Amaliy geografiya
Download 254.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Quyosh oy va yer
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meteorlar
kichik sayyoralar deyishadi. Asteroidlar Quyosh atrofida sayyoralar aylangan
tomonga qarab harakat qiladigan, ma’lum shaklga ega bo‘lmagan va qirrasimon qattiq jismlardir. Olimlarning aniqlashicha, 40-60 ming, umumiy soni 140 ming atrofida kichik sayyoralar yoki asteroidlar mavjud. Ular Mars va Yupiter sayyoralarining oralig‘ida Yerdan taxminan 450 mln. km uzoqilikda joylashgan. Kometalar (grekcha kometos - uzun sochli ma’nosida). Quyosh tizimidagi o‘ziga xos osmon jismidir. Kepler ta’biri bilan aytganda kometalar osmonda okeandagi baliq singari suzib yuradi. To‘la shakllangan kometaning qattiq jismdan iborat, diametri bir necha kilometr keladigan va ravshan ko‘rinib turadigan yadrosi; tuman pardasidan iborat boshi (yadro ana shu bosh ichida joylashgan bo‘ladi); uzunligi bir necha 100 mln. kmkeladigan dumi bo‘ladi. Ayrim kometalar dumining uzunligi 900 mln. kmga yetadi. Meteorlar (grekcha «meteoros» - tepadagi, tepada turgan ma’nosini bildiradi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, erib ketganlari meteorlar deb ataladi. Uncha katta bo‘lmagan qattiq jismlarni atmosferaga kosmik tezlikda kirib kelishi natijasida atmosferada qisqa lahzali chaqnash ro‘y beradi. Zarralar, yoki, qattiq jismlar atmosferaga kirib kelganda harorat 2000-3000 0 C gacha qizib ketadi. Natijada ularning yuzasi tez suratlar bilan bug‘lana boshlaydi. Atmosferaga kirib kelgan jismning hajmi qancha katta bo‘lsa, chaqnash shuncha kuchliroq va yorug‘roq bo‘ladi. Eng yirik chaqnashlar olov sharga o‘xshaydi, ular atmosferadan juda katta shovqin bilan o‘tadi. Bunday chaqnashni Bolidlar deb atashadi. Meteoritlar (grekcha «meteora»-koinot hodisasi). Meteorlarning yonib ulgurmagan qismi Yerga tushadi. Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, havo qarshiligini yengib, so‘ngra ulgurmay Yer yuzasiga tushgani meteoritlar deb yuritiladi. Demak, meteoritlar meteorlarning yonib ulgurmay Yerga tushgan qismi bo‘lib, fazodan yer yuzasiga tushadigan tosh yoki temir holdagi osmon jismlari. Ularning og‘irligi bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo‘ladi. Meteoritlarning Yerga tushishi juda katta chaqnash, shovqin bilan kuzatiladi. Bu paytda osmonda uchib kelayotgan olovli shar ko‘rinadi. Meteorit Yerga urilganda yer yuzasida chuqurlar va xandaklar hosil bo‘ladi. Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra ikki milliard yil davomida Yerga 100 ming krater hosil qiluvchi yirik «meteorit yomg‘iri» tushganligi qayd qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling