Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar
Download 389.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
Yo’g’on ichakni tekshirish
Yo’g’on ichakni tekshirishda asosan uch hil rentgenologik tekshirish metodi qo’llanadi: Ogiz orqali kontrastlash (bariy nonushtasi) irrigoskopiya va qo’sh kontrastlash. Peroral kontrastlash metodida kontrast modda bariy sulfat bo’tqasi bemorga ikki marta - ertalab noharga (200 g) nonushga o’rniga beriladi va lozim bo’lsa ko’p ovqat hazm yo'llari tekshiriladi, so’ngra kechki ovqatdan keyin yana shuncha kontrast modda ichiriladi va ikkinchi kun ertalab (bariy sulfatning birinchi porciyasi ichirilgandan 24 soat o’tgach) rentgenologik tekshirish o’tkaziladi. Bu paytda kontrast modda sog’lom yo’g’on ichakning hamma qismini deyarli bir meyorda to’ldiriladi. Bu metod bemor uchun og’ir botmaydigan fiziologik metod bo’lib ichakning anatomo-morfologiyasi bilan bir qatorda motor-evakuator funksiyasini ham baholashga imkon beradi. Bu tur tekshirishda ichaklar devoridagi gaustralar, Divertikullar, spastik qisqarishlar, yaqqol ko’rinadi. Irrigoskopiya - yo’g’on ichakni kontrast xuqna yordamida tekshirish. Bu usul ichakning anatomo-morfologik holatini o’rganish uchun qo’llanadi. Bu tekshirish torokoskopda, rentgen apparati stoli gorizontal holatga keltirib, bemor yotqizilgan holda bajariladi. Ahlat va gazlardan tozalangan yo’g’on ichakka Bobrov apparati yordamida 1000-1500 ml suyuq bariy sulfat bo’tqasi yuboriladi, kontrast moddaning to’g’ri ichakdan boshlab yuqoriga siljib borishi rentgen ekranida kuzatib boriladi, bu paytda ichakning to’lishi, devorlarning elastikligi, siljuvganligi, kattaligi, joylashishi konturlari o’rganiladi. Lozim bo’lganda umumiy va mo’ljalli rentgenogrammalar qilinadi. Shilliq parda relefini o’rganish uchun ichakni bo’shatish tavsiya etiladi. Kontrast modda chiqarib yuborilgandan so’ng olingan rentgenogrammalarda shilliq parda yuzasida, burmalar orasida qolgan bariy sulfatining qoldiqlarining tasviri chiqadi. Yo’g’on ichak burmalari qisqa, gaustralar sohasida ko’ndalang, ular orasida bo’ylama etadi. To’g’ri ichak sohasida burmalar bo’ylama yo’naladi. Parda burmalari tasviri aniqroq chiqishi uchun kontrast moddaga 3-5 gramm tanin (shilliq pardani dagallashtiruvchi modda) qo’shish tavsiya etiladi. Yosh bolalarni ichak to’silishi (invaginatsiya) tahmin qilingan hollarda kontrast modda tariqasida havo yuborish - pnevmoirrigoskopiya qo’llanadi. Bu xil tekshirish bemor bola uchun yengilroq kechadi, ba'zan yuborilayotgan havo invaginatni o’z joyiga surib o’tkazishi va ichakni ochilishiga olib kelishi mumkin. Qo’sh kontrastlash-kontrastli klizmadan so’ng yo’g’on ichak bo’shatilgach - unga havo yuborib (2 litrgacha) shilliq parda yuzasini o’rganish metodi hisoblanadi. Bu tekshirish ichak devoridagi kichik o’smalar, yarachalar, Divertikullarning tasvirini olish imkonini beradi. Download 389.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling