O'lchamni o'lchash uchun oldin shtangensirkul
artiladi va tekshirib
lablarining zararlanmaganligi aniqlanadi. Nonius shkalasining nolinchi chizig'i
shtanga shkalasining nol chizig'i bilan mos tushishi shart hamda o'lchovchi lablari
orasidagi tirqish 0,01 mm dan oshmasligi kerak. O'lchash quyidagicha bajariladi: 5
va 6 vintlar bo'shatilib lablar o'lchanuvchi detalga tekiziladi. Siljima 7 ramkaning 6
vinti qisiladi va 9 gayka aylantirilib 4 ramkani 3
lablari bilan detalga
yaqinlashtiriladi va tegishi bilan 4 ramkani 5 vint
bilan mahkamlab noniusdan
asbobning ko'rsatishi o'qiladi.
Shtangenreysmus (1.1–rasm)
mahsulot balandliklarini, bo'rtmalarini,
belgilashlar ishlarda o'lchash uchun mo'ljallangan. U asosi 6
va unga
mahkamlangan 5 shtanga, hamda unda siljuvchi ramka 4 va siljuvchi mikromatrik
ramka qurilmasidan iborat. Ramkachaga xomut va 2
qisuvchi vint bilan
almashinuvchi belgilash oyoqchasi 3 yoki o'lchovchi oyoqcha 1 (balandliklar va
chuqurchani aniqlash uchun) mahkamlanadi.
Shtangenchuquro
lchagich
(1.1–rasm)
chuqurliklar
va
mahsulot
balandliklarini o'lchashga mo'ljallangan.
Mikrometrik
asboblarga
yalpoq
mikrometrlar,
mikrometrik
chuquro'lchagich va icho'lchagichlar, hamda tish o'lchagich mikrometrlar (2.1–
jadval) kiradi. Bu o'lchash vositalarining prinsipial sxemalarida
mikrometrik vint
va siljimas gaykadan tashkil topgan mikrometrik juft qo'llanadi.
Detallarni
o'lchashda gaykacha mikrovintning 360° aylanishi uni mikrovintda o'qbo'yicha 0,5
mm siljishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: