Amaliy ish mavzu: umumgeografik xaritalarni o‘qish, O‘rganish va tahlil qilish. Tabiiy xaritalarni o‘qish, O‘rganish va tahlil qilish (sirdaryo viloyati tabiiy xaritasi misolida) bajardi: turdaliyev j


TANLANGAN HUDUD TABIIY XARITASINI


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1470042
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy ish javoblari

TANLANGAN HUDUD TABIIY XARITASINI
TAHLIL QILISH 
Sirdaryo (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tabiiy xaritasi) viloyati tabiiy 
kartasi mazmuniga koʼra umumgeografik karta, masshtabiga obzor, maqsadiga 
koʼra ilmiy-maʼlumotnoma kartasidir. Karta keng foydalanuvchilar 
auditoriyasiga moʼljallangan. 
Matematik asos. Proektsiya, mashtab, koordinatalar toʼri va kompo-novka 
kartaning matematik asosini tashkil etadi. Karta masshtabiga koʼra obzor karta, 
mazmuniga koʼra umumgeografik karta, maqsadiga koʼra esa oʼquv-
maʼlumotnova kartasidir. Karta masshtabi 1:1 000 000 ga teng. Karta 
F.N.Krassovskiyning teng oraliqli konusli proektsiyasida ishlangan. Parallellar va 
meridianlar har ikki gradusdan oʼtkazilgan. Kartada karta masshtabining sonli 
koʼrinishi berilgan. Karta komponovkasi juda sodda koʼrinishga ega. Karta uchun 
atlas uchun oʼrnatilgan yagona legenda oʼrinlidir va ushbu legenda orqali kartani 
oson oʼqiladi. (3-rasm). 
2-rasm. Xaritasining chiziqli va sonli masshtabining chiziqli va sonli ko‘rinishi. 
Gidrografik obyektlar. Xaritada maydonli (dengizlar, ko‘llar va suv 
omborlari) va chiziqli (daryolar, daryo irmoqlari) gidrografik obyektlar 
ko‘rsatilgan. Maydonli gidrografik obyektlarni tasvirlashda maydonli shartli 
belgilardan foydalanilgan. Belgilar kodlashtirish shartiga koʼra analitik, 
kodlashtirish usuliga ko‘ra fonli belgilardar. Maydonli gidrografik obyektlarning 
qirg‘oq chiziqlari chiziqli belgilar usulida tasvirlangan. Qirg‘oq konturlari
asosan, xarita masshtabiga muvofiq generalizatsiya qilingan. Ko‘llar va 
suvomborlarining suv osti relyefi tasvirlanmagan. Hududi moviy rang bilan 
qoplangan. Chiziqli gidrografik obyektlardan daryolar, yirik kanallar va zovurlar 
tasvirlangan. Daryo irmoqlari meandralari nihoyatda nozik tasvirlangan. 



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling