Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


-rasm. Tik turishiiiug asosiy turlari


Download 1.67 Mb.
bet77/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

3.1-rasm. Tik turishiiiug asosiy turlari



  1. tik yozilgan simmetrik, yoki passiv turish (3.1,v-rasm). Og’irlik markazi 1 son bo’g’imi 2 ning aylanish o’qidan 3-4sm orqaga va yozilgan tizza bo’g’imi 3 ning aylanish o’qidan oldinga surilgan turish bo’lib, bu turish kam energiya (quvvat) sarflaydi va turish uchun qulay deb hisoblanadi.




  1. assimetrik turish, chanoq - son 2 va tizza 3 bo’g’imlari yozilgan, bir oyoqga ko’proq tayangan holat. Ikkinchi oyoqga tushgan yuklanish, birinchisiga nisbatan, ancha kam bo’ladi. Gox bir oyoqga, gox ikkinchisiga navbatma - navbat tushgan yuklanish odamga uzoqroq tik turish imkonini beradi.

Tik turishda odamning tayanch maydoni, ikkala oyoq izini tayanchga tegib turgan


yuzaning miqdori bilan aniqlanadi. Asosan, tovon suyagini orqa-pastki qismi, kaft suyaklarini boshchalari va beshinchi kaft suyagini o’simtasi oyoq panjasining tayanch maydoni hisoblanadi. Barmoqlar esa - faqat yurish paytida tayanch vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, oyoq panjasini izi yerga tayanganda, faqat suyaklarning pastki nuqtalari bilan emas, balki butun yuzalari bilan tayanadi. Bu holat teri osti-yog’ kletchatkalari hisobiga sodir bo’ladi. Ular yumshoq yostiq vazifasini bajarib, tayanchga bo’lgan bosimni tenglashtiradi va oyoqni og’riqsizlantiradi. Lekin xaqiqiy deb nomlanuvchi tayanch yuzasi izda ko’ringan maydondan kichik bo’ladi.


Tik turish eng og’ir ishlardan biri bo’lgani uchun, tadqiqotchilar, odam turganda oyoq panjasiga bo'lgan bosimning taqsimlanishini o’rganishga uzoq vaqtdan beri ahamiyat berib kelishmoqda.


Odam uchun ratsional, qulay poyabzal yaratishda, oyoq panjasini tayanchga bo’lgan bosimi qanday taqsimlanishini bilgandan keyin kolip loyihalanadi. Buning uchun bosimni o’lchash usullarini ko’rib chiqish zarur.


Hozirgi vaqtda oyoq panjasini tayanchga va poyabzal detallariga bo’lgan bosimni aniqlashda tenzometrik usul qo’llanilmoqda. TenzoefTekt hodisasi kuch ta'siri ostida o’tkazgich qarshiligini o’zgarishi deb hisoblanadi. Effektni asosida o’lchanuvchi miqdorni datchikni deformatsiyasiga o’tkazish yotadi. Jismni deformatsiya miqdorini aniqlashda, datchik, o’rganilayotgan deformatsiyaning miqdoriga ta'sir etmasligi yoki uni o’zgartirmasligi kerak. Datchik oyoq panjasi bilan tayanch yoki poyabzalni ichki detallari oraliqida joylashishi kerak bo’lgani uchun, uning konstruktsiyasi minimal razmerda, ayniqsa minimal qalinlikda bo’lishi shart.

Oyoq panjasi bilan poyabzalning o’zaro ta'sirini tadqiqot qilish uchun simli, simobli, yoki elektr o’tkazuvchi rezinadan ishlangan datchiklar tavsiya etiladi.


Simli datchik (3.2,a-rasm) ikki qavat qog’oz yoki plyonka oralig’ida joylashgan yuqori qarshilikga ega quyma simli reshyotka 1 dan va klemma 3 dan iborat. Reshyotkaning geometrik razmerlari I = 3...75mm va kengligi d = 0,03... 10mm. Boshlang’ich qarshiligi, datchikni geometrik razmerlariga va 1 dan 500om gacha o’zgaruvchi, o’tkazgichni nisbiy qarshiligiga bog’liq. Ishlash printsipi simni cho’zilish (siqiiish) da clcktr qarshiligmi aktiv o’zgru ishiga, asosiangan. Simli reshyotka ikki tomondan qayishqoq (elastik) plyonka 5ga yelimlangan simli datchik 4 xizmat qiladi. Datchik balandligi 2-3mm dan oshmasligi kerak.


Tenzometrik signallar ko’prik yoki yarim ko’prik sxemalar yordamida o’lchanadi, mizkur signallar tokni ko’paytirgichi orqali ostselograf yoki o’zi yozuvchi moslamaga uzatiladi.

Moskva yengil sanoat dizayn va texnologiyasi universitetidagi “Charm buyumlar texnologiyasi” kafcdrasi bilan “Rezina ilmiy tekshirish instituti” hamkorligida simobli datchik ishlab chiqarilgan (3.2,v-rasm). Bu datchik ichki diametri r/,=0,l ... 0,14mm va tashqi d, = 0,7 ... 1,5mm, uzunligi / = 10 50mm, bo’lgan rezina kapillyardan iborat. Kapillyar simob 7 bilan to’ldirilgan, uchlariga diametri 0,35 - 0,8mm mis simli kontakt 9 lar kiritilgan, uchlariga klemma 8 lar ulangan. Bunday turdagi datchiklami boshlang’ich qarshiligi 1,5 -5- 2 0OM. Datchikning sezuvchanligi va katta ishchi kuchi tokni kuchlantirmasdan ostselografda yozib olish imkonini beradi. Simobli datchiklami kamchiliklaridan biri rezinani tez eskirishi. Bu datchiklami turlari juda ko’p. Eng ko’p ishlatiladigan ustunsimon va xalqasimon datchiklar.


Ustunsimon datchik (3.2,g-rasm) ustun balandligi hy lOga o’ralgan simobli datchik 11 dan iborat. P kuch bilan yuklangan ustuncha deformatsiyalanib bochkasimon shaklga kelib qoladi (3.2,d-rasm). Bunda ustuncha diametri Du balandligini o’rta qismida kengayib, kapillyami cho’zilishiga olib keladi. Ustunchani balandligi 3mm dan oshmasligi kerak, aks holda poyabzal ichiga joylashtirish qiyinlashadi.

Ustunchani materiali sifatida, qattiqligi oyoq panjasining eng yumshoq yuzasiga yaqin, vulkanizatsiyalangan rezina ishlatiladi. Ustunchani yuklanish va yukdan holi bo’lish gisterezisi, o’lcham natijalarida sezilarli hato bo’lishiga olib keladi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling