Amaliy mashg‘ulot -5 Mavzu : Geomorfologik, tektonik, geologik, gidrogeologik va muhandis geologik xaritalar Tayanch so‘z va iboralar


Injener-geologik xaritalash miqyoslari


Download 312.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi312.02 Kb.
#1231671
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot

Injener-geologik xaritalash miqyoslari. Geologik xaritalash miqyosiga qarab: 
kichik miqyosli (1:500000-1:1000000), o‘rta miqyosli 
(1:100000-1:200000), 
yirik miqyosli (1:25000-1:500000) va mukammal turlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik 
xaritalashda yuqoridagi tartibni bitta istisno bilan qabul qilish mumkin, ya’ni hozirgi 
vaqtda mayda miqyosli injener-geologik xaritalash ishlariga ehtiyoj bo‘lmaganligi 
sababli o‘tkazilmaydi. Bu miqyosdagi injener-geologik xaritalar (1:500000 -
1:1000000) mavjud geologik ma’lumotlarni tahlil qilishga asosan xonaki ishlar 
mobaynida tuziladi. Boshqa holatlarda injenergeologik xaritalashning miqyoslar 
bo‘yicha bo‘linishi geologik xaritalashdek qabul qilinadi va ularni o‘rta miqyosli
katta miqyosli, mukammal turlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Shunga mos 
ravishda injener-geologik xaritalar nomenklaturasi saqlab qolinadi (quyida xarita 
nomenklaturasi haqida ma’lumot beriladi). 


O‘rta miqyosli xaritalash katta, nisbatan katta maydonlarda ularning nohiyasi
maydondan kompleks foydalanish masalalarini hal qilish uchun o‘tkaziladi. Bu 
xaritalash natijasida qurilish maydonlarini tanlash, ya’ni yo‘l terrasalari, damba 
yoki to‘g‘on stvorlarining joyini aniqlash maqsadida mukammal izlanishlar 
o‘tkaziladigan maydonlar belgilanadi. O‘rta miqyosli xaritalash dan katta, nisbatan 
katta maydonlardan samarali foydalanish, geolo gik muhitni muhofazalash 
masalalarini hal qilishda foydalaniladi. 
Ma’lum hududlarning injener-geologik sharoitini mukammalroq o‘rganish uchun 
yirik miqyosli xaritalash o‘tkaziladi. U qurilish maydonlarini, ko‘prik, to‘g‘onlar 
joylashishi o‘rnini tanlashga imkon beradi. Yirik miqyosli xaritalash oldin mayda 
miqyosli xaritalash o‘tkazilgan maydonlarda maqsadga muvofiq o‘tkaziladi, chunki 
umumiy injener-geologik sharoit o‘rganilgan bo‘ladi. Yirik miqyosli injener-
geologik xaritalash natijalari chamalash, tajriba va doimiy ishlar o‘tkazish uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu ma’lumotlar (xaritalash) o‘tkaziladigan mukammal 
ishlar tarkibi, hajmi va uslubini aniqlashga imkon beradi. 
Mukammal xaritalashda tanlangan qurilish shaxta yoki karyer, karst, surilma 
tarqalgan maydonlarni, suv omborlari qirg‘oqlari o‘rganiladi. Mukammal xaritalash 
chamalash, kavlash ishlari bilan birgalikda olib boriladi, u qurilish maydoni 
bo‘yicha inshoot ta’sir etish chuqurligini hisobga olgan holda to‘liq ma’lumot 
beradi. Mukammal xaritalash natijasida olingan ma’lumotlar inshootning qurilish 
maydonida joylashtirish, muhofazalovchi inshootlarni joylashtirish kabi 
masalalarni hal qilishga imkon beradi. 
Demak, injener-geologik xaritalash izlanishlar bosqichiga mos ravishda rejali
ma’lum ketma-ketlikda mukammallik darajasi oshib boradi. 
Hozirgi kungacha hamma tomondan qabul qilingan injenergeologik xaritalash 
nomenklaturasi yo‘q. Ko‘p tashkilotlar umumiy qabul qilingan geologik xaritalar, 
har bir miqyosga mos ravishda injener-geologik sharoitning yoritilishi 
mukammalligini hisobga olmagan holda turli takliflarni beradilar. Masalan: 
VSEGINGEO injener-geologik xaritalashni quyidagi: mayda miqyosli 1:500000 va 
undan mayda, o‘rta miqyosli 1:200000-1:25000 va yirik miqyosli 1:10000 va undan 
yirik, ya’ni geologik xaritalashdan farqli bo‘linishni taklif etadi. Shunisi qiziqki, 
gidrogeologik xaritalari umumgeologik xaritalar bo‘linishi bilan bir xil. 
Energetika vazirligi esa 1:200000 to 1:50000 gacha mayda, 1:25000 -1:10000 
o‘rta,1:5000 to 1:1000 gacha yirik miqyosli xaritalash deb atashni taklif etadi. 
PNIIIS tavsiyasiga ko‘ra 1:25000 va undan katta miqyosdagi xaritalash yirik 
miqyosdagi xaritalash deb qolgan turlarini ajratmaydi.
Yevropada ijtimoiy yordam kengashi 1:500000 va undan kichik xaritalashni obzor 
(umumiy), 1:100000-1:200000 mayda miq yosli, 1:25000-1:50000 o‘rta, 1:10000 
va undan kattalarini yirik miqyosli xaritalash deb atashni taklif etadi. 
Demak, yuqorida keltirilganlar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kungacha asoslangan 
injener-geologik xaritalash tasnifi yo‘q. 

Download 312.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling