Amaliy mashgulot №12 Osteoparoz kassaligi. Davolash va profilaktikasi gipoparatireoz (Osteoparoz)
Download 137.46 Kb. Pdf ko'rish
|
mavzu-12
Psevdogipoparatireoz I s turi. Kasallik asosida adenilatsiklaza nuqsoni
tufayli PTGga hujayra ichi javob reaksiyasi buzilishi yotadi. Gs α faolligi normada bo‘ladi. PTGga rezistentlikning biokimyoviy ko‘rsatkichlari psevdogipoparatireoz I a turidagi kabi bo‘ladi. Irsiy Olbrayt osteodistrofiyasi va ko‘plab gormonlarga rezistentlik kuzatiladi. Psevdogipoparatireoz II turi. Kasallikda proteinkinaza A yoki uning substrati darajasida nuqson bo‘ladi. Bu kasallikda gipokalsemiya va giperfosfatemiya kuzatiladi, ammo irsiy Olbrayt osteodistrofiyasi bo‘lmaydi. Psevdopsevdogipoparatireoz irsiy Olbrayt osteodistrofiyasi klinik belgilari, Gs α faolligining subnormal bo‘lishi, PTG miqdori normal/ortganligi, kalsiy va fosfor miqdori qon zardobida normalligi bilan xarakterlanadi. Psevdogiperparatireoz(PTGga buyraklarning selektiv rezistentligi). Buyrak kanalchalarining PTGga sezuvchanligi pasaygan yoki umuman yo‘q bo‘lib, suyak to‘qimasining PTGga sezuvchanligi buzilmagan bo‘ladi. Natijada buyraklarda 1,25(OH) 2 D 3 sintezlanmaydi, kalsiy ekskretsiyasi kuchayadi, qon zardobida PTG miqdori biroz ortadi. Suyaklar rentgenografiyasida og‘ir giperparatireoz belgilari aniqlanadi: fibroz-kistoz ostit, kistalar va qora o‘smalar. Davolash. Parxez bilan davolash (kalsiy, vitamin D ga boy mahsulotlar tavsiya etiladi, fosfor saqlovchi mahsulotlar cheklanadi), kalsiy, vitamin D preparatlaridan iborat. Kalsiy manbasiga ega bo‘lgan asosiy ozuqa mahsulotlari, sut mahsulotlari, asosan pishloq, tvorog, yogurt, qaymoq hisoblanadi. Kalsiy o‘simlik mahsulotlari (soya, no‘xot, loviya, sabzi, kashnich, grechkali va suli yormasi, anjir, kunjut urug‘i, mevalar), baliqda, oz miqdorda go‘sht mahsulotlari tarkibida ham bor. (jadval) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling