Amaliy geografiya


Yerning aniq o‘lchamlari, km hisobida


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.04.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1385873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quyosh oy va yer

Yerning aniq o‘lchamlari, km hisobida 

Ekvatorial radiusi yoki katta radiusi 
6 378, 160

Qutbiy radiusi yoki kichik radiusi 
6 356, 730

Ekvatorial radiusi bilan qutbiy radius 
orasidagi farq yoki qutbiy sikiklik 
21, 430

Meridian aylanasining uzunligi 
40 008, 5

Ekvator aylanasining uzunligi 
40 075,7

Yerning umumiy maydoni 
510 mln. km

Yerning shakli va kattaligi muhim geografik ahamiyatga ega. U quyidagi 
holatlarda namoyon bo‘ladi: 
- Quyosh nurlari Yerning sharsimon yuzasiga turli joylarda turlicha 
burchak bilan tushadi, mazkur tushish burchaklari qutblarga tomon kamayib 
boradi. 
- Yer shaklining sharsimonligi oqibatida Quyosh uni hamma qismini bir xil 
yorita olmaydi va isitmaydi. Yer yuzasining isitilish sur’ati ekvatordan qutblar 
tomon kamayib boradi. Bu esa issiqlik taqsimotida va iqlimlarda aks etadi. 
Natijada iqlim ekvatordan qutblar tomon sovib boradi hamda tabiatning zonallik 
hodisasi vujudga keladi. Yunonlar qadimda yuqori va quyi geografik 
kengliklarning sharoitini bilmasdanoq faqatgina sharning yoritilish sharoitini asos 
qilib Yerni iqlimlarga ajratishgan. 
- Yerning shar shaklida ekanligi uning Quyosh nuri bilan yoritilgan va 
yoritilmagan qismlarga bo‘linishiga sabab bo‘ladi (kecha va kunduz). Bu esa 
Yerning issiqlik me’yoriga ta’sir ko‘rsatadi.
- geodezik, kartografik va geometrik ishlar uchun ellipsoidning aniq 
o‘lchamlarini bilish zarur; 
- Yerning kattaligini asosiy geografik ahamiyati shundaki, Yer tortish kuchi 
tufayli o‘z atrofida atmosferani ushlab turadi

Yerning harakatlarini geografik oqibatlari. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan 
sharqqa tomon soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda sekundiga 29,8 km tezlikda 
harakat qiladi. Yer bir tekisda aylanadi. Yer o’z o’qi atrofida 23 soat 56 minut 4 
sekundda bir marta aylanib chiqadi va kecha-kunduz hosil bo‘ladi. Hisoblashga 
qulaylik tug‘dirish uchun yaxlitlab bir kecha kunduz 24 soat deb qabul qilingan. 


12 
Yer aylanishining burchak hisobidagi tezligi hamma kengliklar uchun bir 
xildir. Nuqta bir soat davomida (360
0
:24 soat=15
0
) 15

siljiydi, ya’ni yo‘l bosadi. 
Sekundiga metr hisobidagi tezlik kengliklarga qarab o‘zgaradi. Bu tezlik ekvatorda 
464 metrga teng bo‘lsa, qutblar tomon kamayib boradi. Yer o‘qining uchida 
joylashgan Shimoliy va janubiy qutb sutkalik harakat jarayonida bir joyda 
harakatsiz turadi. 
Insonlar Yer sharida yashasalarda uning sutkalik harakatini sezmaydilar. 
Chunki, Yerdagi hamma narsa - havo, suv, o‘simlik va insonlar ham Yer bilan 
birga aylanadi. Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishining quyidagi isbotlari va 
undan kelib chiqadigan geografik oqibatlar mavjud: 
1. 1851-yili fransuz olimi Fuko Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishini 
birinchi bo‘lib tajribada isbotlagan. U Parij shahridagi eng baland bino -Panteoning 
gumbaziga ingichka sim osib, uchiga og‘ir metall shar bog‘laydi. Uning tagiga 
doira yasab qum sepib - so‘ngra mayatnikni (sharni) harakatga keltiradi. Ma’lum 
vaqt o‘tgach u hosil qilgan dastlabki chiziq bilan so‘ngi chiziq orasida burchak 
hosil bo‘ladi. Oqibatda mayatnik bir soatda 15°, 24 soatda esa 360° hosil qiladi. 
Chunki Yer o‘z o‘qi atrofini 24 soatda bir marta aylanib chiqadi. 
2. Yer geoid shakliga ega, ya’ni qutblari siqiq ekvator atrofi qavarib 
chiqqan. Bu Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli hosil bo‘ladigan markazdan 
qochirma kuch natijasidir. Chunki ekvator ustida markazdan qochirma kuch katta, 
qutblarga tomon esa kamayib, qutblarda nol (0)ga teng bo‘ladi. 
3. Yuqoridan tashlangan jism yer yuziga tekkuncha sharq tomonga bir oz 
og‘adi: 158 m balandlikdan tashlangan narsa yer yuziga tushguncha 27,5 mm 
sharqqa tomon buriladi. Buning sababi Yerning g‘arbdan sharqqa qarab 
aylanishidir. 
4. Yerning o‘z o‘qi atrofida sutkalik aylanishi natijasida gorizontal harakat 
qiladigan hamma jismlar shimoliy yarim sharda o‘ngga, janubiy yarim sharda 
chapga buriladi. Yer aylanishining buruvchi kuchi (Koriolis) havo massalarining, 
dengiz oqimlarining, daryolarning yo‘nalishiga ta’sir etadi. 
5. Agar Yer o‘z o‘qi atrofida harakat qilmaganda edi, Quyoshga qaragan 
tomon qizib ketgan, teskari tomon esa sovib qolgan bo‘lar edi. Oqibatda tirik 
organizmlarning yashashi uchun mutlaqo noqulay tabiiy sharoit vujudga kelar edi. 
6. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda Oyning tortishish kuchi 
natijasida bir kecha-kunduzda okeanlar ikki marta ko‘tariladi va ikki marta 
pasayadi. 
7. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi oqibatida uning shimoliy va janubiy 
qismida ikkita o‘zgarmas nuqta - qutblar vujudga keladi. Bu hol sharda 
meridianlar, parallellar va ekvatorni o‘tkazishga imkon beradi.
8. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli vaqt birligi - kecha va kunduz 
vujudga keladi. Bunda Yerning Quyoshga qaragan tomoni kunduz, teskari tomoni 
kechasi bo‘ladi va h.k. 


13 
Yer sharida Xalqaro kelishuvga ko‘ra, mintaqa vaqti qabul qilingan. Bunga 
ko‘ra vaqt soat mintaqalariga muvofiq hisoblanadi va Yer shari 24 soat 
mintaqasiga bo‘lingan. Har bir mintaqa 15
0
uzunlikka teng.
10. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo‘lgan sutkani 
hosil qiladi. 
Yer Quyosh atrofini 365 kun, 5 soat, 48 min, 46 sekundda to‘la bir marta 
aylanib chiqadi. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqqan vaqti yil deb 
ataladi. Yerning yillik aylanma harakati (orbitasi) Ellips shaklga ega, ellipsning 
bitta fokusida Quyosh turadi. Shuning uchun Quyosh bilan Yer o‘rtasidagi masofa 
doimo o’zgarib turadi. Yer 3-yanvarda Quyoshga eng yaqin keladi va bu holat 
perigeliy deb ataladi. Perigeliyda Quyosh va Yer orasidagi eng qisqa masofa 147 
mln. kmga teng bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi eng uzun masofa esa 5-iyunga to‘g‘ri 
kelib, bu holat afeliy deb ataladi. Afeliyda Quyosh va Yer orasidagi masofa 152 
mln.km ga teng bo’ladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Bu masofani yer 
soatiga 107 ming km yoki sekundiga 29,8 km tezlikda bosib o‘tadi.
Yerning Quyosh atrofida to‘la bir marta aylanib chiqqan vaqtini hisoblash 
qulay bo‘lishi uchun yaxlitlab 365 kun 6 soat deb olingan (bunda har yili 11 daqiqa 
14 soniya xato bo‘ladi). Biroq yilni oylarga bo‘lishda o‘sha 6 soat noqulayliklarga 
sabab bo‘ladi. Shu sabali, har to‘rt yilning uch yilini 365 kun, to‘rtinchi yilini esa 
366 kun deb qabul qilingan. Ushbu to‘rtinchi yilning fevral oyiga 29 kun bo‘lib 
qo‘shiladi, o‘sha yilni kabisa yili deyiladi. 
Yer o‘qi orbita tekisligiga og‘gan. Yer o‘qi orbita tekisligi bilan 66
0
33' 
burchak hosil qiladi, ya’ni Yer o‘qining og‘ish burchagi 66
0
33'. Yerning Quyosh 
atrofida aylanayotganda o‘z orbita tekisligiga (66
0
33'15'') og‘ishligi (globus 
shaklida) oqibatida yil fasllari vujudga keladi.
21-mart va 23-sentyabrda Yer o‘qining og‘ishligi Quyoshga nisbatan 
neytral bo‘ladi. Quyosh nuri ekvatorga tik tushib, shimoliy va janubiy yarim 
sharlarni bir xil yoritadi va isitadi. Natijada kun bilan tun teng bo‘lib, 12 soatni 
tashkil etadi. Shu tufayli 21-mart va 23-sentyabrni kun-tun tengligi deyiladi. 
22-iyunda Yer sharining shimoliy qutbi Quyoshga qaragan bo‘lib, janubiy 
yarim sharga nisbatan Quyoshdan ko‘proq yorug‘lik va issiqlik oladi. Binobarin, 
22-iyunda Quyosh nuri ekvatorga emas, balki 23°30' kenglikka tik tushadi. Shu 
tufayli 22-iyunda Shimoliy yarimsharda eng uzun (yoz fasli) kun, aksincha, 
janubiy yarimsharda eng qisqa (qish fasli) tun bo‘ladi. Bu davrda 66
0
30' Shimoliy 
kenglikda qutb kunduzi, aksincha, 66
0
30' janubiy kenglikda janubiy qutb tuni 
bo‘ladi. 
22-dekabrda Quyosh ko‘proq janubiy yarimsharni isitadi va yoritadi. 
Janubiy qutb doirasidan qutbgacha bulgan joylarda Quyosh uzoqi vaqt botmaydi. 
Bu davrda shimoliy yarimsharda qish bo‘lib, Quyosh 23
0
30' janubiy kengliklarda 
tik tushadi. 


14 
Yer o‘qining qiyaligi yoritish mintaqalarin kelib cheqishiga sabab bo‘ladi . 
Yerning sharsimonligi va orbita tekisligiga nisbatan 66°33' 15'' og‘ishligi 
tufayli Quyosh atrofida aylanayotganda ekvatordan istisno Yer yuzasining boshqa 
kengliklarida kun bilan tun teng emas. Chunki, yuqoridagi sabablarga ko‘ra Yer 
yuzasini Quyosh bir xil isitmaydi va yoritmaydi. Bu holat esa Yer yuzasida 
quyidagi yoritish mintaqalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling