Amaliy mashgulot 1 Antropologik o'lchovlarini aniqlash


Download 34.69 Kb.
bet2/5
Sana30.01.2023
Hajmi34.69 Kb.
#1140758
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.Антрометрик ўлчовлар

O‘lchash – bu maxsus texnik vositalar yordamida fizik miqdorning qiymatlarini tajriba yo‘li bilan aniqlashdir. O‘lchash – o‘lchanayotgan miqdorni (masalan, val o‘lchamini) birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslashdan iboratdir (uzunliklarni o‘lchash uchun bunday birlik sifatida metr qabul qilingan). O‘lchov birliklari, vositalarini va o‘lchash usullarini o‘rganadigan fan metrologiya  deb ataladi. Metrologiyaning asosiy vazifalari O‘zRST 8.010-93 (GOST 16263-70) da keltirilgan. O‘lchov birliklarini umumlashtirish maqsadida ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani tavsiyasiga binoan 1960 yilda birliklarning xalqaro tizimi SI (inter natsional tizim) kiritildi. Shu asosda GOST 8.417-81 (ST SEV 1052-78) ishlab chiqildi.SI da xar xil parametrlarni: mexanik, issiqlik,elektr, magnit, yorug‘lik,akustik va ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchashda ishlatiladigan oltita asosiy birlik bor. Asosiy birliklar sifatida:

metr (m) – uzunlikni o‘lchash uchun;
kilogramm(kg) – massani o‘lchash uchun,
sekunt (sek) – vaqtni o‘lchash uchun;
Kelvin gradusi (K°) - haroratni o‘lchash uchun;
Amper (A) – elektr toki kuchini o‘lchash uchun;
Kandela (sham) kd – yorug‘lik kuchini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Uzunlik o‘lchovi birligi1960 yilgacha uzunlik 1 m ning xalqaro etaloni sifatida kesimi X shaklida bo‘lgan va platina (90%) hamda iridit (10%) qotishmasidan yasalgan brusning ikki shtrixi (chiziqchasi) o‘rtalari orasidagi masofa (°S da) qabul qilingan edi. Bu etalonda ikki shtrix o‘rtalari orasidagi masofani yo 0,1 mkm. dan ortiq aniqlik bilan o‘lchash mumkin bo‘lmaganligi uchun fan va texnikaning talablariga javob bermay qoldi. Uning yana bir kamchiligi tabiiy ofat (zilzila, suv toshqininii) vaqtida yo‘qolishi mumkin edi. Shuning uchun 1960 yilda ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani metrning yangi aniqlanishini qabul qildi. Yangi tizimda 1metr kripton (gaz) yorug‘lik to‘lqinlarining uzunliklari yordamida ifodalangan, ya’ni bu tushuncha tabiiy miqdorga bog‘langan, ya’ni "metr, vakumda kripton-86 spektirining to‘q sariq chizig‘iga mos nurlanish to‘lqinlarining 1650763,73 tasiga teng uzunlikdir."
Bir mln. mikrometr (mkm) ga teng, shu sababli metrning etoloniga yoru-lik tщlыinlarining 1650763,73 ta uzunligi joylashadi. Yangi etalon yordamida xozir 1 metning uzunligi 0,002 mkm. li xatolik bilan yasaladi , bu xatolik esa ilgarigi etalondagi xatolikdan 50 marta kam. BMITI da bu etalonni xosil ыilish uchun etalon interferometr yaratildi.

Download 34.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling