Amaliy mashgulot №12 Osteoparoz kassaligi. Davolash va profilaktikasi gipoparatireoz (Osteoparoz)


Ozuqa mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori


Download 137.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana29.03.2023
Hajmi137.46 Kb.
#1308133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mavzu-12

Ozuqa mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori. 
Mahsulot 
100g mahsulotdagi 
kalsiy miqdori mg 
Mahsulot 
100g mahsulotdagi 
kalsiy miqdori mg 
Sut yog‘liligi 1 % 
120 
Smetana 
100 
Sut yog‘liligi 3 % 
100 
Qattiq pishloq 
600 
Yogurt 
120 
Eritilgan pishloq 
300 
Yog‘li kefir 
120 
Tvorog 
95 
Suyaklari bilan 
quritilgan baliq 
3000 
Suli yormasi 
64 
Qaynatilgan baliq 
30 
Qora non 
60 
tuxum 
55 
Oq non 
30 
Mol go‘shti 
30 
Karam 
60 
Bodom 
254 
Anjir 
57 
Kashnich 
240 
Mayiz 
56 
Turshak 
170 
Olma qoqi 
45 
Salat 
83 
Yashil loviya 
40 
Arpa yormasi 
80 
Apelsin 
35 
YAshil zaytun 
77 
Grechka yormasi 
20 
Kalsiy preparatlari (karbonat, sitrat, laktat, glyukanat) ichishga tavsiya 
etiladi (elementar kalsiy 1-2 gdan). Faol kalsiyning miqdori uning turli birikmalarida 
birmuncha farq qiladi. Kalsiy preparatlarini ovqatdan keyin kunning ikkinchi 
yarmida qabul qilgan afzal. Bu tunda suyaklardagi rezobstruktiv jarayonlari sirkal 
holda tezlashishi bilan tushuntiriladi. 
Vitamin D 3 baliq yog‘i, baliqning seryog‘ turlari, uvildiriq, tuxum sarig‘i, 
mol jigari tarkibi bo‘ladi. Sut mahsulotlarida kalsiferol miqdori unchalik yuqori 
emas, mol sutida o‘rtacha 10XB/l, ona sutida 100 XB/l. Vitamin D 2 o‘simlik 
moylari, momaqaymoq bargi, qichitqiut, kashnich, xamirturush tarkibida bo‘ladi.
Vitamin D preparatlari (kalsitriol, xolekalsiferol, digidrotaxisterol) 
ichaklarda kalsiy so‘rilishini yaxshilash, buyrak kanalchalarida fosfor 
reabsorbsiyasini pasaytirish orqali uning qonda miqdorini normallashtirish uchun
tavsiya etiladi. Tanlov preparati kalsitriol (Vitamin Dning faol metaboliti 1,25(ON) 


2
D
3
) 0.25 – 1 mkgdan kuniga (2 mahal). Tasiri tez bilinadi – 1-4 kun davomida. D 
2 vitamini preparatlari: Ergokalsiferol — 0,0625%li , 0,125%-li, 0,5%-liyog‘li 
eritmalari (1 tomchisi mos ravishda 625, 1250 ili 5000 XB), vitamin D 3 
preparatlari: kolekalsiferol ( 1 tomchisi – 500 XB, 7500-15000 XB/sutdan tavsiya 
etiladi. Digidrotaxisterol ichakda kalsiyning so‘rilishini va fosforning siydik bilan 
chiqarilishiga yordam beradi. Dori vositasi 0.1%li yog‘li eritma shaklida 10, 50 ml 
flakonda chiqariladi. 1 ml yog‘li eritma (24 tomchi) 1 mg digidrotaxisterol saqlaydi. 
Kalsiy va vitamin D vositalari dozasi individual, qonda kalsiy va fosfor miqdorini
nazorat qilgan holda, giperkalsemiya va giperkalsiuriya va uni oqibatlaridan ehtiyot 
bo‘lgan holda beriladi (qonda umumiy kalsiy miqdori normal ko‘rsatkichning pastki 
chegarasida ushlab turiladi – 2.0-2.2 mmol/l) 
Hozirgi paytda kasallikni davolash uchun PTG kam qo‘llanilmoqda, 
chunki uzoq vaqt kiritilganda unga nisbatan antitela ishlab chiqariladi. Yurak 
faoliyatining buzilishida shoshilinch yordam
10 %li kalsiy glyukonat eritmasini vena ichiga asta-sekin jo‘natish orqali 
ko‘rsatiladi. Boshqa holatlarda kalsiy glyukonat 5 % glyukozada vena ichiga 
sekinlik bilan (2-5 ml/kg/sut) kiritiladi, parallel ravishda kalsiy preparatlari 
(karbonat, sitrat, laktat, glyukonat) ichishga bo’yuriladi. Agar gipokalsemiyada 
talvasa vena ichiga kalsiy glyukonat kiritilshiga rezistent bo‘lsa, hamroh magniy 
yetishmovchiligi haqida taxmin qilish mumkin. Bu holatda qo‘shimcha ravishda 
mushak orasiga 25% li magneziy sulfat eritmasidan 0.2 ml/kg tavsiya etiladi. 
Magniy PTG sekretsiyasini va unga to‘qimalar reaksiyasini oshiradi. 
 

Download 137.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling