Amaliy geografiya
Yerning sayyora sifatidagi ta’rifi
Download 254.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Quyosh oy va yer
Yerning sayyora sifatidagi ta’rifi. Yer shari uzoq davom etgan evolyutsion
jarayon natijasida shakllangan. Ma’lumki, Yer yuzasi tekis bir xil bo‘lmasdan okean va dengizlardan, tekislik va qirlardan, yassi tog‘ va baland tizmalardan iborat. Shu tufayli Yer shakli haqida fikr yuritishda uning yuzasini, o‘sha 10 murakkab tuzilishini hisobga olib, umumlashtirib, sharsimon deb tushunish shu sohada erishilgan dastlabki qadamdir. Chunki, ibtidoiy davrda kishilar o‘zi yashagan joy yassi bo‘lsa Yer shari yassi deb, dengizga yaqin bo‘lsa, Yer suvlar bilan band bo‘lgan yassilik deb o‘ylaganlar. Vaqt o‘tishi kishilik jamiyatini rivojlanishi, inson ongining o‘sishi natijasida Yerning shakli to‘g‘risidagi tasavvur ham o‘zgara boradi. Bundan 24 asr ilgari birinchi bo‘lib grek olimi Aristotel (Arastu) Yer yassi emas, aksincha dumaloq shar shaklida degan fikrni bildirgan. Bugungi kunda Yerning shar shaklida ekanligiga hech, shubha qolmadi. Chunki Yerni sharsimonligini isbotlovchi quyidagi dalillar mavjud: 1. Qirg‘oqqa yaqinlashayotgan kemaning avval tepa qismi (machtasi), so‘ng o‘rta qismi oxiri pastki qismi ko‘rinadi. Yer yassi, tekis bo‘lganda kemaning hamma tomoni birdan ko‘rinar edi; 2. Quyosh chiqayotganda dastlab tog‘larning tepasini, tog‘ cho‘qqilarini, so‘ng past yerlarini yoritadi. Quyosh botgandan keyin ham ma’lum vaqt davomida tog‘ cho‘qqilari yoritilib turadi, Yer yuzasi yassi bo‘lsa, tog‘lar etagidan tepasigacha barobar yoritilgan bo‘lar edi; 3. Yuqoriga ko‘tarilgan sari ufq chizig‘ining kengayib borishi ham Yerning sharsimonligini isbotlaydi. Masalan, tekis yerda turgan kuzatuvchi 4-5 km masofadagi narsalarni ko‘ra olsa, 20 m balandlikda 16 km, 100 m balandlikda 35 km, 10 000 m balandlikda 356,7 km masofadagi narsalarni ko‘rish mumkin; 4. Oyning tutilishi ham Yerning sharsimonligini isbotlaydi. Chunki Oy bilan Quyosh orasiga Yer kirib qolsa, uning soyasi Oy yuzini doira shaklida qoplab oladi va natijada Oy tutiladi, ya’ni Oy tutilganda Yerning unga tushadigan soyasi har doim to‘g‘ri doiraning bir qismi shaklida bo‘ladi; 5. Meridian bo‘ylab shimoldan janubga yoki janubdan shimolga qarab yurilganda yulduzlar o‘rnining o‘zgarishi. Shimoliy yarim sharda biz Katta ayiq yulduzlar turkumini va Qutb yulduzini ko‘ramiz. Janubga borgan sari bu yulduzlar pasayib boradi. Osmonning janub tomonida boshqa yulduzlar ko‘rinadi. Ekvatorga borganda Qutb yulduzi ko‘rinmay qoladi, Janubiy But yulduzi paydo bo‘ladi; 6. Dunyo aylana o‘tkazilgan sayohatlar ham Yerning sharsimonligini isbotlaydi. Agar Yer shar shaklida bo‘lmaganda edi, sayyohlar yana o‘z joylariga qaytib kelmagan bo‘lar edi; 7. Tongning sharqdan boshlanib kelishi. Agar Yer yassi, tekis bo‘lganda hamma joyda tong barobar o‘tar edi; 8. Nihoyat, Yerning sharsimonligini kosmik raketalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va kosmonavtlar parvozi uzil – kesil isbotlab berdi. Yer sharining kattaligi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni qadimgi grek, arab va O‘rta Osiyolik olimlarning asarlarida uchratish mumkin. 109 marta katta. Quyosh yuzasidagi tortishish kuchi Yer yuzasi tortishish kuchidan 25 marta ko‘p. Quyosh o‘ta qizigan plazma - olovli sferik massa bo‘lib, yuzasidagi Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tekis yer ustida qad ko‘targan tog‘ tepasida turib astrolyabiya 11 asbobi yordamida gorizontning pasayish burchagini o‘lchagan. U avval tog‘ning balanligini aniqlab, so‘ng ufq (gorizont)ning pasayish burchagi asosida 1° meridian yoyning uzunligini 50,6 arab miliga (hozirgi hisobga ko‘ra 111,6 km) tengligini isbotlagan. Shu usul bilan Beruniy Yer meridian aylanasining uzunligini 40 183 km deb hisoblab chiqqan. Hozirgi hisobga ko‘ra, Yer meridian aylanasining uzunligi 40 008,5 km. Oradagi farq bor yo‘g‘i 175,5 km ni tashkil qiladi. 1964-yil Xalqaro astronomik ittifoqi kelishilgan holda Yerning aniq o‘lchami (ko‘lami)ni quyidagicha ekanligini belgiladi: T/r Download 254.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling