Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Chilangarlik ishlari haqida umumiy ma’lumot Ishdan maqsad
Download 268.5 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot yuzasidan metodik tavsiyalar
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Metallarni qirqib ishlash usullarini ayting? 2. Qanday stanoklarda va nima maqsadda zagatovkadan qirqish yo’li bilan yuza qatlami yo’niladi. 3. Mashina mexanizm, priborning tayyor detali bilan zagatovkasi orasida qanday farq bor? 4. Tokorlik stanogi qanday asosiy prinsiplar bo’yicha ishlaydi? Mashg’ulot yuzasidan metodik tavsiyalar Darslardagi asosiy vazifalar metalga ishlov beradigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumotlar, texnika xavfsizligi qoidalarini, asbob - uskunalardan to’g’ri foydalanishni va ish o’rinlarini yig’ishtirishni o’rganishdan iborat. Agar o’qituvchi darsni to’g’ri tashkil qilsa, o’quvchilarni o’z vaqtida nazorat qilib tursa, ularning mavzu yuzasidan berilayotgan ma’lumotlarni yaxshi qabul qiladi. Odatda ko’pchilik o’quvchilar ular haqida muayyan malumotlarga ega bo’lish bilan birga ayrim o’quvchilar ularni xayotda ko’rgan va qisqacha tasurotga egadirlar. Shuning uchun mavzuni turmushdagi ahamiyati va kerakligi haqidagi umumiy suhbat tarzda boshlash kerak. O’quvchilar o’zlari bilganlaricha metallarga ishlov beradigan asbob - uskunalar turlari, ularning tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumotlarni bayon qilishadi. O’quvchilarning bilish darajasini aniqlagandan so’ng mavzuni suhbat tarzda boshlash va namunadan foydalangan holda kerakli asbob - uskunalarni ko’rsatib tushuntirish olib borish maqsadga muvofiqdir. O’quv labaratoriya xonalaridagina foydalaniladigan metallarga ishlov beruvchi asbob - uskunalar bilan cheklanib qolmasdan boshqa turdagi metallarga ishlov beruvchi asbob - uskunalar haqida ham umumiy malumotlarni bayon qilib o’tishimiz kerak. Olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga metallarga ishlov beruvchi asbob - uskunalar namunalaridan ko’rgazmali tarzda darsni tashkil etish kerak. O’quvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsadida darsni Yangi pedagogik texnologiya metodlaridan foydalangan tarzda tashkil etish maqsadga muvofiq. Ushbu mavzuni yoritishda ”Aqliy xujum”, “Veyer”, “Munozara” kabi metodlardan foydalanish o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilimlarning samarali natijalar berishiga olib keladi. Download 268.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling