Amaliy geografiya


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana23.04.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1385873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quyosh oy va yer



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” loyihasi 
 
 
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB 
MASALALARI” moduli bo‘yicha 
“AMALIY GEOGRAFIYA”
o‘quv kursining 
 
“QUYOSH, OY. YERNING SAYYORA SIFATIDAGI TA’RIFI” 
mavzusidan ma’ruza matni 
Ma’ruzachi:
Toshkent 2022 
 



 
Mavzu: Quyosh, oy. Yerning sayyora sifatidagi ta’rifi.
 
 
Reja: 
1. Quyosh - Olam tarkibidagi yulduzlardan biri sifatida. 
2. Quyosh tizimi. 
3. Quyosh va uning ichki tuzilishi. 
4. Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. 
5. Yerning sayyora sifatidagi ta’rifi. 
6. Yerning harakatlarini geografik oqibatlari. 
Quyosh - Olam tarkibidagi yulduzlardan biri sifatida. Yer – insoniyat 
yashaydigan sayyora bo‘lib yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar, meteor va 
meteoritlar, kometalar hamda boshqalar kabi osmon jismlaridan biridir. Yer 
boshqa Quyosh tizimidagi sayyoralar singari Quyosh atrofida aylanadi va Quyosh 
tizimidagi osmon jismlari qatoriga kiradi. Quyosh atrofidagi sayyoralar, 
asteriodlar, yo‘ldoshlar, kometalar bilan bir tizim hisoblansada, Quyosh ham o‘z 
navbatida osmon jismlarining nihoyatda katta tizimi tarkibiga kiradi va u 
galaktikamizning yulduzlaridan biri sanaladi va Galaktika bilan birga harakat 
qiladi. Galaktikamiz metagalaktika, metagalaktika esa olam tarkibiga kiradi. 
Koinot to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: olam, 
metagalaktika, galaktika, yulduzlar, Quyosh tizimi, sayyoralar, yo‘ldoshlar, 
asteroidlar, meteorlar, meteoritlar, kometalar va h.k. 
Olam- atrofimizni urab olgan bepoyon makon va zamonda yastanib yotgan 
borliq - moddiy dunyo. Olam - bu cheksiz va chegarasiz dunyodir. Uning na 
boshlanishi va na oxiri ma’lum emas. U hech qanday tabiiy chegaraga ega emas. 
Olam ko‘zga ko‘rinmas o‘ta mayda zarrachalardan tortib teleskoplar yordamida 
ko‘rish mumkin bo‘lgan turli xil jismlardan tashkil topgan. 
Olamda yuz milliardlab galaktikalar, har bir galaktikada yuz milliardlab 
yulduzlar mavjud. Olamning galaktikalaridan biri hisoblangan biz yashab turgan 
Somon yo’li galaktikasi o‘z navbatida Quyosh kabi 150 milliarddan ortiq yulduzlar 
va yulduzlararo fazodan iborat. Quyosh Somon yo‘lidagi yulduzlardan biri 
xisoblanib, uning tizimida sayyoralar (planetalar), ularning yo‘ldoshlari, 
asteroidlar, meteor va meteoritlar va kometalar mavjud. Quyosh tizimidagi 
sayyoralardan biri Yer hisoblanib, u Olamning o‘ta noyob qurilmasidir. Yerning 
Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan ajratib turuvchi asosiy xususiyati unda 
litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera kabi geografik qobiqlarning mavjudligidir. 
Yerda hozircha Olamning boshqa joylarida uchramagan tirik organizm, xususan 
inson mavjud. 
Olam tushunchasi odamzotning paydo bo‘lishi va ularning ongini 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Ibtidoiy odamlar o‘zlari yashab turgan joylarini Olam 



hisoblagan bo‘lsalar, tafakkurning rivojlanishi hamda hayot ehtiyojlari uchun 
boshqa hududlarga ko‘chib yurishi oqibatida ularning Olam haqidagi tushunchalari 
ham kengayib boradi. Bu tushuncha insonlar yozuvni ixtiro qilishi oqibatida 
yanada takomillashib boradi. Natijada. insonlar o‘zi yashab turgan hududlar 
kartasini tuzib, o‘sha joyni Olamning markazi deb faraz qilganlar. Kishilik 
jamiyatining taraqqiy etishi oqibatida Olam haqidagi fikrlar ham takomillashib 
boradi. Milodning ikkinchi asrida yashagan Ptolomey Olamning markazida 
qo‘zg‘almas Yer, uning atrofida barcha osmon jismlari aylanadi, deb geotsentrik 
nazariyaga asos soldi. Fan va texnika taraqqiyoti oqibatida natijada olamning 
markazi Yer emas, balki Quyosh, uning atrofida osmon jismlari, jumladan Yer 
ham aylanadi, degan geliotsentrik (gelio - Quyosh, tsentr -markaz) g‘oya vujudga 
keldi. Bu g‘oyani vatandoshimiz Beruniy va polyak olimi N.Kopernik qo‘llaganlar, 
Ahmad Farg‘oniy ham geliotsentrik nazariya tarafdori bo‘lgan. 
Galaktikada gaz va changdan iborat tumanliklardan iborat galaktikalar 
to‘plami metagalaktika (grekcha «meta» keyingi, tashqaridagi; Metagalaktika – 
Galaktikadan tashqaridagi narsa degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Metagalaktika - 
bu hozirgi teleskoplar yordamida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan olamning bir 
qismidir. U galaktikalar tizimidan iborat. Fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan 
metagalaktikaning chegarasi ham kengayib boradi. 
Bizning galaktika hisoblangan Somon yo‘li Quyosh tizimidan va 150 
milliard yulduz hamda yulduzlararo fazodan iborat. Olimlarning fikricha, 
galaktikadagi birlamchi moddalarning paydo bo‘lish vaqti bundan 15-20 milliard 
yil muqaddam sodir bo‘lgan. 
Olam vujudga kelgandan so‘ng uning kengayishi oqibatida dastlabki gazli 
to‘plamlardan bir-necha o‘ta yirik gazli to‘plamlar hosil bo‘lgan. So‘ngra bu yirik 
to‘plamlarning portlashi natijasida turli xil hajmdagi bo‘laklar ajralib chiqadi. Vaqt 
o‘tishi bilan alohida-alohida ajralgan bo‘laklardan mustaqil galaktikalar hosil 
bo‘ladi. Keyinchalik galaktikalar doirasida moddalarning quyuqlashuvi va 
zichlashuvi oqibatida massasi va kattaligi jihatidan kichikrok bo‘lgan mustaqil 
bo‘laklar - yulduzlar paydo bo‘la boshlagan.
Yerga eng yaqin bo‘lgan galaktika Andromeda tumanligi bo‘lib, Yerdan 2 
million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. 
Galaktikalarning diametri turlicha. Galaktikalarning o‘rtacha diametri 10 
dan 100 ming yorug‘lik yiliga (yorug‘lik yili -nurning bir yilda bosib o‘tgan yo‘li 
bo‘lib, u 9460 mlrd. km ga teng) teng. Ayrimlarining diametri 50000 parsek, 
boshqalariniki esa 500 parsekka yetmaydi. Galaktikalar o‘rtasidagi o‘rtacha masofa 
3MP.( Parsek (P)=3,26 yoruglik yilliga teng; kiloparsek (KP)=1000P; 
megoparsek (MP)=1000000P). Somon yo‘lining diametri 120 ming yorug‘lik 
yiliga, diskning qalinligi 1600 yorug‘lik yiliga teng.
Bizning Galaktika yoki somon yo‘li yulduzlar turkumi (grekcha galaktikos-
sutrang, gala-sut so‘zidan olingan), turli xil o‘lchamdagi yulduzlardan, 
tumanliklardan, yulduzlararo bo‘shliqlardagi zarracha va atomlardan, Quyosh 



tizimidan iborat. Galaktikaning juda ko‘p yulduzlari yerdan juda uzoqda 
bo‘lganligi uchun ularni alohida-alohida payqab bo‘lmaydi, ular bir-biri bilan 
qo‘shilib oqish yo‘lni, ya’ni somon yo‘lini hosil qiladi. 
Somon yuliga kiruvchi yulduzlar to‘plamining shakli uzoqdan qaraganda 
yasmiqqa o‘xshash bo‘lib, ikki tomoni qabariqdir. Yulduzlar o‘sha yasmik 
markazida juda zich joylashib galaktika yadrosini hosil qiladi. Quyosh galaktika 
spiral tarmoqlaridan birining ichida, galaktika markazidan 25 ming yorug‘lik yiliga 
teng uzoqlikda joylashgan. Galaktikada hamma yulduzlar Galaktika o‘qi atrofida 
aylanadi. U sekundiga taxminan 250 km tezlik bilan harakat qilib, 200-250 mln. 
yorug‘lik yilida galaktika atrofini bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqtni galaktika 
yili deb ataladi.
Galaktika tumanliklari kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosan vodorod (86,7%), 
geliy (13,2%) dan iborat. Qolgan 0,1 massani uglerod, azot, allyuminiy, ftor, litiy, 
magniy va boshqalar tashkil etadi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling