Amaliy ish №1 O`lchov vositalarining tuzilishi va ularni o`rganish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалиёт №1 b9795e7fd434f5f68cfc285605ef2256
Indikatorli icho
lchagichlar mahsulotlarning ichki o'lchamlarini taqqoslash usuli bilan o'lchash uchun mo'ljallangan eng ko'p tarqalgan asboblardir. Ularni bo'linish qiymatlari 0,01 mm (GOST 868–82); 0,001 va 0,002 mm (GOST 9244– 75) bilan ishlab chiqariladi. 1.4–rasm. Indikatorii icho'lchagich. Icho'lchagichning tuzilishi 1.4–rasmda keltirilgan. Icho'lchagichning 11 tanasida 8 vtulka o'rnatilgan, unga esa bir tomondan 10 siljimas o'lchov tayoqchasi ikkinchi tomondan esa siljiydigan 1 tayoqcha buralgan, 1 tayoqcha 2 o'qqa mahkamlangan 12 dastakka ta'sir etadi. Siljimas 10 tayoqchaning holati qotirish gaykasi 9 bilan belgilanadi. Quvr 4 ichida shtok joylashgan, u soat tipidagi indikatorning 6 o'lchash tayoqchasi vaspiral 5 prujinabilan pastga siqiladi. Shtok 3 sharikli tayanch 7 orqali 12 dastakka ta'sir etadi, u esa 1 siljish tayoqchasini eng chekka chap holatga surib talab qilingan o'lchash kuchini ta'minlaydi. Markazlashtiruvchi 13 ko'prikcha ikkita 14 prujinalar bilan icho'lchagich o'qi bilan teshikning diametrial tekisligini mos tushishiga xizmat qiladi. O'lchash vaqtida icho'lchagich teshikka to'rt nuqta bilan urinadi, ya'ni uchta siljiydi-gan va bitta siljimaydigan. Nazorat qiluvchi teshikning o'lchamiga bog'liq ravishda kerak bo'ladigan siljimas o'lchash tayoqchasi tanlanadi va icho'lchagich tanasiga burab 9 gayka yordamida mahkamlanadi. Bunda siljish tayoqchasi 1 dagi belgi vtulka 8 ning yoni bilan to'g'ri kelishi kerak. Icho'lchagich nominal o'lchamga o`rnatish halqasi yoki qisqichga biqinlar bilan yig'ilgan uch o'lchovlar to'plami yordamida sozlanadi. Icho'lchagichni o'ngga chapga harakatlantirib topilgan strelkaning maksimal og'ishida shkalaning noli indikator strelkasiga keltiriladi. Icho'lchagich o'lchanayotgan teshikka markazlashtiruvchi ko'prikchani siqqan holda sekinlik bilan kirgiziladi. Icho'lchagichga 1.4–rasmda punktir bilan ko'rsatilgandek holatni berib (soat tipidagi indikator shartli ravishda 90° ga aylantirilgan) soat tipidagi indikatorning eng katta og'ishini topamiz va o'lchashni bajaramiz, bunda agar indikator strelkasi noldan o'ng tomonga siljisa (haqiqiy, ya'ni real o'lcham nominaldan yoki o'rnatilgandan kichik) og'ish "minus" ishora bilan olinadi va agar strelka nol belgiga yetmasa (haqiqiy o'lcham nominaldan katta) og'ish "plyus" ishora bilan olinadi. O'lchanayotgan teshikning diametri, uzunlikmng yassi-parallel uch o'lchovlari nominal o'lchamlari blokining algebraik yig'indisiga teng va icho'lchagich shu o'lchamga sozlangan bo'lib, soat tipidagi indikatorning noldan farqlanishi ham shu o'lchamga nisbatan qaraladi. 1.4–rasmdagi indikator strelkasi nolda turibdi, demak teshikning diametri (UYaPUO' bloki) nominal o'lchamiga teng. Shuni eslatib o'tish kerakki nolga sozlanayotgan soat tipidagi indikatorning katta strelkasi 1,2 marta aylantirilib taranglik berilishi kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling