Amaliy mashg‘ulot -5 Mavzu : Geomorfologik, tektonik, geologik, gidrogeologik va muhandis geologik xaritalar Tayanch so‘z va iboralar


Yer osti suvlarining harakat yo‘nalishini aniqlash


Download 312.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana25.02.2023
Hajmi312.02 Kb.
#1231671
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot

Yer osti suvlarining harakat yo‘nalishini aniqlash. Yer osti suvlarining harakat 
yo‘nalishi hududning gidroizogips yoki gidroizopez xaritalari bo‘lgan taqdirda 
juda tez aniqlanadi. Buning uchun gidroizogips yoki gidroizopez chiziqlariga 
nishob tomonga tik chiziqlar o‘tkaziladi va oqim yo‘nalishi aniqlanadi. 
Agar hududning gidroizogips va gidroizopez xaritasi bo‘lmasa, oqim yo‘nalishi 
tajribalar asosida aniqlanadi.
Tajriba asosi: Teng tomonli uchburchak burchaklariga joylashgan, oralig‘i 50 
metrdan 200 metrgacha bo‘lgan, 3 ta skvajina (quduq, shurf) qaziladi. Yer osti 
suvi sathining mutlaq balandligi o‘lchanadi. Shurflar orasidagi masofa 
interpolyatsiya qilinib, gidroizogips chiziqlari o‘tkaziladi. Nishab tushgan 
tomonga oqim chiziqlari – gidroizogips chiziqlariga tik chiziqlar o‘tkaziladi. Bu 
chiziqlar ayni paytda yer osti suvlarining ha rakatini ko‘rsatuvchi chiziqlar 
hisoblanadi.
Grunt suvlarining sathini u yoki bu maydonlar bo‘ylab doimo bir xil bo‘lmasligini 
hamda yillar, fasllar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga olib ma’lum davrlar 
uchun gidroizogips xaritalar tuziladi. Bu xaritalar asosini grunt suvlari sathining 
bir xil mutlaq yoki nisbiy balandlik nuqtalari bo‘yicha birlashtirib turuvchi 
chiziqlar tashkil etadi (3.1-rasm).
Gidroizogips xaritasi topografik xaritalarga o‘xshab ketadi. Topografik 
xaritalardagi gorizontal chiziqlar dengiz sathiga nisbatan bir xil balandlik 
nuqtalarini birlashtirib tursa, bu xaritadagi gidroizogips chiziqlari grunt suvining 
bir xil sath balandliklarini birlashtirib turadi (3.1-rasm). 


3.2-rasm. Gidroizogips xaritasi (Y. Ergashevdan), masshtab 1:5000:
1 — burg‘i qudug‘i; 2 — shurf; 3 — gidroizogips chizig‘i va uning mutlaq 
balandligi, m; raqamlar chapdan: suratda quduq va shurf raqami; maxrajda:
yer osti suvigacha bo‘lgan pastlik, m; o‘ngdan suratda quduq yoki shurf
joylashgan joyning mutlaq balandligi, m; maxrajida yer osti suvi sathining 
mutlaq balandligi; 4 — yer osti suvi oqimining yo‘nalishi. 
Grunt suvlarining sath balandliklarini aniqlash topografik xaritalar yordamida 
amalga oshiriladi. Buning uchun grunt suv sathi chuqurligi o‘zgarishini o‘rganish 
maqsadida qazilgan quduqlar topografik xaritaga tushiriladi, ularning dengiz 
yuzasiga nisbatan balandligi aniqlanib, kuzatish jurnaliga yozib boriladi. 
Shuningdek, kuzatuv jurnaliga har bir quduqdagi maxsus asboblar (2-rasm) 
yordamida o‘lchangan grunt suvining sath chuqurligi ham yozib boriladi. Quduq 
joylashgan joyning mutlaq balandligidan suv sathigacha bo‘lgan chuqurlik 
qiymatini ayirib tashlansa, quduqdagi grunt suvi sathining mutlaq balandligi 
chiqadi.
Amaliyotda grunt suvlarining oqim qiyaligini hamda suv harakat yo‘nalishini 
bilish katta ahamiyatga ega. Chunki qiyalik qancha katta bo‘lsa, suv oqim tezligi 
ham shuncha katta bo‘ladi. Suv oqimi qiyaligining ikki gidroizogips chizig‘i 
balandliklarini hisobga olgan holda quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 
H1 − H2 
J
k
=
1
,
(3.2) 
bunda: J
k
–grunt suv oqimining qiyaligi; H

– birinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan 
mutlaq balandlik; H

– ikkinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik; e – 


birinchi va ikkinchi gidroizogips chiziqlari orasidagi topografik xarita masshtabini 
hisobga olib aniqlangan masofa. 
Gidroizogips oralig‘idagi masofa bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, grunt suvlari 
oqimining qiyaligi ham shuncha katta bo‘ladi va aksincha.
Grunt suvlari oqimining qiyaligi, suv oqimining gidravlik gradiyenti yoki bosim 
gradiyenti deb ham yuritiladi. 
Grunt suvlari oqimining harakat yo‘nalishini aniqlash uchun katta mutlaq 
balandlikka ega bo‘lgan gidroizogips chizig‘idan, kichik mutlaq balandlikka ega 
bo‘lgan gidroizogips chizig‘iga qarab perpendikular chizig‘i o‘tkaziladi. 
O‘tkazilgan perpendikular chizig‘i grunt suvining harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi. 
Tabiatda grunt suvi harakat qiluvchi suvli qatlam ostidagi suv o‘tkazmaydigan 
qatlamning yer osti relyef tuzilishiga, uning qiyaligiga qarab gidroizogips 
chiziqlari bir-birlariga nisbatan yo‘nalishi, oqim qiyaligi ham o‘zgaruvchan 
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun perpendikular chiziq gidroizogips bir necha 
joydan o‘tkazilgani ma’qul.
Grunt suvlari oqimining harakat yo‘nalishini aniqlashning uchburchak usuli ham 
mavjud. Buning uchun joylashishi bo‘yicha uchburchak shaklini hosil qiluvchi 
uchta burg‘i qudug‘i olinishi, grunt suvlari sathlarining mutlaq balandligi 
to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lishi kerak. Masalan, birinchi A nuqtada 
joylashgan quduqdagi suv sathining mutlaq balandligi 26 m, B nuqtada 
joylashganining mutlaq balandligi 30 m, hamda G nuqtadagisiniki 24 m (3.2-
rasm). 
Eng avvalo AB va BG nuqtaga joylashgan burg‘i quduqlari oralig‘ini (uchburchak 
tomonlarini) teng bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. So‘ngra uchburchak tomonlaridagi 
har bir nuqtaga to‘g‘ri keluvchi suv sathi balandliklari aniqlanib, bir xil 
balandlikdagi nuqtalar birlashtiriladi. Ana shu nuqtalarni (29, 28, 27, 26, 25) 
birlashtirish natijasida hosil qilingan chiziq gidroizogips chiziqlari bo‘ladi. So‘ngra 
gidroizogips chizig‘ining baland nuqtasidan past nuqtasiga qarab perpendikular 
chiziq o‘tkaziladi. Hosil qilingan BG chizig‘i grunt suvining shu maydonidagi 
oqimining harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi. 

Download 312.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling