Amaliy ish №1 O`lchov vositalarining tuzilishi va ularni o`rganish


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1020613
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Амалиёт №1 b9795e7fd434f5f68cfc285605ef2256



AMALIY ISH №1 
O`LCHOV VOSITALARINING TUZILISHI VA ULARNI O`RGANISH 
(TURLI XIL MIKROMETRIK VA SHTANGEN O’LCHOV ASBOBLARI 
MISOLIDA) 
Ishning maqsadi: Nazorat qiluvchi asboblar: shtangensirkullar, mikrometrlar 
va indikatorlarning asosiy xarakteristikalarini o’rganish. 
Ishni bajarish uchun kerakli material va jihozlar. 
1. Amaliy ishni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar. 
2. O’lchov asboblarining sxemalari keltirilgan plakatlar. 
3. O’lchov asboblari to’plami (shtangenasboblar 2-3 turdagi, mikrometrlar va 
soat tipidagi indikator) 
4. Nazorat qilinadigan detallar. 
Topshiriq: 
1. O’lchov asboblari va priborlarining asosiy qurilmalarini o’rganish. 
2. Berilgan o’lchov asboblarining metrologik parametrlarini tavsiflash va 1.1-
jadvalni to’ldirish. 
3. Priborlar tuzilish sxemalarini chizish. 
Nazariy ma’lumotlar 
«Shtangenasbob» umumiy nomlanishda o'ichov vositalarining katta guruhi 
birlashgan bo'lib, ular chiziqli o'lchamlarni o'lchash uchun mo'ljallangan. 
Shtangen asboblarga keng tarqalgan shtangensirkullar, shtangenreysmuslar 
va shtangenchuquro'lchagichlar kiradi (1.1.-jadval). 
1.1–jadval. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Shtangenasboblarning tavsifi 
O'lchash vaqtida nonius qurilmasi bo'yicha hisoblash asosiy shkalada 
millimetrning kasr ulushlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Noniusning nol shtrixi 
ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi, bo'linmaning ulushlari esa nonius shtrixlaridan 
binning asosiy shkala shtrixiga to'g'ri kelishi bilan aniqlaniladi (1.1–rasm, b). 
 
1.1–rasm. Shtangenasboblarning nonius shkalalari (a va b), ShTs-I (v); ShTs-
II(g), shtangensirkullari, shtangenreysmus (d), ' shtangenchuquro 'Ichagich (e). 
Shtangenasbob xatosi tekshirishda aniqlaniladigan xatolik, odatda hisoblash 
miqdoridan oshmaydi. O'lchash xatoligi, odatda ancha katta bo'lib, tashqi 
diametrlarni o'lchashda ikki va ichki diametrlarni o'lchashda uch hisoblash 


miqdorini tashkil etadi, katta o'lchash xatoligining asosiy sababi parallaks hisobiga 
paydo bo'luvchi o'qish xatoligidir, shtangen sirkullarda qo'shimcha yana Abbe 
prinsipiga amal qilmaslikdan xatolik yuzagakeladi. 
Parallaksdan xatolik paydo bo'lishiga sabab shuki, chizg`ich shkalasi va 
nonius bir tekislikda joylashmagani uchun operator ko'zining har xil burchak ostida 
qaraganida shtrixlarning ko'rinuvchi nisbiy siljishi kuzatiladi. 
Kuzatuvchining ko'zi to'g'ri (A nuqtada) joylashganda a va b shtrixlar, xuddi 
AS nur kabi (1.2–rasm, a) bir tekislikda yotishi kerak. Kuzatuvchining ko'zi F 
nuqtaga siljiganda hisoblashda xato yuzaga keladi: 
 
1.2–rasm. Hisoblashda xatoliklarningpaydo bo'lishi. 
AO
OC
AB
x



(1) 
OS ning qiymati ko'rsatkich shtrixi (nonius shkalasi) bilan asosiy shkala 
shtrixi orasidagi masofa (u) ga bog'liq. Agar kuzatuvchining ko'zi 250 mm masofa 
(me'yoriy masofa) da joylashgan deb hisoblasak va tajribaga ko'ra AV qiymati 30 
mm ga teng deb aniqlasak, unda 

x (min) qiymati taxminan 0,12u ga teng bo'ladi. 
Parallaksdan xatoni kamaytirish uchun kuzatishni shkala tekisligiga 
perpendikulyar qilib olib borish kerak. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling