Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Chilangarlik ishlari haqida umumiy ma’lumot Ishdan maqsad
Download 268.5 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaruriy jihozlar va adabiyotlar
- Tayanch so’z va iboralar
AMALIY MASHG’ULOT № 1 Mavzu: Chilangarlik ishlari haqida umumiy ma’lumot Ishdan maqsad: Metallarga sovuq xolda mexanik ishlov berish bo’yicha amaliyotidan maqsad bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilarining metall kesish stanoklarida unga murakkab bo’lmagan ishlarni bajarish uchun bilim va ko’nikmalarni oshirish : Zaruriy jihozlar va adabiyotlar: 1.Tokarlik stanoklari, keskichlar, o’lchov nazorat asboblari, yasalgan detallardan namunalar, plakatlar, elektron slaydlar. J .Ramizov. “O’quv ustaxonalarida amaliy mashg’ulotlar ”.Toshkent.”O’qituvchi”. .P. M .Denejnыy. “Tokarlik ishi .” Toshkent. “O’qituvchi ”. .D. E. Dementov. “Tokarlik ishi”. T. “O’qituvchi”. .F.A.Barboshov. “Frezalash ishlari” .T. “O’qituvchi”. .I .P. Maksimov. “Tokarlik ishi maxsus tehnologiyasidan topshiriqlar” T. “O’qituvchi” 1990 yil. Tayanch so’z va iboralar. Tokorlik stanogi, monipulьyator, freza, zagatovka, randa, kesish tezligi, tokorlik vintqirqar stanogi, support, shtangensirkul, mikrometr, pog’onali val, parma. Umumiy ma’lumotlar. O’QUV USTAXONALARIDA.METALL MATERIALLARNI MEXANIK USULDA IShLASh. Umumiy ta’lim maktablaridagi mehnat ta’limi va tarbiyasini amalga oshirishda o’quv ustaxonalarida metall materiallarni mexanik usulda ishlash bo’yicha ham mashg’ulotlar olib boriladi. Hozir umumiy o’rta ta’lim maktabi va kasb–hunar kollejlarida o’quvchlarning metall materiallarini mexanik usulda ishlash faoliyatini aktivlashtiruvchi usul va metodlar qo’llanilmoqda. Yangi texnika, kompleks mexanizasiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda yanada katta yutuqlarga erishiladi.Tabiiyki, shunday sharoitda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida metallni mexanik ishlash uchun malakali kadrlarga extiyoj orta boraveradi.Bu ma’noda ishlab chiqarish ta’limi, ijtimoiy-foydali.mehnat joriy etilgan umumta’lim maktablarini bitirib chiquvchilar.o’quv ishlab chiqarish korxonalarida, tokarlik ishlarini o’rgangan yigit-qizlar.sanoat va qishloq xo’jaligining, qurilish, aloqa va transportning, maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlarining malakali ishchilar sinfining o’rnini to’ldirishlari mumkin bo’lib qoladi. Umuman, metallni mehanik ishlash jarayonida talabalar mehnatni ilmiy asosda tashkil etishlari kerak. Talabalar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda har bir bajariladigan tokarlik jarayoni ularoda va ko’nikmalarga aylantirilishi lozim; Talaba ish prosessida brakka yo’l qo’ymasin; tayyorlagan detali ijtimoiy-foydali bo’lsin; bo’lajak, mehnat o’qituvchisi tokarlik stanoklar bo’yicha mehnat razryadlariga ega bo’lsinlar; Ana shularga rioya qilgangandagina bu talaba kelajakda hozirgi kun talabiga javob beradigan mehnat o’qituvchisi bo’lib etishadi. METALLARNI MEXANIK USULDA IShLASh STANOKLARINING TURLARI. Halq ho’jaligini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarida metallarni kesib ishlash stanoklarini ishlab chiqarish, ayniqsa robotlar yoki monipulyatorlar ishlab chiqarish, stanoklar yaratish, ularning konstrukyiyalarini takomillashtirish zarur. Metall kesish stanogi shunday mashinaki, bu mashinada yordamida zagatovkadan qirindi yo’nish yo’li bilan talab etilgan aniqlikdagi zarur shakl va o’lchamdagi detallar hosil qilinadi. Metall materiallarni mehanik usulda ishlash uchun o’quv ustaxonalarida asosan quyidagi stanoglardan foydalaniladi: TVSh-6 stanogi, stol ustiga o’rnatib ishlatiladiganNGF-110 Sh4gorizontal-frezarlash stanogi; stol ustiga o’rnatib ishlatiladigan NS-12 stanogi. Maktab o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan TVSh-6 tokarlik-vint qirqish stanogida T-tokarlik, V-vint qirqish,Sh-maktab, olti raqami esa stanokning modelini bildiradi. NGF-110Sh4 turdagi metallni mexanik ishlash stanogida N harfi stol ustiga o’rnatilishini;G-harfi gorizontallikni; F-frezerlashni; 110raqami frezaning eng katta diametrini; Sh harfi (shkolnы) maktab ustaxonasi ekanligini; 4 raqami to’rtinchi modelga taalluqliligini bildiradi. NS-12stanogida N-harfi stol ustiga o’rtilishini, S harfi stanok ekanligini, 12-raqami esa 12 mm diametrligacha teshik olishligini bildiradi. Birinchi raqamdagi keyingi harf stanokning takomillashganligini, barcha raqamlardan keyingi harf esa bazaviy modelning modifikasiyasini (shakl o’zgarishini) ko’rsatadi.Masalan, 2A135 stanogini olaylik.Bunda 2-raqami-stanokning ikkinchi gruppaga ko’chishini-parmalash stanogi.ekanligini:A harfi stanokning takomillashtirilganligini bildiradi; 1 raqami stanoknig birinchi tipga vertikal parmalash stanogiga oidligini; ohirgi ikkita raqam esa parmalash mumkin bo’lgan eng katta teshik diametrini-35mm ni ko’satadi va hakozo. O’quvchilarga mo’ljallagan mexanik usulda ishlaydigan stanoklar ham mavjud.Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: universal stanoklar.Ular xilma –xil detallar ishlashda turli jarayonlarni bajarad .Ayniqsa, ko’p ish turlarini bajarishda foydalaniladigan stanoklar keng universal stanoklar jumlasiga kiradi. Tashqi ko’rinishlari bir-biriga o’hshash, ammo o’lchamlari har xil detallar ishlash uchun mo’ljallangan ixtisoslashgan stanoklar,birturli o’lchamdagi detallar ishlash uchun mo’ljallangan maxsus stanoklar ham bo’ladi. Metallarni mexanik usulda ishlaydigan stanoklar aniq ishlash darajasiga ko’ra klasslarga bo’linadi. METALLNI MEXANIK USULDA IShLAYDIGAN STANOKLARNING HARAKATLARI. Mexanik usulda ishlaydigan stanoklarning harakati murakkab harakat hisoblanadi. Masalan, asosiy xarakat-uskuna va ishlov beriladigan zagatovkaning oddiy nisbiy harakati; bu harakatda bajariladigan prosess tushiniladi. U keskich, freza va parmani ishlaydigan zagatovkaga nisbatan surish yoki ilgarilanma harakat berilishga bog’liq.Surish harakati uskuna va zagatovkaning nisbiy harakati bo’lib, asosiy harakatga qo’shiladi va zagatovkaning ishlov beriladigan yuzasini butun ishlov berilayotgan yuzaga tarqatishga sharoit yaratib beradi.Shuning uchun ham surish harakat zagatovkaning yuzalarini ishlashda uzluksiz hisoblanadi.Harakatlarda yuzalarni ishlash uchun qirqish tezligi, katta omil ekanligini o’quvchilarga uqtirish kerak.Qirqish tezligi, asosiy kesuvchi qirraning aylanish o’qidan eng uzoqdagi nuqtasidan bir minutda o’tilgan yo’l uzunligi hisobiga olinadi. Kesish tezligini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi: Bu erda V-keskichning kesish tezligi; -3,14; D-ishlatiladigan zagatovkaning diametri;n-zagatovkaning aylanish soni.1000-raqami tezlikni metrlarda xisoblashda olingan son . Bu xarakatlarni asosiy xarakatlar (ish xarakatlari ) va yordamchi xarakatlarga bulish mumkin.Asosiy xarakatlar jumlasiga kesish xarakati kiradi. Anashu xarakatlar yordamida ishlov beri layotgan zagatovkadan qirindi yunish prosessi amalga oshiriladi. Bosh xarakat tezligi kesishning optimal tezligiga,surish qiymati esa ishlov berilayotgan yuzaning talab etiladigan tozalik klassiga bogliq bo’ladi. Stanokni ishga tushirishdan oldin uning umumiy holatini ko’zdan kechirish kerak, dvigatelning ishga tushishini, funksional uzatmaning ishini tekshirib turish kerak. Stanokni ishga tushirgach, dastlab uni sekinroq aylantirib ko’rish, bunda tezliklar qutisi va fartuk mexanizmlarida biror shubhali tovushlar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak.Tezliklar qutisining qopqog’i berk bo’lgan taqdirda moylash nasosining normal ishlayotganligini maxsus teshikcha orqali kuzatib turish lozim. Stanok yo’naltirgichlari tirkalgan yoki ezilgan bo’lmasligi kerak. Supportningtekis yurishini, surishlarning ravon ishga solinishini tekshirish, sovitish suyuqligi uzatuvchi nasos va truboprovod sistemalarining yaxshi ishlashini ko’zdan kechirib chiqish lozim. Stanokni moylashda dastlab stanok pasportidagi moylash kartasi bilan tanishib chiqish lozim. Unda stanokning qaysi joylariga qancha vaqtdan so’ng, qanday va qancha miqdorda moy yuborish zarurligi va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Moylash teshiklarini muntazam ravishda tekshirib, vaqti-vaqti bilan tozalab turish lozim. Karterlardagi moyni o’z vaqtida (30-40 kunda bir marta) almashtirib turish, qishki va yozgi moylarning mavjudligini unutmaslik kerak; sovuqda kam cho’ziluvchan moy ishlatish kerak. Hech qachon stanok dvigateli salt dvigateli salt ishlab turgan holda qoldirilmasligi kerak. Biror zaruriyat bilan stanok oldindan ketishda yoki detalni o’lchash vaqtlarida dvigatelni o’chirib qo’yishni kerak. Metall kesish stanoklarida surish xarakatlari uzliksiz yoki davriy, oddiy yoki murakkab bo’lishi, bir harakatdan iborat mustaqil bo’lishi yoki mutlaqo bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, tokarlik, frezalash, parmalash stanoklari va boshqa stanoklarda surish harakati uzliksiz bo’ladi. Surishning murakkab harakatiga qiyshiq tishli silindrik g’ildirak kesishda, tish frezalash stanogining surish harakati misol bo’la oladi. Yuqorida keltirilgan TV-6 stanogining ish turlari har xil bo’lgani bilan ulardagi bosh harakat va surish harakati ham turlichadir. TOKARLIK STANOGIDA IShLAShDA MEHNATNI TAShKIL QILISh. Dongdor novator, tokar V. P. Kolesev ham “Yordamchi vaqtni qisqartirish uchun kurashni men eng oddiy narsadan-o’z ish o’rnimni yanada sinchiklab tayyorlashdan boshladim, ish jarayoniga kerakli bo’lmagan hamma ortiqcha harakatlarni yo’qotdim” deb yozadi. Tokarlik stanogida ishlayotganda quyidagi qoidalarga rioya qilish shart. Ish boshlash oldidan stanokning ishga yaroqligini tekshirish, ishqalanadigan yuzalarni moylash, bajariladigan ish bilan tanishish, kerakli asbob va moslamalar hamda zagatovkalarning mavjudligini va ishga yaroqliligini tekshirib ko’rish, barcha ortiqcha buyularni bir chekkaga olib qo’yish kerak. Ish paytida ishlashning belgilangan izchilligini qat’iy bajarish, elektr energiyasi, moylashva artish materiallarini tejash, faqat to’g’ri charxlangan asbob bilan ishlash kerak. Ish tamom bo’lgach, buyularni joy-joyiga qo’yish, asboblarni artish, stanokdan qirindilarni supurib tashlash, iflosliklarni tozalash va stanokni moylab qo’yish kerak. Ish kuning oxirida tokar ertangi kunning vasifasini olib, u bilan qisqacha tanishib chiqsa yanada yaxshi. Download 268.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling