Amaliy mashgulot 1 Antropologik o'lchovlarini aniqlash
Download 34.69 Kb.
|
1.Антрометрик ўлчовлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANTROPOLOGIYA
Amaliy mashgulot 1 Antropologik o'lchovlarini aniqlash. Reja Biomexanika haqida tushuncha. Antropologiya haqida. Antropologik o'lchovlar. 4. Texnikaviy o‘lchovlar, nazorat qilish va uning turlari. 5.O‘lchash vositalari,ularning turlari. 6.O‘lchash aniqligi va absolyut xatolik. 7.Xatolik turlari va ularga ta’sir etuvchi omillar. 8.Uzunlik uch o‘lchovlari to‘plamlari. Biomexanika (bio... va mexanika) — biofizikaning tirik organizm, organ va toʻqimalar mexanik xossalari hamda ularda sodir boʻladigan mexanik hodisalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Ilgari B. tushunchasi embriologiyaning rivojlanish mexanikasi, koʻpincha eksperimental embrioloiya deb ataladigan sohasiga nisbatan ham qoʻllanib kelingan. Odatda B. termini odam va hayvonlar harakati toʻgʻrisidagi taʼlimotga nisbatan qoʻllaniladi. B. tadqiqotlari quyidagilarni uz ichiga oladi: nafas B.si — nafas organlari kinematikasi, elastik va noelastik qarshiligi (yaʼni harakatlarning geometrik harakteristikasi) va nafas harakatlari dinamikasi hamda nafas organlari faoliyatining boshqa sohalarini;qon ai lani shi B.si — kon tomirlari va yurakning taranglik xususiyatlari, tomirlarning qon oqimiga nisbatan kursatadigan gidravlik qarshiligini, tomirlar devori buylab taranglik tulqinlarining tarqalishi, qonning harakatlanishi, yurak ishini (qarang Gemodinamika); harakatlan i sh B.si —anatomiya va nazariy mexanika dalillariga asoslanib harakatlanish organlari strukturasini, boʻgʻimlarda harakatlanishni paydo qiladigan muskul kuchlarining, gavda qismlari boʻylab uning ogʻirligining taqsimlanishini, gavda va uning qismlari harakatlanishi qonuniyatlarini oʻrganadi. B.ning asosiy vazifasi harakatning kinematik tasnifiga binoan taʼsir kuchi xususiyatlarini aniklashdan iborat. Bu harakatlanish samaradorligini, tashqi va muskul kuchlaridan foydalanish darajasini baholashga hamda harakatlanish koordinatsiyasi va uni boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tananing holati (tik turish, oʻtirish va boshqalar)ni oʻrganish ham B. vazifalariga kiradi. Bunday vazifalarni hal etish fiziologiya, tana holati va muvozanati toʻgrisidagi taʼlimot bilan bogʻliq. B. tekshirishlarda oʻrganilayotgan harakatlarning koʻchishi, tezligi va tezlanishlarini kayd etish usullaridan foydalanadi. Bunda koʻproq optik usullar: tezlashtirilgan kinoga olish, siklografiya, kimotsiklografiya va boshqa kullaniladi. B.da mexanotronlar, tayanch dinamograflar va burchak siljish asboblari yordamida mexanik kattalikni elektr qayd etish usullaridan ham foydalaniladi. B. tadqiqotlari tarixi Italiya olimi Leonardo da Vinchining odam harakatlarini anatomiya va mexanika nuktai nazaridan tekshirish bilan boshlanadi. Italiya naturalista J. Borellining "Hayvonlar harakati haqida" (1680—81) kitobida organizmga mashina sifatida nazar tashlab, nafas olish, qonning harakatlanishi va muskul qisqarishini mexanika nuktai nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. Bu B.ning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.B. tadqiqotlari mehnat va sport fiziologiyasi, harbiy va klinik tibbiyotda, shu jumladan nevrologiya, ortopediya, travmatologiya, protezlash sohasida katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki jismoniy mashq va sport harakatlarini oʻrganish mashq qilish sistemasini ilmiy asosda tashkil etishga yordam beradi. Suyak, pay va boshqa toʻqimalarning pishikligini oʻrganish jarohatlovchi omillarning organizmga taʼsiri mexanizmini tushunish va uning oldini olishga imkon beradi. Qon aylanishi va nafas olish holatining bir qator koʻrsatkichlari yurak va oʻpka kasalliklari’hamda operatsiya oqibatlari diagnostikasini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. Nafas olish va qon aylanishi B.ni tekshirish natijalari "yurakoʻpka" apparatini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. ANTROPOLOGIYA— (antropo… va …logiya) — odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi,odamzod irqlarining paydo bo‘lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A. ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir. Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-a. ning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi — odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi — «Odam biologiyasi» degan umumiy nom b-n 20-a. o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hoz. holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati b-n chambarchas bog‘langan. Antropologiyaning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, Antropologiya quyidagi uchta katta bo‘limdan iborat: odam morfologiyasi; antropogenez; irqshunoslik (etnik Antropologiya) – Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irklarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Antropologiya o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antropometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. Antropologiya biol. fanining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismoniy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham tarixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-y. larda rivojlandi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat un-ti antropologiya kafedrasi asoschisi va doimiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turkiston bo‘ylab 29 antropologik ekspeditsiyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning sa’y-xarakatlari natijasida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va tojiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri — yevropeoid irqining «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi»ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A. I. Yarxo bu irqni «Pomir-Farg‘ona tipi» deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qad. ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hoz. zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi»ning shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 — 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-a. da shakllandi deb hisoblar edilar. O‘zbek antropologlari (T. Xo‘jayov)ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 — 2300 yil ilgari shakllana boshlaganligini isbotladilar (q. O‘zbeklar).Rus kimyogar olimi D.I. Mendeleev «Fan o‘lchash boshlangandan beri rivojlanmoqda, ya’ni o‘lchashsiz fan boshlanmaydi» degan edi. Hozirgi davrda o‘lchashsiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi.Chizmaga,ishlab chiqarish, nazorat qilish, defektrlash yoki maxsulotga xizmat qilish texnologik xaritalaridagi eskizlarga qo‘yilgan o‘lcham talab etilgan aniqlik bilan o‘lchanishi kerak. O‘lchash o‘rnatilgan tartib va qoida, hamda asosli ravishda tanlangan vositasi yordamida bajariladi. Download 34.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling