Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari (Progenez). Mashg‘ulot maqsadi


Download 1.02 Mb.
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1728739
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Биология №1(2-сем) (4)


AMALIY MASHG’ULOT № 1


MAVZU: Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari (Progenez).


Mashg‘ulot maqsadi.
Organizmning individual rivojlanishi — ontogenez va Proembrional rivojlanish to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.
O’quv jihozlari.
Organizmning individual rivojlanishi — ontogenez va Proembrional rivojlanish to‘g‘risida tayorlangan materiallarni mul’timediya doskasida namoyish etish.
Mashg‘ulot rejasi.
Mavzuga oid nazariy bilimlarni o‘zlashtirgandan keyin Organizmning individual rivojlanishi — ontogenez va Proembrional rivojlanish to‘g‘risida albomlariga chizib oladilar. Mashg‘ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalar bilimlari baholanadi va keyingi mashg‘ulotga topshiriqlar beriladi.
Mavzuning mazmuni.

To‘laqonli jinsiy ko‘payish – bu erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralarining hosil bo‘lishi bo‘lib, u tuxum hujayrasiga spermatozoid kirib, ikkala gameta yadrosining qo‘shilishi bilan boshlanadi.


Gametalarni hosil qiluvchi urg‘ochi va erkak organizmlari bir-biridai turli belgilari bilan farqlanadi, ya’ni u ikki organizmda jinsiy dimorfizm mavjuddir. Ayrim organizmlarda ham tuxum, ham spermatozoid yetishtirib beruvchi a’zolar mujassamlangan bo‘ladi, bunday organizmga germofrodit orga­nizm deyiladi, parazit yassi chuvalchanglar shunday toifadagi organizmlardir.
Jinsiy hujayralar — gametalar jinsiy a’zolarda birlam­chi jinsiy hujayralardan hosil bo‘ladi. Birlamchi jinsiy hujayra o‘ta erta — individ embrion taraqqiyotining dastlabki pallasida (qisqichbaqasimonlar, baqalarda — maydalanish davrida, sutemizuvchilarda organogenez boshlangan bosqichdayok) hosil bo‘ladi.
Organizmda jinsiy hujayralar — gametalar, birlamchi jin­siy hujayralarning taraqqiyoti va yetilishi — gametogenez jarayonida yuzaga keladi. Gametogenezda hosil bo‘layotgan har bir jinsiy hujayra murakkab meyotik bo‘linish jarayonining mahsuli hisoblanadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling