Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Ishlab bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish tizimi


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1489404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 9 DTT

Ishlab bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish tizimi 
 
Xarorati 600…800
o
S bo‘lgan gazlar silindr tashqi muxitga yuqori tezlikda 
chiqarilib dvigatellarni shovqinligini asosiy sababchisi xisoblanadi. Undan tashqari 
traktor va avtomobillar qishloq xo‘jaligida o‘rim-yig‘im ishlarida band bo‘lganida 
yong‘inni sababchisi bo‘lishi mumkin. 


15 
10-rasm. D-240 rusumli traktor dizeli rostlagichini ishlash sxemasi 
I-dizelni yurgazib yuborishda richaglar va yuklarni xolati; II-dizelni salt yurishda, ya’ni tirsakli 
valni maksimal aylanishlar chastotasidagi richaglar va yuklarni xolati; III-dizel tirsakli valini 
nomanal aylanishlar chastotasidagi richaglar va yuklarni xolati; IV-dizelni o‘ta yuklanishida 
richaglar va yuklarni xolati; 1-mufta; 2-yuklar; 3-korrektor prujinasi; 4-rostlagich richagi prujinasi; 
5-boyitgich prujinasi; 6-YUBEN reykasi; 7-tortqi; 8-prujina; 9-korrektor shtoki; 10-shpilka; 
11-tirsakli valni nominal aylanishlar chastotasini rostlaydigan bolt; 12-korrektor asosi; 13-oraliq 
richag; 14-asosiy richag; 15-boshqarish richagi; 16-tirsakli valning maksimal aylanishlar 
chastotasini rostlagich bolti 
Ishlab bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish tizimi quyidagi qismlardan iborat: 
chiqarish kollektori, turbokompresorni gaz turbina qismi (agar o‘rnatilgan bo‘lsa), 
chiqarish quvuri, so‘ndirgich va xavo tozalagichdan changni so‘rish ejektori. 
So‘ndirgichlarda shovqinni kamaytirish uchun ikki usul qo‘llaniladi: 
dissipativ va reaktiv. Dissipativ usuli shovqin energiyasini issiqlik energiyasiga 
aylantirish usuliga asoslangan. Bu jarayon gazlarni maxsus to‘siqlardan o‘tkazilishi 
natijasida uni oqimini maydalashtirib pulsatsiyasini kamaytiriladi. Reaktiv usulida 
ishlab bo‘lgan gazlar qashyor, turli xajmdagi akustik kameralardan o‘tib tezligi 
kamayadi va bu xisobiga shovqini so‘ndiriladi. 
KamAZ avtomobilida ishlab bo‘lgan gazlarni motor tormozida xam 
foydalaniladi. Avtomobilni dvigatel yordamida tormozlanganida chiqarish 
kollektoridagi to‘siq ishlab bo‘lgan gazlarni tashqi muxitga chiqarilishni to‘xtatadi, 


16 
bu tadbir silindr ichidagi xarakatlanayotgan porshenga qarshilik ko‘rsatadi. Bu xolat 
sodir bo‘layotganida dvigatelga yoqilg‘i uzatish avtomatik ravishda to‘xtatiladi. 
Qishloq xo‘jalikda ishlatiladigan avtomobillarda albatta uchqun so‘ndirgich 
o‘rnatiladi. Uchqun so‘ndirgich qizigan qurum zarrachalarni so‘ndirgichni to‘siqlari 
va devorchalarga o‘rilishi natijasida issiqlik energiyasi nisbatan sovuqroq 
devorchalarga o‘tkazilib so‘ndiriladi. 
Ishlab bo‘lgan gazlarni so‘ndirgichi turli prinsipda ishlashi mumkin. 
Kombinatsiyalangan so‘ndirgichlar keng tarqalgan bo‘lib ularda tirqishli faol 
so‘ndirish bilan birga rezonatorli kameralar xam qo‘llaniladi. Gazlar ular orqali 
o‘tishi natijasida tezligini yo‘otadi, bu o‘z navbatida shovqin bosim darajasini 
kamaytiradi. Ushbu turdagi so‘ndirgich teshikli xamda to‘siqli quvurdan va uni 
o‘rab turgan kengayish kameradan iborat. 
Ejektorga xavo tozalagichdan so‘riladigan quvurcha kiritib qo‘yilgan 
ejektorni yuqorisidagi uchiga sharnirli qopqoq o‘rnatilgan. Dizel ishlamaganida u 
yopilib tashqi muxitdan turli jismlarni kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling