Xaritadagi kartografik tasvirni kosmik suratga solishtirib, konturlar va obyektning
qirg‘oq chiziqlarini kuchli generalizatsiyaga uchraganini ko‘rishimiz mumkin.
Bunda chiziqlarlarning planli va fazoviy o‘rni kuchli o‘zharishga uchragan.
Bunda obyekning planli o‘rni saqlangan va qirg‘oq chiziqlari obyekrning shakli
haqida faqatgina tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Kartografik tasvir
kartometrik xisoblashlar uchun yaroqsizdir.
Xaritada yo‘llarni tasvirlashda ham planli o‘rniga nisbatan kuchli
generalizatsiyaga uchrashni kuzatish mumkin. Quyida Guliston shahriga kiruvchi
va chiquvchi yo‘llarning asosiy yo‘llarning xaritadagi kartografik tasviri (7-a
rasm) va Google Earth dasturiy ta’minotidan xarita
ishlab chiqilgan davrga
nisbatan (1988-yil) olingar suratni ko‘rish mumkin (7-b rasm).
7-rasm. Guliston shahriga kiruvchi va chiquvchiasosiy yo‘llarning xaritadagi
kartografik tasviri (a) va Google Earth dasturiy ta’minotidan 1988-yilga nisbatan
(b) olingan tasviri.
Xarita mayda masshtabda tuzilganligi sababli xarita masshtab va tanlov
kriteriyasi asosida kuchli generalizatsiyaga uchragan. Shu bilan birga, xarita
ishlab chiqilgan davrga nisbatan obyektlarning kontur chegaralari va
maydonlarining qiymat ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar kuzatilgan. Xarita mayda
masshtabda tuzilganligi sababli xarita masshtab va tanlov kriteriyasi asosida
kuchli generalizatsiyaga uchragan.