Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari (Progenez). Mashg‘ulot maqsadi


Download 1.02 Mb.
bet3/6
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1728739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Биология №1(2-сем) (4)

Ontogenezning davrlari. Ontogenez jarayoni ikki davrga bo‘linadi:

  1. Prenatal (tug‘ilishdan oldin )

  2. Postnatal (tug‘ilishdan keyin)

Prenatal davr o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:

  1. Proembrional (progenez) jinsiy hujayralar va ularning rivojlanishi (gametogenez) davri;

  2. Embrional—jinsiy hujayralar urug‘lanib zigota hosil bo‘lishidan boshlab to yangi avlodning paydo bo‘lishi davri.

Odamlarda ontogenezning prenatal (tug‘ilgunga), perinatal (homila rivojlanishining 28 haftasidan tug‘ilgandan keyingi 7-kunigacha), neonatal (tug‘ilgandan keyingi 28- kungacha ) va postnatal davrlari tafovut qilinadi.
Shu bilan birga, reproduksiyada (nasl qoldirishda) qatnashish darajasiga qarab ontogenezning quyidagi davrlari mavjud:

  1. Reproduksiyadan oldingi davr - bu davr definitiv fenotip rivojlanishi davri ham deyiladi va o‘z ichiga embrional rivojlanish va yuvenil ontogenezni oladi.

  2. Reproduktiv yetuklik davri

  3. Postreproduktiv - bu davr menopauzadan boshlanib, reproduktiv xususiyat susayib borishi bilan boradi.

Proembrional rivojlanish
Bu davrda gametogenez (jinsiy hujayralarning yetilishi) jarayoni kuzatiladi. Gametogenez jarayonida birlamchi jinsiy hujayralardan jinsiy hujayralar – gametalar hosil bo‘ladi, va ontognezning har xil bosqichlarini boshqaruvchi quyidagi jarayonlar yuzaga keladi:

  1. Genlar amplifikatsiyasi—DNKning miqdor jihatdan oshishi;

  2. r-RNK genlari nusxasining son jihatidan oshishi;

  3. Sitoplazmada ozuqa moddalar to‘planishi va bu moddalarning har xil taqsimlanishi;

  4. Sitoplazmaning differensiyalanishi (farqlanishi) bundan tashqari sitoplazmada ooplazmatik segregatsiya – moddalarning sitoplazmada tanlab tarqalishi yuzaga keladi, tuxum hujayra vegetativ va animal qutblarga ega bo‘ladi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling