MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI
KARTOGRAFIYA KAFEDRASI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO‘NALISHI
TO‘RTINCHI BOSQICH O‘ZBEK GURUHI
O‘ZBEKISTONDA KARTOGRAFIYA FANIDAN
AMALIY ISH
MAVZU: UMUMGEOGRAFIK XARITALARNI O‘QISH, O‘RGANISH VA
TAHLIL QILISH. TABIIY XARITALARNI O‘QISH, O‘RGANISH VA
TAHLIL QILISH
(SIRDARYO VILOYATI TABIIY XARITASI MISOLIDA)
BAJARDI: TURDALIYEV J.A.
QABUL QILDI: ATABAYEV S.
SIRDARYO-2023
REJA:
Kirish. O‘zbekiston SSR, Qirg‘iziston SSR, Tojikiston SSR, Turkmaniston
SSR atlasi: ta’rifi, tavsifi va bibliografiyasi.
Asosiy qism.
1. Tanlangan hudud tabiiy xaritasini tahlil qilish.
2. Google Earth dasturiy ta’minotida obyektlarni o‘rganish. Xaritaga
solishtirish orqali umumlashtirish darajasini aniqlash.
3. Google Earth dasturiy ta’minotida nuqtalarning balandlik otmetkalarini
olish.
4. ArcGIS dasturida hududning tabiiy raqamli xaritasini ishlab chiqish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar.
O‘ZBEKISTON SSR, QIRG‘IZISTON SSR, TOJIKISTON SSR,
TURKMANISTON SSR ATLASI: TA’RIFI, TAVSIFI VA
BIBLIOGRAFIYASI
Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga
ega bo‘lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to‘plamiga aytiladi.
Аtlas, geografik kartalarning oddiy to‘plami emas, balki bir-biriga bogʼliq
bo‘lgan, bir-birini to‘ldiradigan kartalarning maʼlum bir maqsadga hamda
foydalanish hususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan to‘plamidir.
O‘zbekiston SSR, Qirgʼiziston SSR, Tojikiston SSR, Turkmaniston SSR
atlasi SSSR Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan 1988-yilda
nashr etilgan. Аtlas 1987-yilda 7-sonli kartografiya fabrikasida tuzildi va nashrga
tavsiya etildi. Аtlas turli mashtabdagi o‘ttiz to‘qqizta kartadan iborat bo‘lib, jami
5 ta bo‘limdan iborat. Shunga ko‘ra, atlas mazmuniga ko‘ra umumgeografik
atlasdir. Аtlas keng foydalanuvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan. (1-rasm).
1-rasm. Atlasning muqovasi va yagona legendasi.
Аtlasdagi barcha kartalar uchun yagona legenda o‘rnatilgan. Kartografik tasvirni
tashkil etuvchi geografik elementlar, kartografik proektsiyalar ham bir-biridan
farq qilmaydi. Аtlasda kartaga olinayotgan hududning fazoviy ko‘lamiga qarab
o‘rta va mayda masshtabdagi kartalar uchraydi. Kartadalardagi barcha shartli
belgilar unifikatsiya qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |