Amaliy geografiya


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.04.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1385873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quyosh oy va yer

Yer va Oy umumiy ogirlik markazi atrofida aylanishi. Yer va Oy 
umumiy og‘irlik markazi atrofida shunday aylanishadiki, ularning har biridagi 
hohlagan nuqta bir xil orbita hosil qiladi. Demak, har bir nuqtada geografik 
kenglikka bog‘liq bo‘lmagan bir xil markazdan qochma kuch vujudga keladi. 
Yerning har bir nuqtasiga markazdan qochma kuchdan tashqari Oy tomonga 
yo‘nalgan tortishish kuchi ham ta’sir qiladi. 
Oyning tortishi natijasida Yer elastik ravishda deformatsiyalanib, tuxum 
shaklini oladi. Bu «tuxum» Yer va Oy markazlarini tutashtiruvchi chiziq bo‘ylab 
Oy tomonga cho‘zinchoq bo‘ladi. Bunda Yerning suv qobig‘i sezilarli o‘zgaradi: 
okean yuzasining Oyga eng yaqin turgan nuqtasida va unga teskari tomondagi 
(oydan eng uzoq) nuqtada suv ko‘tariladi, bu nuqtalar orasida suv sathi Yer – Oy 
chizig‘iga tik ravishda pasayadi. Yer sharining Oyga qaragan tomonida okean 
sathining ko‘tarilishaga sabab shuki, bu yerda suv zarralarining markazdan 
qochirma kuch tufayli Oydan qochishga (itarilishiga) nisbatan, Oy suv zarralarini 
kattaroq kuch bilan tortadi.
Dunyo okeanida doimiy ravishda Yer aylanishiga qarshi tomonga oqib 
yuradigan ko‘tarilish to‘lqini Yerning aylanishini sekinlashtiradi va Yer sutkasi 
asta – sekin uzaya boradi va 40 ming yilda sutka 1 sekundga uzayadi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Olam deganda nimani tushunasiz?
2. Qadimda Olam, uning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti haqida qanday 
g‘oyalar, tasavvurlar bo‘lgan? 
3. Metagalaktika va galaktikalar qanday tuzilgan? 
4. Bizning galaktikamiz - Somon yo’li haqida nimalarni bilasiz? 
5.Yulduzlar 
va 
sayyoralarning 
xususiyatlarini 
ifodalovchi 
Venn 
diagrammasi tuzing. 
6. Quyosh tizimi tarkibiga kiruvchi osmon jismlari qanday xususiyatlarga 
ega? 
7. Mayda sayyoralar nima va ular kometalardan qanday farq qiladi? 
8. Quyosh energiyasi deganda nimani tushunasiz? 
9. Quyosh qanday ichki tuzilishga ega? 
10. “Meteorit yomg‘iri” nima? U qanday oqibatlarni keltirib chiqadi? 
11. Nima sababdan Oy fazalari vujudga keladi? 


15 
12. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida qanday geografik oqibatlar 
yuzaga keladi? 
13. Yerning Quyosh atrofida aylanishi va uning geografik oqibatlarini 
tushntirib bering. 
 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling