98.8%. Demak variantlar soni 12 dan oshishi amaliyotda ahamiyatsiz.

Agar ikki yonma - yon tiporazmerlar oraliqidagi befarqlik intervalini 0.21 o’ (S=2,5mm) deb olsak, u holatda xuddi yuqoridagidek ta'minlanish darajasiga erishish uchun. ikki barobar ko7p tiporazmerlar soni kerak bo’iaui. Masalan, 94,1% ta'minlanish darajasiga erishish uchun. 9 ta emas balki 18 ta tiporazmer kerak bo’ladi.


Shundan xulosa qilib aytish mumkinki, optimal tiporazmerlar sonini topishda ikki yonma - yon razmerlar oraliqidagi masofani to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega va uni ixtiyoriy tanlab olish mumkin emas. Chunki bu miqdor o’lcham ko’rsatkichlarini o’zgaruvchanligini va befarqlik interval miqdoriga bog’liq.


Oyoq panjasini razmer topologiyasi poyabzal razmer assortimentini to’g’ri hisoblash imkonini beradi. Lekin, seriyadagi razmerlar soni va poyabzalning turli razmerlar protsent tafovutiga poyabzal tayyorlashda ishlatiladigan materiallar bikirligi. poyabzal konstruktsiyasi, oyoq panjasi bilan qolipning iz uzunliklari oraliqidagi tafovut, ishlab chiqarish hajmi va ma’qul turdagi poyabzalni iste'moli, turli yosh guruxlar uchun poyabzalni narxi ham sezilarli ta'sir ko’rsatadi.


Qo’l panjasini bir yetakchi ko’rsatkichi Oq bo’yicha befarqlik intervali 5mm bo’lganda. maxsulotni 95,4% ta'minlanish darajasida ko’rsatkichni o’zgaruvchanligi .± 2 o’ ni tashkil qilishi hisoblar asosida aniqiangan.













Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling