Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


 barmoq ichakni tekshirish va rentgen anatomiyasi


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

12 barmoq ichakni tekshirish va rentgen anatomiyasi 
Kontrast moddaning 12 barmoq ichakda siljishi, uning me'dadan o’tishiga 
bog’liq holda kechadi va tabiiy sharoitda organning hamma qismi zich to’lmaydi. 
Kontrast modda porsiyasining siljish jarayonida uning shilliq parda yuzasida 
qolgan yumshoq soyasi asosida relyef o’rganiladi. Kontrast modda ma'lum vaqt 
davomida (bir necha o’n sekund) 12 barmoq ichak piyozini to’ldirib turishi 
mumkin. Shu paytda uning joylashishi, shakli, kattaligi konturlari, evakuatsiyasi 
o’rganiladi. "Piyoz" kontrast moddaga to’la bo’lgan paytda tomonlari biroz 
qavariq uchburchak shakliga ega, uning asosi me'da pilorik qismiga qaragan, 


cho’qqisi unga, yuqoriga va orqaga yo’nalgan. "Piyoz"-ning asos tomonida ikkita-
medial va lateral cho’ntaklar tafovutlanadi, me'da kichik egriligining davomi 
bo’lgan qirrasi kichik egrilik, qarshi tomoni katta egrilik deb ataladi. "Piyoz" 12 
barmoq ichak ko’p gorizontal qismining asosiy qismi hisoblanadi, retrobulbar 
qisim juda qisqa - 1 sm atrofida, so’ngra tuShuvchi qisim, uning ketidan pastki 
gorizontal va ko’tariluvchi qisimlar boshlanadi. 12 barmoq ichak umuman 
taqasimon tasvir beradi, ichak piyozining orqa devori qorin pardasi bilan 
o’ralmagan; tuShuvchi, pastki gorizontal va ko’tariluvchi qismining yarmi 
ekstreperitoneal joylashgan va siljuvchan emas. Shu sababli me'da pastga tushgan 
hollarda 12 barmoq ichak va flexura duodenojjunalis me'daning antral qismi 
soyasidan yuqorisida qoladi. 
12 barmoq ichakni kontrast modda bilan zich to’ldirib o’rganish talab qilingan 
hollarda relaksacion duodenografiya qo’llanadi. Bu metodning ikki uslubi bor - 
zondni va zondsiz. Birinchi uslubda spazmolitiklar (atropin 0,1%-1,0 metacin 0,1% 
3-5 ml, morfin 1% - 0,5-1,0) yuborilgandan 10-15 minut o’tgach metall olivoli 
duodenal zond rentgen kontroli ostida 12 barmoq ichakning tuShuvchi qismigacha 
kiritiladi so’ngra 150-200 g bariy sulfati zond orqali yuborilib ichak to’ldiriladi va 
rentgen suratlar olinadi. Bariy sulfatdan so’ng havo yuborib kush kontrastlash 
mumkin. Shu tariqa ingichka ichaklar ham kontrastlanadi.
Zondsiz relaksatsion duodenografiyada shu tadqiqot zondsiz amalga oshiriladi, 
spazmolitiklarni ta'sirini kuchaytirish va tez natija olish uchun atropin va morfin 
venaga yuboriladi, til ostiga 1-2 tabletka aeron berish ham mumkin. Shundan 10-
15 min. o’tgach bemorga qo'shimcha yana bir stakan bariy sulfat bo’tqasi 
ichiriladi. 
Ingichka ichaklarni o’rganish. Kontrast moddaning ichaklarda siljib borish 
jarayon
ida vaqti vaqti bilan (har yarim soatda) rentgenoskopiya qilib kontrast 
moddaning evakuatsiyasi qanday kechayotgani, shilliq parda burmalarining holati 
kuzatiladi, lozim bo’lganda umumiy va mo’ljalli rentgenografiya qilinadi. Ingichka 
ichak halqalarida kuzatiluvchi peristaltika, antiperistaltika kontrast modda ustinini 
bo’lib yuboradi, kontrast modda bilan zich to’lish faqat ba'zi halqalarda bir necha 
sm uzunlikda kuzatilishi mumkin. Shilliq parda burmalari baland ko’ndalang etgan 
nozik patsimon tasvir beradi va ular deyarli hamma joyda ko’rinib turadi. Yonbosh 
ichakning distal qismida burmalar yo’nalishi bo’ylama bo’ladi. Ichirilgan kontrast 
modda 5-6 soatda ileocekal burchak etadi. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling