Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Aylanish chastotasini rostlagichlari


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1489404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 9 DTT

Aylanish chastotasini rostlagichlari 
Traktor va avtomobillarni ishlashi jarayonida dvigatelga mashina tomonidan 
ta’sir qilayotgan yuklanish o‘zgaruvchan bo‘ladi. YUklanish erning sharoiti, 
yo‘lning relefi va boshqa sabablarga ko‘ra katta qamrovda o‘zagaradi. 
Dvigatelga ta’sir qilayotgan yuklanishni o‘zgarishi uning tirsakli valining 
aylanishlar chastotasini o‘zgarishiga olib keladi. Traktor va avtomobil tezligini bir 
me’yorda ushlab turish uchun dvigatelga ta’sir qiladigan yuklanish o‘zgarganda 
silindrlarga uzatilayotgan yoqilg‘i miqdori ham o‘zgarishi kerak. 


13 
9-rasm. YOpiq turdagi forsunka 
1-igna; 2, 9-qistirma; 3-bo‘shliq; 4, 5-teshikchalar; 6-zichlash qistirmasi; 7-filtr; 8-shtutser; 
10-rostlash vinti; 11-qopqoq; 12-stopor gaykasi; 13-stakan; 14-prujina; 15-shtanga; 16-
forsunka asosi; 17-o‘rnatish shtifitlari; 18-to‘zitkich; 19-pastki qism; 20-teshikchalar; 21-
qulflash konusi; 22-igna ostidagi xajm. 
Belgilangan tezlik rejimini bir tekisda ushlab turish maxsus rostlagich 
yordamida bajariladi. Dizellarni aylanishlar chastotasini rostlagichi odatda 
YUBYON bilan birga maxkamlanib qo‘yiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi: 
tashqi muxit xarorati past bo‘lganda hamda dvigatelni engil yurgazib yuborish 
uchun yoqilg‘i miqdorini yshbu xolatlarda 1,5…2 marta oshirib beradi; dvigatelni 
ishlash sharoitigacha qizdirish vaqtida hamda mashinani vaqtincha to‘xtatib 
turilganda dizelni minimal turg‘un aylanishlar chastotasida ushlab turadi; xaydovchi 
tomonidan richag orqali belgilangan mashina tezligini uning xarakatlanishiga 
qarshilik o‘zgarsa ham ushbu xolatda ushlab turadi; dizelni maksimal belgilangan 
aylanishlar chastotasini cheklab turadi. 
Rostlagichlar ikki, uch va barcha rejimlilarga bo‘linadi. 
Traktor dizellarni yuklanish tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitda ishlaydi, 
shuning uchun ularda xam barcha rejimli rostlagichlar qo‘llanadi. Ushbu 
rostlagichlarni asosiy xususmiyatlaridan biri – boshqarish richagi bilan YUBEN 
reykasi orasida bevosita bog‘lanish yo‘qligi. 
Dizel yurgazib yuborilganda richag 15 ni bolt 16 teggungacha buraladi (10-
rasm, I). Bunda richag 4 va boyitkich 10 prujinalarini cho‘zadi. Prujina 8 asosiy 


14 
richag 14 ni bolt 19 ga siqib qo‘yadi, prujina 10 esa oraliq richag 18 ni tortqisi 14 
hamda nasos reykasi 11 ni chap tomonga siljitadi va shu bilan yoqilg‘i uzatishni 
oshiradi. 
Dizel yurgazib yuborilgandan keyin va tirsakli valning aylanishlar chastotasi 
oshgandan so‘ng yuk 2 larni markazdan qochma kuchi prujina 10 ni kuchini engib 
mufta 1 va richag 13 ni o‘ng tomonga siljitadi, bu esa yoqilg‘i uzatishni kamaytiradi. 
Dizelni salt yurishda nominal aylanishlar chastotasi bilan ishlaganida 
dvigatelga xech qanday yuklanish ta’sir qilmaydi, bunda richag 15 (10-rasm, II) bolt 
16 ga tiralib turadi. YUk 6 larni markazdan qochma kuchlari prujina 8 kuchi bilan 
muvozanatlanadi, oraliq richag 13 esa asosiy richag 14 ga birlashib ikkalasi bitta 
richagga o‘xshab xarakatlanadi va nasos reykasi 6 ni tegishli yoqilg‘i uzatish 
xolatiga o‘rnatadi. 
Dvigatelga ta’sir qilayotgan yuklanish oshirilishida tirsakli valning aylanishlar 
chastotasi kamayadi, binobarin yuklarning markazdan qochma kuchlari ham 
kamayadi. Richag 14 va 13 lar, prujina 8 ta’sirida reyka 6 ni chap tomonga siljitadi 
va yoqilg‘i uzatishni oshiradi. 
Dizel tirsakli valning nominal aylanishlar chastotasida richag 14 (10-rasm, III) 
bolt 19 kallagiga juda yaqin keladi. Dizel tirsakli valini maksimal, nominal va ular 
oralig‘idagi aylanishlar chastotasi bilan ishlaganida korrektor shtogi 9 prujina 3 ni 
siqib asos 12 ichiga joylashib qoladi. 
Agar dizel tirsakli valining aylanishlar chastotasi yuklanish oshishi natijasida 
nominal aylanishlar chastotasidan kamroq bo‘lib qolsa, richag 14 o‘z xolatini 
o‘zgartiradi. Oraliq richag 13 va reyka 11 esa (10-rasm, IV) korrektor prujinasi 3 
ta’sirida chap tomonga siljiydi va avval uzatilayotgan yoqilg‘i miqdorini oshirib
dizelga vaqtincha ta’sir qilayotgan yuklanishni dvigatelni burovchi momentini 
oshirish xisobiga engadi. 
Dizelni to‘xtatish uchun richag 15 ni traktor xarakat yo‘nalishi bo‘yicha 
oldinga surib qo‘yiladi. Bunda richag 4 prujina 8 orqali asosiy richag 14 ni shpilka 
10 ga tiralgungacha siljitadi. Richag 14 ni bolt orqali richag 13 bilan bog‘langanligi 
sababli nasos reykasi 6 o‘ng tomonga, ya’ni yoqilg‘i uzatishni to‘xtatgungacha 
siljiydi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling