Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1489404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 9 DTT

Turbokompressorlar 
 
Dvigatelni quvvati asosan bir sikl ichida silindrda yonishi mumkin bo‘lgan 
yoqilg‘i miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. YOqilg‘ini yonishi esa o‘z navbatda silindrga 



kiritilayotgan havo miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Turbokompressor silindrga 
kiritilayotgan havo massasini siqish yo‘li bilan ko‘paytiradi. Buning natijasida 
turbokompressor o‘rnatilgan dvigatellar quvvati 20…50% gacha oshirilishi mumkin. 
Traktor va avtomobil dizellaridagi turbokompressor kompressordan va uni xarakatga 
keltiruvchi gazli trubinadan iborat. Odatda traktor dizellarida havoni siqish uchun 
markazdan qochma kompressorlar qo‘llaniladi. 
Turbokompressorni asosiy elementlari quyidagilardan iborat: rotor, u o‘z 
navbatida val 12 ga maxkamlangan kompressor 2 va turbina 9 g‘ildiraklaridan (2-
rasm); kiritish qismi mavjud kompressor asosi 3 dan; diffizor 4 dan va havo qabul 
qilgichdan; gaz keltiruvchi kanal 7 li turbina asosidan; yo‘naltiruvchi apparat 6 dan; 
chiqish qismi 8 dan va podshipnikli asos 6 dan. Kiritish qurilmasi havoni ishchi 
g‘ildiragiga ravon kirishini ta’minlaydi. 
2-rasm. Turbokompressor qurilmasi 
1-gayka; 2-ishchi g‘ildirak; 3-kompressor asosi; 4-diffuzor; 5-podshipniklar asosi; 6-yo‘naltiruvchi 
apparat; 7-gaz kirituvchi kanal; 8-chiqarish qismi; 9-turbina g‘ildiragi; 10-issiqlik 
o‘tkazmaydigan ekran; 11-salniklar; 12-val. 
Kompressorni ishchi g‘ildiragi 2 da, rotorni aylanishi natijasida hosil bo‘lgan 
mexanik ish, havoni oqimi kinetik energiyasiga aylantirib beriladi. Kompressor 
g‘ildiraklari alyuminiy qotishmalardan quyish usuli bilan tayyorlanadi. Juda kata 
aylanish chastotasi bilan ishlaganligi uchun g‘ildirak rotordan alohida 
muvozanatlanadi (balansirlanadi) va valga gayka 1 yordamida maxkamlanadi. 
Diffuzor 4 havo oqimi kinetik energiyasini qisman bosimga ham aylantirib 
berishga xizmat qiladi. Zamonaviy turbokompressorlarda parraksiz diffuzorlar 
qo‘llash tobora keng tarqalayapti. 
Turbinali gaz kirituvchi asos 7, dvigatelni chiqarish quvuridagi gazni 
yo‘naltiruvchi apparat 6 ga ravon kiritish va uni aylana bo‘yicha taqsimlanishini 
ta’minlaydi. 
Yo‘naltiruvchi apparat 6 gazning potensial energiyasini kinetik energiyaga 
aylantirib berish uchun xazmat qiladi. 



Trubina g‘ildiragi 9 da gazni energiyasini rotorni mexanik aylanish 
energiyasiga o‘zgartirib beradi. Bu g‘ildirakni aylanish chastotasi 100000 min
-1
dan 
ortiq bo‘lganligi va 300
0
issiqlik muxitida ishlaganligi sababli uni vakuumda sifatli 
materialdan quyish usulida tayyorlanadi. 
Dvigatellarga havoni puflab berish ikki usul bilan bajarilishi mumkin: 
majburiy – havo silindrlarga xarakatni tirsakli valdan oladigan nasos orqali kiritiladi; 
gaz turbinali – havo silindrlarga xarakatni gaz trubinadan oladigan nasos orqali 
kiritiladi, Trubina esa xarakatni silindrlardan chiqib ketayotgan gazlardan oladi. 
KamAZ, GAZ avtomobillarining dizellarida o‘rnatiladigan TKR-7 turbinali 
kompressorini tuzilishi va ishlashi 3-rasmda keltirilgan. Trubinali kompressor nasos 
1 va trubina 5 li g‘ildiraklardan iborat bo‘lib dvigatelga maxkamlanadi. 
3-rasm. TKR-7 rusumli trubinali kompressor 
a-tuzilish sxemasi; b-ishlash sxemasi; 1-kompressor g‘ildiragi; 2-yo‘naltiruvchi apparat; 3-
fiksator; 4-trubina asosi; 5-trubina g‘ildiragi; 6-issiqlik o‘tkazmaydigan ekran; 7,9-asoslar; 8-
zichlash xalqasi; 10-rotor vali; 11,12-GTM ni kiritish va chiqarish klapanlari. 
Ish bajarib bo‘lgan gazlar silindrlardan chiqarish kollektori orqali turbina 
g‘ildiragiga kelib uning valini xarakatlantiradi. Turbina g‘ildiragi bilan bir valda 
o‘rnatilgan nasos g‘ildiragi ham aylanib kirituvchi kollektorga havoni majburiy 
kiritadi. Silindrga majburiy kiritilayotgan havoni bosimiga qarab puflash past (0,15 
MPa gacha), o‘rta (0,22 MPa gacha) va yuqori (0,22 MPa dan ortiq) bo‘ladi. 
Gaz trubinali puflash usulini quyidagi afzalliklari bor: dvigatel quvvati 
puflash darajasiga taxminan proporsional ortadi; dvigatel foydali ish koeffitsienti 
(FIK) 2…5% ga oshadi; solishtirma yoqilg‘i sarfi 3…5 g/kVt soat ga kamayadi.
Kamchiliklari: tizim qimmatlashadi (dvigatelni tannarxidan 10…15% ga); 
turbinali kompressorni qimmatbaho po‘latdan tayyorlanishi; g‘ildiraklarni o‘ta aniq 
balansirlanishligi; katta aylanish sonlarida shovqin bilan ishlashi, havoni silindrlarga 
qizib kirishi.
TKR-7 trubinali kompressori silindrlardagi bosim darajasini 1,6…2,6 marta 
oshiradi. Rotor vali 10da nasosli 1 va trubinali 5 g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Nasos 
g‘ildiragi orqasini zichligi xalqa 8 yordamida bajariladi. Trubina g‘ildiragi 5 maxsus 
issiqlikka chidamli birikmadan, nasos g‘ildiragi 1 esa konstruksion po‘latdan 



tayyorlanadi. Turbinali kompressor quyidagicha nomlanadi: TKR-7 rotorli trubinali
kompressor; 7-nasos g‘ildiragini diametri, sm da. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling