Amaliy mashg‘ulot -5 Mavzu : Geomorfologik, tektonik, geologik, gidrogeologik va muhandis geologik xaritalar Tayanch so‘z va iboralar
Yer osti grunt suvlarining xaritalari
Download 312.02 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliy mashg\'ulot
Yer osti grunt suvlarining xaritalari. Gidrogeologik syomka, fond va adabiyot
ashyolariga kameral ishlov berish natijasida gidrogeologik xaritalar tuziladi. Bu xaritalarning turlari: 1. Yig‘ilgan ashyolarni asoslash darajasiga ko‘ra kondiksion va nokondiksion xaritalar. 2. Masshtablariga ko‘ra – mayda masshtabli 1:1000000–1:500000, o‘rta masshtabli 1:100000–1:200000 va yirik masshtabli 1:25000–1:50000; detal xaritalar masshtabi 1:25000 va undan yirik – 1:10000, 1:5000, 1:2000. 3. Xarita tuzishdan maqsadga qarab – umumiy hududning gidrogeologik sharoiti to‘la ko‘rsatiladi va maxsus xaritalar – tadqiqotchi oldiga qo‘yilgan cheklangan maqsadni bajarish uchun tuzilgan xaritalar. 4. Grafika usuliga qarab xaritalar keltirilgan axborotlarga qarab shtrixlar va bo‘yoqlar yordamida bitta asosda biriktirilgan va alohida axborotli – ajratilgan xaritalar tuziladi. Gidrogeologik xaritalar gidrogeologik kesimlar bilan qo‘shib tuziladi. Kesimlarda geologik tuzilish, fatsial o‘zgaruvchanlik, suv ushlagich qatlamlarining litologik tarkibi, suv sathi, suv o‘tkazmas asos, suvlardagi bosim, mineralizatsiyasi va sarfi ko‘rsatiladi. Razvedka ishlari qidiruv ishlari natijasiga ko‘ra olib boriladi. Razvedka ishlari ikki bosqichdan – dastlabki va detal razvedkadan iborat: ● dastlabki razvedka bosqichida yer osti suvi qazilma boyligiga birinchi iqtisodiy asoslangan amaliy baho beriladi. Shu baho asosida qazilma boylik keyingi o‘rganishdan to‘xtatiladi, yoki detal o‘rganishga tavsiya qilinadi. Razvedkaning birinchi bosqichida qazilma boylikning S 1 va S 2 kategoriyadagi zaxiralarini asoslovchi ashyolar olinadi va detal razvedka uchun loyiha tuziladi; ● detal razvedka yer osti suvlari razvedkasining ikkinchi bosqichi. Bu bosqich ishlari birinchi bosqichdagi razvedka ishlari ijobiy natija bergandagina olib boriladi. Detal razvedka ishlari natijasida suv olish inshootlarini joylashtirish va zaxiralarini A va B kategoriyalarida baholashga imkon bo‘ladi. Detal razvedka bosqichida dastlabki bosqichdagi tadqiqot ishlariga nisbatan murakkabroq hajmda bajariladi, chunonchi tajriba suv chiqarish ishlari, rejim kuzatuvlari, suv zaxiralarini hisoblash, gidrogeologik parametrlarni hisoblash, elektroprofillash ishlari, laboratoriyada to‘la kimyoviy tahlil ishlari, suv sathi bosimi zaxirasining bashorati hisoblanadi. Download 312.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling