Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish


YUqori bosimli yoqilg‘i nasosi (YUBEN)


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1489404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 9 DTT

YUqori bosimli yoqilg‘i nasosi (YUBEN) korpusi traktor dizelllarida 
alyuminiy aralashmasidan tayyorlanadi va barcha yoqilg‘i etkazib beradigan 
seksiyalar bir asosda joylashtirilgan bo‘ladi. 
YUBEN ni xar bir seksiyasi yuqori bosimli yoqilg‘i o‘tkazish quvurchalar 
orqali dizel silindrlariga o‘rnatilagan forsunkalar bilan bog‘langan. YUBEN ni bitta 
seksiyasini elementlari 8-rasmda ko‘rsatilgan. 
YOqilg‘iga katta bosim beruvchi seksiyani elementi – plunjer juftligidir.
Plunjer juftligi plunjer 5 va vtulka 2 dan iborat. Bu detallar yuqori sifatli po‘latdan 
tayyorlanib, ularning orasidagi tirqish 3…5 mkm ni tashkil qiladi. Plunjar juftligi 
pretsizion bo‘lib faqat birgalikda almashtiriladi. Vtulka bo‘shlig‘i 4 ta kiritish teshigi 
3 orqali yoqilg‘i kanal 1 dan keltiriladi, yoqilg‘i xaydalib bo‘lganidan so‘ng bo‘shliq 
4 dagi yoqilg‘i teshik 23 dan umumiy kanal 23 ga to‘kiladi. Vtulkani yuqori uchiga 
shtutser 27 ni egari 24 prujina 28 yordamida siqib qo‘yilgan. SHtutserni konussimon 
sirti 29 ga yuqori bosimli qovurchani bir uchi maxkamlangan (ikkinchi uchi 
forsunkaga maxkamlanadi). Plunjerni xalqasimon o‘yiqchasi 10, uning bo‘ylama 
tirqishlaridan sizib tushgan yoqilg‘ini qayta kiritish teshikchasiga keltiriladi. Valik 
21 aylanganida kulachok 20 rolik 16 ga ta’sir qiladi. turtqiga burab qo‘yilgan 
rostlash bolti 13 kontrgayka 14 orqali maxkamlangan va plunjerni uchiga tiralib uni 
yuqoriga ko‘taradi. Plunjerni pastga qaytib tushishini (kulachok yana aylanishi 
natijasida) tarelka 12 orqali prujina 11 yordamida bajariladi. 
Plunjerning yuqoriga ko‘tarilishi boshlanishida yoqilg‘i bo‘shliq 4 dan kiritish 
teshiga 3 orqali kanal 1 ga qayta siqib chiqariladi. Plunjerni yuqorisidagi uchi teshik 
3 ni berkitgandan so‘ng bo‘shliq 4 daga bosim orta boshlaydi, buning natijasida 
klapan 25 prujina 28 qarshiligini engib yuqoriga ko‘tariladi va uning radial 
teshigidan yoqilg‘i shtutser 27 ni bo‘shlig‘iga keltiriladi. Teshik 30 dan yuqori 
bosimli quvurchalardan yoqilg‘i 1500 m/s tezlik bilan forsunka tomon intiladi. Bu 
bosim ta’siridan forsunkani ignasi ko‘tarilib yoqilg‘i silindrning yonish kamerasiga 
purkaladi. Purkalash yuqoriga ko‘tarilayotgan plunjer vtulkadagi chiqarish teshigi 
23 ni vintli kemtigi bilan ochmagunigacha davom etadi. SHundan keyin yoqilg‘i 
bo‘shliq 4 dan plunjerni 6 va 7 teshiklari va uning sirtidagi kannal 8 oqali avval 23 
teshikka, undan keyin esa kanal 22 ga oqib ketadi. Bo‘shliq 4 da, yuqori bosimli 


10 
quvurchada va forsunkada yoqilg‘i bosimi keskin kamayadi. Natijada forsunkadagi 
igna prujina ta’sirida yopiladi. Klapan 25 prujina 28 tomonidan egar 24 o‘tirib 
forsunkaga yoqilg‘i yuborishni to‘xtatadi. Forsunka tomonidan yoqilg‘i purkash bir 
necha milli sekundni tashkil qiladi. 
8-rasm. YUBEN ning bir seksiyasini elementlari 
1-kanal; 2-vtulka; 3-vtulkaning kiritish teshigi; 4-yoqilg‘i xaydash xajmi; 5-plunjer; 6-
plunjerni bo‘ylama kanali; 7-plunjerni radikal teshikchasi; 8-plunjerni o‘yiqchasi; 9-vintli 
kemtik; 10-plunjerni xalqasimon o‘yiqchasi; 11-prujina; 12-prujina tarelkasi; 13-turtqini uzunligini 
rostlash bolti; 14-kontrgayka; 15-turtqi; 16-rolik; 17-bronzadan tayyorlangan vtulka-podshipnik; 
18-rolik o‘qi; 19-asos; 20-kulachok (mushtcha); 21-valik; 22-umumiy kanal; 23-chiqarish 
teshigi; 24-xaydash klapanining egari; 25-xaydash klapani; 26-xaydash klapanining xalqasi; 27-
shtutser; 28-xaydash klapan prujinasi; 29-shtutser konusining sirti; 30-shtutserni teshikchasi; 31-
seksiya asosi; 32-xaydash klapanining silindrik belbog‘i; 33-korrektorlash teshikchasi; 34-
shtutser xajmi; 35-segmentlar; 36-gilza; 37-plunjer krestovinasi; 38-gilzaning ko‘ndalang 
o‘yiqchasi; 40-xomut; 41-reyka; 42-povodok; 43-o‘yiqchalar; 44-shariklar; 45-ugolnik; 46-
asos; 47-boltlar; 48-shtiftlar; 49-yoysimon o‘yiqchalar; 50-buraluvchi gilza; 
Traktorning tezligini oshirish yoki qarshilikni engish uchun dizel silindrlariga 
purkalanayotgan yoqilg‘i miqdorini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Odatda bu jarayon 
plunjerni vintli kemtigi 9 ni vtulkadagi chiqarish teshigiga nisbatan joylashish 
holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, plunjerni soat miliga qarshi tomonga burilsa vintli 
kemtik 9 orqali teshik 23 ni ochilishi qiyinroq bo‘ladi, shunda forsunka tomon 
xaydalayotgan yoqilg‘i dozasi ortadi. 
Plunjerni burash odatda vtulka 2 ustiga kiydirib qo‘yilgan gilza 36 orqali 
bajariladi. Gilza 36 ni pastki qismida ko‘ndalang tuynukcha 38 mavjud. Plunjerni 
krestovinasi 37 yshbu tuynukcha bo‘yicha siljiydi. Gilzani burilishi xomut 40 
yordamida bajariladi. Xomutning sektori barcha seksiyalarga umumiy bo‘lgan reyka 


11 
41 ning tishlariga kirib turadi. Reykani xaydovchi yoki rostlagich tomonidan 
bajarilgan ilgarilama – qaytma xarakati – xomutni, gilza va krestovinalarni 
buralishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida yoqilg‘i dozasini oshirish yoki 
kamaytirishga imkon beradi. 
Berilayotgan yuklamaga yoki bajarilayotgan jarayonga nisbatan dizel turli 
miqdordagi quvvatga ega bo‘lishi kerak, bu o‘z navbatida avval berilayotgan 
yoqilg‘i miqdoriga, uning yonish sifatiga va purkash paytiga bog‘liq bo‘ladi. 
SHuning uchun ta’minlash tizimidagi yoqilg‘i purkash qismi quyidagi talablarni 
bajarishini ta’minlashi lozim: purkash katta bosim ostida bajarilishi; bir siklda 
beriladigan yoqilg‘ini rostlanishi mumkinligi; yoqilg‘ini silindrga purkash payti 
rostlanish mumkinligi. 
Ushbu barcha talablarni YUBEN plunjer juftligi bajaradi. Plunjer juftligi bu 
porshenli gidravlik nasos bo‘lib ikkita qismdan iborat bo‘ladi: plunjer va vtulka. 
Soz plunjer juftligi 50…70 MPa bosimni ta’minlaydi. Plunjer yuqoriga 
ko‘tarilishi xaydash klapanni ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va yoqilg‘i yuqori bosimli 
quvurchalar orqali forsunka tomon intiladi – bu xolat yoqilg‘i xaydashni davom 
etishini bildiradi. 
Plunjerni yanada yuqoriga xarakatlanishi uning vintli kemtigi tomonidan 
chiqarish teshigini ochilishiga olib keladi. Bunda yoqilg‘i plunjerni bo‘ylama 
teshigi va vintli kemtik orqali chiqish teshigidan oqib ketadi bosim keskin kamayadi. 
Xaydash klapani o‘z egariga o‘tiradi. Plunjer yuqoriga xarakatlanishini davom 
ettirsa ham yoqilg‘i forsunka tomon xaydalmaydi, chunki chiqish teshigi ochiq 
bo‘lib undan yoqilg‘i chiqib ketadi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling