Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari (Progenez). Mashg‘ulot maqsadi
Download 1.02 Mb.
|
Биология №1(2-сем) (4)
Gametogenez
Gametogenez - jinsiy hujayralar (gametalar) ning rivojlanish jarayoni bo‘lib, ikki yo‘nalishda boradi: spermatogenez va ovogenez. Spermatogenez Spermatogenez - spermatazoidlarning rivojlanishi bo‘lib urug‘donning egri kanalchalarida kechadi(61-rasm). Bu kanalchalarning devori biriktiruvchi to‘qima asosidan va follikulyar (sertoli) hujayralari qatlamidan iborat. Follikulyar botiqcha hosil qilib, unda spermatogenezning har xil bosqichidagi jinsiy hujayralar qat –qat bo‘lib joylashgan. 61-rasm. Urug‘ kanalchasining ko‘ndalang kesimi: 1-xususiy membrana; 2-sertoli hujayrasi bilan bog‘liq spermiy; 3-shakllanayotgan spermiya; 4-spermatidalar; 5-interstitsial Leydik hujayralar; 6-spermatogoniylar; 7-ikkinchi tartibli spermatotsitlar; 8-birinchi tartibli srpermatotsitlar; 9-sertoli hujayrasining tanasi va yadrosi. Spermatozoidlarning hosil bo‘lishi (spermatogenez) da 4 ta bosqich tafovut qilinadi: Ko‘payish ; 2. O‘sish ; 3. Yetilish ; 4. Shakllanish (spermiogenez). Spermatogenezning ko‘payish davri homila ona organizmida embri- onal rivojlanishining 4 haftasidan boshlanadi, rivojlanish dastlab sariqlikda keyinchalik esa urug‘donning egri-bugri kanalchalarining eng tashqi zonasida joylashgan hujayralar – spermatogoniylarning munta- zam ravishda mitoz yo‘li bilan ko‘payishi bilan boradi. Hosil bo‘lgan spermatogoniylar ikki turga A va B spermatogoniylar bo‘linadi. A spermatogoniylar doimo mitoz jarayoni hisobiga ko‘payib, birlamchi erkak jinsiy hujayralar (spermatogoniylar) miqdorining kamaymasligini ta’minlaydi, shu hisobiga A spermatogoniylar o‘zak hujayra hisoblanib, ularlarning ko‘p marta bo‘linishi natijasida ulardan B turdagi spermatogoniylar hosil bo‘ladi. O‘g‘il bola organizmi balog‘at yoshiga yetishi bilan va ularda bo‘ladigan gormonal o‘zgarishlar hisobiga B spermatagoniylarda mitoz jarayoni bir necha marta sodir bo‘lib hosila hujayralar keyingi o‘sish davriga o‘tadi va 1- tartibdagi spermatotsid hosil bo‘ladi. Bu hujayralar urug‘ nayi devorining keyingi qismiga siljiydi va yetilish davriga o‘tadi, yetilish davrida 1- tartibdagi spermatotsid meyoz yo‘li bilan bo‘linishga kiradi. Bizga ma’lumki, meyoz ketma-ket keluvchi ikkita bo‘linishdan iborat, birinchi meyoz bo‘linishga kirgan har bir hujayradan gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan ikkita 2-tartibli spermatotsidlar hosil bo‘ladi. Shu bo‘linishdan keyin ketma-ket sodir bo‘lgan ikkinchi meyoz bo‘linish natijasida har bir 2- tartibli spermatotsid hujayrasi urug‘ nayi teshigiga yaqin qismida joylashgan ikkitadan spermatida hujayralarini hosil qiladi, bu hujayralar mayda cho‘zinchoq bo‘ladi. Odamda meyoz bo‘linishning birinchi davri bir necha hafta kechadi, ikkinchi meyoz bo‘linish esa 8 soat davom etadi(62-rasm). Spermatogenezning shakllanish davrida spermatidalarning spermatazoidlarga aylanish jarayoni ya’ni spermiogenez amalga oshadi. Spermatogenez murakkab jarayon bo‘lib dastlab spermatid yadrosi kichiklashadi, xromatin zichlashib boradi, yadro bir tomonga sitoplazma esa uni o‘rab boshqa tomonga siljiydi. Goldji kompleksi yadro oldi qismiga joylashib murakkab o‘zgarishlar natijasida akrosomaga aylanadi. Spermatogenez mobaynida jinsiy hujayralar urug‘ nayi devoridagi oziqlantiruvchi hujayralar sertoli hujayrasi bilan yaqindan bog‘langan bo‘lishi ularning o‘zaro zich joylashishi sertoli hujayrasining oziqlan- tirish, degeneratsiyaga uchragan hujayralarni fagotsitoz qilish va boshqa faoliyatlarni bajarib spermatozoid hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Spermatogenez jarayonida har bir spermatagoniydan gaploid xromosoma to‘plamiga ega 4 ta spermatozoid hosil bo‘ladi. Bu spermatazoidlarning ikkitasi X xromasomaga, ikkitasi esa Y jinsiy xromosomaga ega bo‘ladi. Demak erkak organizmi jinsiy hujayralari ikki xil xromosomali – geterogameta hujayra hisoblanadi(63-rasm). 62-rasm. Urug‘donda kechadigan spermatogenez jarayoni. 63-rasm. Spermatozoidning tuzilishi. Spermatagenez ko‘pgina hayvonlarda yilning ma’lum mavsumidagina sodir bo‘ladi, boshqa vaqtlarda ularning jinsiy bezi urug‘ nayida faqatgina spermatogoniylar bo‘ladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling