Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Chilangarlik ishlari haqida umumiy ma’lumot Ishdan maqsad
Tokarlik stanogida ishlashda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari
Download 268.5 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
Tokarlik stanogida ishlashda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Ishda to’la xavfsizlik sharoitlari yaratish,ish sharoitini yaxshilash uchun fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalaniladi. Har bir tokar xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga qa’tiy rioya qilish kerak. Buning uchun u o’z stanogi va uni boshqarish usullarini juda puxta bilishi kerak. Tokar stanokda ish boshlashdan avval xavfsizlik texnikasining quyidagi qoidalariga rioya qilish kerak.. Ish o’rnidagi ozadalik va tartib yuqori unum va xavfsiz ishlashning garovi ekanligini unutmaslik kerak; Tokar stanogining ishga yaroqli ekanligini tekshirib ko’rishi, eng avvalo, muhofaza to’siqlarining mavjudligi, ularning ishga yaroqliligi va o’z o’rnida ekanligini ko’zdan kechirishi, stanokni erga ulovchi simning uzilmaganligini, elektr dvigatelini ishga tushirish oldidan surish mexanizmi va shpindelning o’z-o’zidan ishlamayotganligini tekshirib ko’rishi, boshqarish vositalarini (richaglari) uzib qo’yib stanokni qo’lda salt ishlatib ko’rishi va stanokning normal ishlashiga ishonch hosil qilishi shart. Bu holda ayniqsa: a) boshqarish dastalari va knopkali elektr qurilmalari, tormozlar, ko’tarish va ortish qurilmalari; b) moylash va sovitish sistemalari; v) ishga tushirish vositalarining har bir holatda ham ishonchligiga alohida ahamiyat berish kerak. Stanokning aylanadigan qismlarida chiqib turgan joylari bo’lmasligi shart, chunki ular tokarning kiyimini o’rb ketishi mumkin. Tasmali uzatmalar, trenzel va gitara shesterniyalari maxsus kojux bilan yopilgan bo’lishi kerak. Tekshirish mobaynida aniqlangan har bir nuqson to’g’risida darhol sex (ustaxona) masteriga xabar qilish kerak. Nuqsonli stanokda ishlash xavfli ekanligini unutmang; - og’irligi 16 kg va undan oshiq bo’lgan detal yoki moslamalarni qo’lda ko’tarish, stanokka o’rnatish va undan olish man qilinadi.Bunday hollarda maxsus ko’tarish qurilmalaridan foydalanish kerak: - ishlanadigan detallarni stanokda puxta mahkamlash zarur, bunda xavfsiz, qulay moslamalar (avtomatik ergashtiruvchi poddonlar, ko’p o’rinli ekssentrik qisqichlar, havo yordamida va suyuqliklar yordamida ishlaydigan moslamalar va boshqalar) dan foydalanish kerak: - ishga yaroqli va charxlangan qiqish asbobini stanokka to’g’ri va puxta mahkamlash kerak. - ish paytida ko’zga qirindi tushmasligi uchun muhofaza moslamalari (masalan, maxsus ekranlar) dan foydalanish yoki maxsus ko’zoynak taqib olish kerak; - qirindini qo’l bilan olib tashlash yaramaydi.Buning uchun maxsus ilmoqlar va metall cho’tkalardan foydalanish zarur; - ish jarayonida faqat operasion kartada ko’rsatilgan qirqish rejimlarini qo’llash, qirqish, rejimlarini o’zgartirish zarur bo’lib qolganda esa usta bilan maslahatlashish kerak; - ishlab turgan stanokni nazoratsiz qoldirish yaramaydi. - Ishlanadigan detalni mahkamlab bo’lgach, patron kalitini bir chekkaga olib qo’yish lozim. - aylanib turgan detalni o’lchash qat’iy man qilanadi: oldin shpendelni to’htatib, so’ngra o’lchash kerak. - to’siqlar va muhofaza vositalarini o’rnidan olish yoki ichini ochish mumkin emas. - stanokni to’htatish oldidan surishni uzib, qirqish asbobini detaldan qochirib qo’yish kerak. Aks holda qirqish asbobi sinishi mumkin; Download 268.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling