Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari (Progenez). Mashg‘ulot maqsadi


Organizmning individual rivojlanishi — ontogenez


Download 1.02 Mb.
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1728739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Биология №1(2-сем) (4)

Organizmning individual rivojlanishi — ontogenez
Ontogenez yunoncha so‘z bo‘lib “onto”— mavjudot “genezis” –rivojlanish degan ma’noni anglatadi. Har bir organizmning rivojlanishi takomillashuvi, o‘sishi, ulg‘ayishi, qarishi va o‘limi bilan yakun topadigan to‘liq hayot sikli - ontogenez hisoblanadi. Ontogenez jinsiy hujayralar paydo bo‘lib, urug‘lanishdan boshlanadi, zigota hosil bo‘lishi bilan ontogenezning hamma bosqichlarida mavjudot yashayotgan, sharoitga mos ravishda irsiy axborot ta’sirining natijasi sifatida ontogenez jarayoni amalga oshadi.
Ontogenezning turlari va davrlari. Ontogenezning ikki asosiy turi farqlanadi:

  1. Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) rivojlanish;

  2. Bilvosita rivojlanish.

Ontogenezning uchta tipi tafovut qilinadi:

  1. Lichinkali;

  2. Lichinkasiz yoki tuxum qo‘yib rivojlanish;

  3. Ona qornida rivojlanish.

Ontogenezning bevosita rivojlanishi to‘g‘ridan – to‘g‘ri, lichinkasiz va ona qornida rivojlanuvchilar uchun xos, bilvosita rivojlanish turi esa (o‘zgarish) - metomorfoz ya’ni lichinkali rivojlanish bilan boradi.
Lichinkali rivojlanish tipi tuxum hujayrasida oziq moddasi (sariqlik) kam bo‘lgan organizmlarda kuzatiladi va bir yoki bir necha lichinkali bosqichdan iborat bo‘ladi. Lichinka o‘z shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga ko‘ra yetuk organizmdan keskin farq qiladi, shu sababli yetuk organizm qiyofasiga o‘tish o‘zgarishlar (metamorfoz) orqali sodir bo‘ladi. Metamorfoz ko‘pgina umurtqasizlarda kuzatilib, umurtqalilarda kam kuzatiladi.
Lichinkasiz rivojlanish tipi tuxum hujayrasi oziq moddalarga boy va ontogenezni tugatish uchun yetarli bo‘lgan organizmlarda uchraydi (umurtqasizlar, baliqlar, reptiliyalar, qushlar) lichinkasiz rivojlanishda bir qator provizor (vaqtinchalik) organlar hosil bo‘ladi. Bunda yosh organizm yetuk shakllar bilan bir xil tuzilishga ega bo‘lsada, o‘lchami, funksiyasi va strukturaviy yetilmaganligi bilan farqlanadi, asta-sekin o‘sib borishi bilan ona organizmining to‘la qiyofasiga ega bo‘ladi.
Ona qornida rivojlanish yuksak sutemizuvchilar va odamlar uchun xos. Ularning tuxum hujayrasida oziq moddalar kam shu sababli barcha hayotiy jarayonlar ona organizmi orqali amalga oshiriladi. Bunda embrion va ona organizmi to‘qimalarining murakkab provizor (muvaqqat) a’zolar jumladan yo‘ldosh hosil bo‘ladi. Bu ontogenezning yangi tipi bo‘lib, xomila rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib beradi va tug‘ilgan organizm ona suti hisobiga o‘sadi va rivojlanadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling