Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Qizilo’ngach kasalliklarining rentgenodiagnostikasi


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Qizilo’ngach kasalliklarining rentgenodiagnostikasi 
Divertikullar. (Divertikullar - chetga yo'l). Divertikullarlar deb bo’shliq 
organlar devoridan hosil bo’lgan tashqariga yo’nalgan bo’rtmalar tushiniladi. 
Divertikullar ayniqsa oshqozon - ichak traktida ko'p uchraydi. Bu patologiya siydik 
pufagi devorida (ko'pincha prostata o’smalari tufayli (siydik chiqarishning 


qiyinlashishi natijasida), o’t pufagida va boshqa bo’shliqli organlarda kuzatiladi. 
Divertikullarning kelib chiqishi bo’shliqli organ devorining tug’ma yoki orttirilgan 
yetishmovchiligi (mushak qatlamining kuchsizligi, defekti) ayni bir vaqtda ichki 
bosimning ko’p bo’lishi (ich ketish, spazm, stenozlar yoki organ devorining 
chandiqlar tomonidan tashqariga tortilishi bilan bog’liq. Divertikullar devorining 
tuzilishiga qarab chin va yolg’on divertikullar tafovutlanadi. Chin (haqiqiy) 
divertikullarda bo’rtma devori shu organ uchun hos bo’lgan to’liq gistologik 
tuzilishga ega, ya'ni organ devorining hamma qatlamlari mujassam. Yolg’on 
divertikullarda shilliq parda, devorning muskul qavatidagi defekt orqali tashqariga 
churrasimon bo’rtib chiqadi, uning devori, shilliq va seroz (yoki fibroz) 
pardalardan iborat. 
Divertikullar, ko'p hollarda klinik alomatlarsiz kechishi mumkin. Klinik 
belgilar, divertikul tufayli organning harakat funksiyasi buzilishi, divertikul 
haltasida yallig’lanish (divertikulit) ro’y bergan taqdirda paydo bo’ladi. 
Qizilo’ngachda kelib chiqishi bo’yicha 3 hil - pulsion, traksion va funksional 
divertikullar kuzatiladi. 
Pulsion divertikul (puls-bosim) yolg’on divertikullarga kiradi. Bu tur divertikullar 
ko'proq halqum-qizilo’ngach chegarasida, orqa devorda, C-VI umurtqa 
balandligida kuzatiladi (Cenker - chegara divertikullari). 
Ba'zi kishilarda, halqumdan qizilo’ngachga o’tish sohasida mushak 
tolalarining kuchsizligi, o’tayotgan ovqat bosimi ostida shilliq pardaning muskul 
qatlamda tashqariga churrasimon bo’rtib chiqishi - divertikul hosil bo’lishiga olib 
kelishi mumkin. Pulsion d. nisbatan katta, ko’proq haltasimon shaklga ega. 
Divertikul haltasining bo’yinichasi, tanasi, tubi tafovut qilinadi. Bu tur 
divertikullarda ko'p hollarda evakuatsiya buzilishi tufayli ovqat qoldiqlari 
uchraydi. Ularning chirishi, yallig’lanish-divertikul chaqirishi mumkin. Divertikul 
rivojlanishining dastlabki davrlarda ichirilgan kontrast massa qizilo’ngachdan 
o’tayotib uning devorida yarim aylana, oval yoki haltasimon bo’rtma soya hosil 
qiladi. Bo’rtma devorlari odatda silliq, bo’yi va kengligi turlicha bo’lishi mumkin. 
Qizilo’ngach shilliq parda burmalari va divertikul bo’shlig’ida ham kuzatiladi. 
Divertikul kattalashib borgach uning shakli haltasimon shaklini egallaydi. 
Divertikulit rivojlangan hollarda haltachaning soyasi uch qatlam - tub qismida 
kontrastli, undan yuqorida kontrastsiz suyuqlik va havo tasviriga ega, evakuatsiya 
buziladi, divertikul bushagan taqdirda ham unda kontrast modda qoldiqlari keladi. 
Divertikul devori yallig’lanib atrof bilan chandiq hosil bo’lgan hollarda halta 
devorining deformatsiyasi kuzatilishi mumkin. 
Traksion divertikullar chin divertikullarga kiradi. Uning kelib chiqishi 
qizilo’ngach devori atrofida bo’lib o’tgan so’ng rivojlangan chandiq tomonidan 
organ devorining chetga tortilishi (traksiya-tortmoq) paydo bo’ladi. Kuzatiladi 


ko’proq qizilo’ngach ko’krak qismining ko’p qismida, old devorda. Bu tur 
Divertikullar nisbatan kichik (1-2 sm), rentgen tasvirda qizilo’ngach devorida 
uchburchak shaklida bo’rtma sifatida kuzatiladi. Bo’rtmaning uchi organ 
devorining tortilishiga bog’liq holda yuqoriga, to’g’riga, pastga yo’nalishi 
mumkin. Ba'zan Divertikul uchi sohasida va atrofida zich chandiq to’qimaga hos 
zichlanish yki ohaklangan limfa tugun soyasi ko’rinadi. Traksion divertikullarda 
evakuatsiya odatda buzilmaydi. Divertikul uchi pastga yo’nalgan hollarda ko'p 
yillar davomida bo’rtma kattalashib borib traksion-pulsion (aralash) divertikul 
hosil bo’lishi mumkin. 
Funksional divertikullar qizilo’ngach devori muskul qatlami tonusining nerv 
regulyatsiyasi buzish natijasida hosil bo’ladi. Bu holda qizilo’ngach devorida hech 
qanday anatomik o’zgarish yo’q, faqat ovqat (kontrast modda) o’tish paytida 
atoniya sohasi tashqariga bo’rtib chiqishi kuzatiladi. Qizilo’ngachning bu tur 
kengayishi o’tkinchi jarayon bo’lib keyingi kuzatuvlarda aniqlanmasligi mumkin. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling