Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari (Progenez). Mashg‘ulot maqsadi


Download 1.02 Mb.
bet5/6
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1728739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Биология №1(2-сем) (4)

Ovogenez
Ovogenez tuxum hujayraning rivojlanishi jarayoni bo‘lib, u tuxumdonda kechadi. Ovogenez jarayoni ham homila ona qornida rivojlanishining 4 haftasidan sariqlikda boshlanib, keyin tuxumdonda davom etadi. Dastlabki jinsiy hujayralar tuxumdonning yuza qatlamini egallab turadi va ular germinativ hujayralar deb ataladi. Bo‘lajak tuxum hujayralar ovogoniylar deyilib, ular xromosomalarning diploid to‘plamiga ega va mitoz yo‘li bilan ko‘payadi. Ovogoniylar sutemizuvchilarning embriogenezida germinativ hujayralar follikulyar hujayralar bilan o‘raladi bu esa birlamchi yoki primordial follikulalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Follikulyar hujayralarning asosiy funksiyasi tuxum hujayrani oziqlantiruvchi moddalar oqsillar, yog‘lar, aminokislotalar bilan ta’minlashdir. Oziqlantiruvchi moddalar sintezi tuxumdon xujayralarida emas, jigar hujayralari va organizmning boshqa hujayralarda sintezlanadi, shu bois tuxum hujayraning oziqlanishida butun organizm ishtirok etadi desa ham bo‘ladi.
Ovogenez jarayoni tuxumdonda amalga oshib, u uchta bosqichda boradi:
1.Ko‘payish; 2. O‘sish; 3. Yetilish.
Ovogenezning ko‘payish bosqichida ovogoniylar ketma-ket mitotik bo‘linib ularning soni ortib boradi. Odamda ovogoniylarning mitotik ko‘payishi faqat embriogenez davrda amalga oshadi, ayol organizmidagi bu jarayon embriogenezning 3-7 oylari oralig‘ida juda jadal kechadi keyin ovogoniylarning mitotik bo‘linishi to‘xtaydi. Yangi tug‘ilgan qizaloqda 2 mlnga yaqin ovogoniylar bo‘ladi, organizm o‘sishi bilan ovogoniylar yemirilib (degeneratsiyaga uchrab) miqdori kamayib boradi. Hosil bo‘lgan barcha ovogoniylar – ya’ni birlamchi jinsiy xujayralardan 40000 ga yaqini jinsiy voyaga yetayotgan organizmda saqlanib qoladi, ammo ularning ham barchasi tugal ravishda yetilmaydi (ko‘pi nobud bo‘lib ketadi), ayol organizmida gormonal o‘zgarish bo‘lib, jinsiy balog‘at boshlanishi bilan faqat 400 ga yaqini saqlanib ulardan bittasi har 28 kunda tuxumdondan chiqadi (ovulyatsiya bo‘ladi) va yetilgan jinsiy hujayraga aylanadi.
O‘sish bosqichida hujayralarning o‘lchami kattalashib, ovogoniylar I tartibdagi ovotsitlarga aylanadi. Birinchi tartibdagi ovotsitlarga aylangan bu hujayralar to jinsiy balog‘at boshlangunga qadar, ya’ni ayrim jinsiy gormonlar ta’siri bo‘lmaguncha shu holatda turadi, bu kichik o‘sish deyiladi. Birinchi tartibli ovotsitlar yassi follikula hujayralariga o‘ralgan bo‘ladi va primordial follikula nomini oladi, bu primordial follikulalarda organizmning butun reproduktiv yoshi davomida o‘sishga moyillik bo‘ladi.
Jinsiy balog‘at boshlanishi bilan birinchi tartibli ovotsitning yadro va sitoplazmasi yiriklashadi, sariqlik to‘planadi, follikulyar hujayraga o‘ralgan ovotsit tuxumdonning chekka sohasidan o‘rtaga siljiydi. Follikulyar hujayralar bir necha qavat bo‘lib, o‘sayotgan hujayrani o‘rab oladi bu katta o‘sish deyiladi. Gipofiz gormoni ta’sirida follikula hujayralaridan hosil bo‘lgan suyuqlik hisobiga hujayralararo bo‘shliq paydo bo‘lib, hujayra chekkaga suriladi va yetilgan follikula – graaf pufakchasi hosil bo‘ladi, bu pufakchada diploten holatidagi birlamchi tartibli ovotsit bo‘ladi, ular o‘sib yog‘, sariqlik, pigmentlar to‘playdi, shundan so‘ng hujayra yetilish bosqichiga o‘tadi (64-rasm).



64-rasm. Yetilgan Graff follikulasi. 1-donador parda; 2-yaltiroq parda; 3-II-tartibli ovotsit; 4-nursimon toj; 5-tuxum hujayrani ushlovchi do‘mboq; 6-follikula bo‘shlig‘i; 7-follikulaning ichki pardasi; 8-follikulaning tashqi pardasi.


Yetilish davri organizmdagi murakkab (endokrin) jarayonlar ta’sirida tuxumdondan birinchi tartibli ovotsitning chiqishi, ya’ni ovulyatsiya ro‘y berishi bilan boshlanadi. Yetilish bosqichida hujayralarning ikkita meyotik ya’ni reduksion va ekvatsion bo‘linishi kuzatiladi. Tuxum yo‘liga tushgan II tartibli ovotsitda meyozning reduksion bo‘linishi ro‘y beradi va hujuyraning notekis bo‘linishi jarayonida – ikkinchi tartibli ovotsit va mayda hujayra abortiv (yo‘naltirivchi – reduksion) tanacha - polotsid hosil bo‘ladi. Shu bo‘linish bilan hosil bo‘lgan hujayralar 23 ta (gaploid) xromosomaga ega bo‘ladi. Ikkinchi tartibli ovotsitda meyozning keyingi bo‘linishi sodir bo‘lib, yetilgan tuxum hujayra va bitta yo‘naltiruvchi tanacha xosil bo‘ladi, birinchi reduksion tanacha ham o‘z navbatida bo‘linib, 2 ta yo‘naltiruvchi tanacha hosil qiladi.(65-rasm)



65-rasm. Ayollarning tuxum hujayrasi. A.Tuxum hujayra: a-nursimon toj; b-yadro;


s-yaltiroq parda; d-sariqlik granulalari; g-yadrocha. V. II maydalanish bosqichidagi tuxum hujayra.
Shunday qilib, birinchi tartibli ovotsitdan bitta tuxum hujayrasi hamda 3 ta reduksion - yo‘naltiruvchi tanacha hosil bo‘ladi. Barcha hosila hujayralar tuxum hujayra va reduksion tanachalar 23 tadan xromosomaga ega bo‘lgan gomogamet (ya’ni barchasida ham X jinsiy xromasoma mavjud) hujayralardir. Hosil bo‘lgan bitta tuxum hujayra ma’lum miqdorda oziq modda sitoplazma bilan ta’minlanadi natijada tuxum hujayrasi hosil bo‘ladigan homilani ma’lum darajada ozuqa bilan ta’minlaydi.
Tuxum hujayra kam harakatchan yirik bo‘lib, himoya qobiq bilan o‘ralgan. Odamning tuxum hujayrasida yaltiroq qobiq va trofik vazifaga ega bo‘lgan follikula hujayralaridan iborat follikulyar qobiq mavjud.
Spermatogenez va ovogenezning asosiy farqlari(66-rasm):

  1. Ovogenez 3 bosqichdan iborat, spermotogenez esa 4 bosqichdan. Ovogenezda shakllanish bosqichi bo‘lmaydi.

  2. Ovogenez birlamchi ovotsit bosqichida uzoq yillar to‘xtab turadi, spermatogenez esa to‘xtovsiz kechib qarilikgacha davom etadi.

  3. Spermatogenezda simmetrik bo‘linish kuzatilib, boshlang‘ich bitta spermatogoniydan gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan 4 ta yetilgan spermatozoid hosil bo‘ladi.

  4. Ovogenezda asimmetrik bo‘linish kuzatiladi, bitta birlamchi hujayradan bitta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan yetilgan hujayra va 3 ta yo‘naltiruvchi tanacha hosil bo‘ladi.




66-rasm. Gametogenez –spermatogenez va ovogenez.


Tuxum xujayrasi undagi sariqlik miqdori, sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga qarab to‘rt turga bo‘linadi(67-rasm):



  1. Alesital (sariqligi bo‘lmaydi)

  2. Oligolesital (sariqligi kam, sitoplazmada teng taqsimlangan)

  3. Mezolesital (sariqligi o‘rtacha, sariqlik sitoplazmaning bir tomonida yig‘ilgan-telolesital).

  4. Polilesital (sariqligi ko‘p, sitoplazmada tarqalishiga ko‘ra o‘ta telolesital hujayralar, ba’zi hayvonlarda (ayrim bo‘g‘imoyoqlilarda) sariqligi ko‘proq markazda yig‘ilganligi uchun ular sentrolesital hujayralardir).

Gametogenez juda sermahsulligi bilan ajralib turadi. Erkak organizmining hayoti davomida 500 mlrddan ortiq spermatozoid hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan qizaloqlarda 2 mlnga yaqin ovogoniy bo‘ladi, organizm o‘sishi bilan bu ovogoniylar yemirilib bu birlamchi jinsiy hujayralarning 40.000 ga yaqini jinsiy voyaga yetayotgan organizmda saqlanib qoladi. Balog‘atga yetgach ayollarning tuxumdonida gametagenez to‘xtaganiga qadar 300-400 ta ovotsitlar yetiladi.



67-rasm. Tuhum hujayralarning tiplari.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling