Amaliy mashgulot 1 Antropologik o'lchovlarini aniqlash
Haroratni o‘lchash birligi
Download 34.69 Kb.
|
1.Антрометрик ўлчовлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shkala bo‘limining qiymati
Haroratni o‘lchash birligi. Kelvin gradusi termodinamik harorat shkalasi bo‘yicha haroratni o‘lchash birligidir. Bu xarorat shkalasi ingliz fizigi U. Tomson (lord Kelvin) tomonidan 1848 yildayoq taklif etilgan edi. Bu shkalaga muofiq haroratning nol qiymati absolyut nolga (-273,15°S ga) teng. Suvning uchlik nuqtasining harorati 273,16 K yoki Tselsiy bo‘yicha 0,01°S ga teng. Suvning uchlik nuqtasi deganda uning qattiq, suyuq va gazsimon fazadagi muvozanatlik nuqtasi tushuniladi. Bunday nuqta muz harorati yo 0,0001°S gacha aniqlik bilan yo 0,01°S gacha yetganda hosil bo‘ladi . 1742 yildan buyon mavjud bo‘lgan va keng tarqalgan selsiy shkalasida muzning erish nuqtasi 0°S deb qabul qilinadi, suvning qaynash nuqtasi 100°S esa o‘lchashning zaruriy aniqligini ta’minlay olmaydi. Suvning qaynay boshlash nuqtasini aniqlashdagi xato amaliy ravishda 0,01 dan 0,02°S gacha oraliqda ekani aniqlangan.
Asosiy shkala sifatida Kelvin shkalasi qabul qilinishi bilan (undagi aniqlik bitta suvning uchlik nuqtasini aniqlashdagi 0,0001 dan iborat xatoga bog‘liq) etalon o‘lchashlarning xatoligi kamida 50 marta kamayadi. Kelvin graduslarida tuzilgan shkala hisoblashlar uchun afzal shkala hisoblanadi, chunki bu shkalada minus harorat bo‘lmasdan, faqat plyus ishorali harorat bo‘ladi. Selsiy bo‘yicha harorat ma'lumma’lum bo‘lsa, T Kelvin bo‘yicha harorat Tqt=273,l5° ga teng bo‘ladi. Bordi-yu Kelvin harorati T ma’lum bo‘lsa, selsiy bo‘yicha harorat tqT– 273,15° bo‘ladi, O‘lchash asboblarini (vositalarini) tanlashda uning metrologik ko‘rsatgichlari deb ataladigan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. ("Metrologiya"o‘lchashlar to‘g‘risidagi fan demakdir, metr so‘zi fransuzcha bo‘lib metre, grekcha metron o‘lchashni anglatadi ) O‘lchash vositalarining asosiy ko‘rsatgichlariga shkala bo‘linmasining intervali, yo‘l qo‘yilgan xatolik, o‘lchash chegaralari, o‘lchashdagi zo‘riqishlar kiradi (O‘z RST 8.010-93). Shkala bo‘limining qiymati deb, o‘lchanadigan miqdorning shkaladagi bir bo‘limiga mos qiymatga aytiladi. Masalan, soat tipidagi indikator shkalasidagi bir bo‘limning qiymati 0,01 mm ga teng. Download 34.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling