Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1489404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 9 DTT

Xaydash klapanlari – purkash jarayoni tugagandan so‘ng forsunkadan 
plunjer juftligiga yoqilg‘i orqaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Undan tashqari 
xaydash klapani keskin yopilganda yuqori bosimli quvurchalarda va forsunkalarda 
tegishli bosim saqlanib qolishini ta’minlaydi. 
Plundjer juftligi tomonidan yoqilg‘i xaydalgandan so‘ng, quvurchalardan 
forsunka tomonga yuqori bosim to‘lqini tarqaladi va bu bosim forsunkani ignasini 
ochadi. Agar bungacha u erda avvaldan tegishli bosim saqlanib qolinmagan bo‘lsa, 
unda yoqilg‘i tarqatish tezligi bir necha marta kam bo‘ladi. 
Xaydash klapanlari qo‘ziqorinsimon, zolotnikli va ikki tarafga ta’sir qiluvchi 
turlariga bo‘linadi. 
Forsunkalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-silindrni yonish kamerasidagi siqilgan havoga YUBEN seksiyasidan 
keltirilgan tegishli miqdordagi yoqilg‘ini purkash; berilayotgan yoqilg‘ini o‘z-
o‘zidan yonishiga sarflanadigan vaqtni kamaytirish hamda to‘liq yonishi uchun 
mayda zarrachalarga bo‘lib tashlash; yonish kamerasidagi havo xajmida yoqilg‘i 
zarrachalarni bir tekisda taqsimlash; yoqilg‘i purkashni keskin boshlab, jarayonni 
keskin tugatish. 
Forsunkalar o‘ta qiyin sharoitlarda ishlaydi. YOnish kamerasida xarorat 
700…900
0
K bo‘lganda purkash boshlanib, xarorat 2000
0
K ga etganda yoqilg‘i 
xaydash to‘xtatiladi. 
Forsunkalar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq forsunkalar yoqilg‘ini 
doimiy berilishini ta’minlaydi. Dizellarda yonish kameraga faqat yoqilg‘i berilgan 


12 
paytda ochiladigan yopiq forsunkalar qo‘llaniladi. YOpiq forsunkalar bir va ko‘p 
teshikli bo‘ladi. Bir teshikli forsunkalar uyurmali, ko‘p teshikli forsunkalar esa 
ajratilmagan yonish kamerali dizellarda qo‘llaniladi. 
Traktor dizellarida ignali, mexanik yopiladigan, ko‘p teshikli to‘zitkich 
o‘rnatilgan forsunkalar keng tarqalgan. 
YOqilg‘i yuqori bosimli quvurchadan shtutser 8 ga (9-rasm) o‘rnatilgan filtr 7 
dan o‘tadi. Qulflash ignasi 1 to‘zitkichni asosiga o‘rnatiladi. Ignani pastki diametri 
yuqori diametrga nisbatan kichikroq qilib tayyorlanadi.
YOqilg‘i forsunkaga xaydalganida bo‘shliq 3 da igna 1 ni yuqoriga
ko‘tarishga xarakat qiladigan kuch paydo bo‘ladi. Bu kuchga, ignaga shtanga 15 
orqali ta’sir qilayotgan prujina 14 ni dastlabki kuchi ta’sir qiladi. Bo‘shliq 3 dagi 
yoqilg‘i bosimi 16…30 MPa ga etganidan keyin uni kuchi prujina 14 ni kuchidan 
kattaroq bo‘ladi va igna 1 ko‘tarila boshlaydi. Ignani maksimal ko‘tarilish balandligi 
0,3…0,4 mm ni tashkil qiladi. 
YOqilg‘i to‘zitgich bo‘shlig‘idan qulflash konusi 21 orqali o‘tib, teshikcha 20 
lar orqali yonish kamerasiga purkaladi. To‘zitkichdagi teshikchalar soni to‘rttadan 
sakkiztagacha bo‘lib, ularni diametri 0,2…0,35 mm chegarasida bo‘ladi. 
Prujina 14 ni dastlabki siqilishi forsunkani yig‘ilishida bajarilib, foydalanish 
jarayonida stakan 13 ga burangan va gayka 12 bilan stoporlangan vint 10 orqali 
rostlanadi. Stakan 13 ga qistirma 9 orqali qopqoq 11 burab qo‘yiladi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling