X a r a k a t n i b i r i n c h i d a v r i (tayanch oyoqni old qadami). Bunda panja tovoni tayanchga tegadi va unga tayangan holda oldinga va pastga harakatlanadi (3.5,a-g va 3.6,a-rasmlar). Tayanchning og’irligini tayanch oyoqga o’tkazishda, tayanch yuzaga uzatiladigan bosim pastga va oldga yo’naltirilgan bo’ladi. Shunda tana, tayanchni reaktsiya kuchi ta'sirida, yuqori va orqaga yo’naltirilgan turtki sezadi. Turtki harakatni ilgarilama tezligini kamaytiradi, lekin sekinlashish tana inertsiyasi va boshqa oyoqni kuchliroq turtkisi ta'sirida juda tez bartaraf qilinadi. Tayanch reaktsiya ia'sirini yumshatish uchun oyoq tizza bo’g’imida bir oz egiladi, bu o’z navbatida amortizatsiya va keyingi intilishga zamin yaratadi. Old oyoqni yerga qo’nishi bilan birgalikda, tana qo’shaloq tayanchni hosil qiladi. Tayanchga tegish maydoni oshishi bilan, tayanch oyoqni mushaklari qisqaradi. Mushaklarni qisqarishi statik haraktyerga ega bo’lib, tayanch oyoqni to’g’rilangan holatda saqlab turish imkonini yaratadi.
Tovonga tayanganda boldirni old gurux mushaklari qisqaradi va boldir - oshiq bo’g’imi maxkamlanadi. Oyoq panjasini dumalash davrida bu mushaklar sekin - asta bo’shashadi.
Tizza bo’g’imini yozilgan holatda ushlab turish, asosan sonni to’rt boshli mushagini qisqarishi hisobiga bajariladi.
Tovonga tayanganda, sonni orqa gurux, hamda chanoq - son bo’g’imining orqa mushaklari qisqargan holatda bo’ladi. Oyoq panjasini dumalash paytida mushaklar kuchliroq qisqaradi va tizza bo’g’imi bir oz egilishi mumkin.
X a r a k a t n i i k k i n c h i d a v r i - tayanch oyoqni vertikal momenti - oyoq panjasining izi hamma yuzasi bilan tayangan holatda (3.5,d va 3.6,b-rasmlar). Shartli nomlangan vertikal moment davri - mushaklarni spetsifik ishini taxlil qilish uchun, eng yaqqol ko’rinishga ega momentdir.
Ikkinchi davr eng qisqa bo’lib, tayanch oyoqni old va orqa qadamlari oraliqidagi chegara hisoblanadi. Ikkinchi davrda oyoq, butun tanani og’irligini ko’tarib turuvchi, tayanch vazifasini bajaradi. Bu davrda tana eng yuqori holatni egallagan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |