Amaliy mashg`ulоt №2 mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari. Ishdan maqsad


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.02.2023
Hajmi366.75 Kb.
#1226001
1   2   3   4
Bog'liq
2-AMALIY MASHG

 
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: 



tadqiqot ob`ekti va predmetini tanlash, tadqiqot vazifalariga asosan fizik 
mohiyatini o`rganish va ishchi gipotezani shakllantirish; 

ishchi gipotezaga asosan modelni aniqlash va uni tadqiq etish

tadqiqot natijalarini tahlil qilish va tekshirilayotgan muammoning 
nazariyasini ishlab chiqish. 
4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash, tuzatish 
yoki rad etish uchun o`tkaziladi):

eksperimental tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;

eksperimentni rejalashtirish va uni o`tkazish metodikasini ishlab 
chiqish;

eksperimentni o`tkazish uchun zarur bo`ladigan qurilma va boshqa 
vositalarni yaratish; 

o`lchash usullarini asoslash va vositalarini tanlash; 

eksperimental tadqiqotlarni o`tkazish va ularning natijalariga ishlov 
berish. 
5-bosqich Ilmiy tadqiqotlarni analiz qilish va rasmiylashtirish: 

nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ular 
orasidagi farqlarni tahlil qilish; 

tadqiqot ob`ektining nazariy modeli va xulosalarni aniqlashtirish; 

ishchi gipotezani nazariyaga aylantirish yoki uni rad etish; 

ilmiy va amaliy xulosalarni shakllantirish, tadqiqot natijalarini 
baholash; 

ilmiy-texnik hisobot tuzish va uning taqrizdan o`tkazish. 
6-bosqich. Amaliyotga joriy etish va iqtisodiy samaradorlik: 

tadqiqot natijalarini ishlab-chiqarishga joriy etish; 

iqtisodiy samaradorlikni aniqlash. 
TKI (Tajriba konstruktorlik ishlari) ni bajarish jarayoni ham mantiqiy 
tartibda joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan iborat bo`ladi: 
1-bosqich. TKI mavzusini shakllantirish, dolzarbligini asoslash, maqsad va 
vazifalarini belgilash (ITIning 1- va 2- bosqichlari ishlari bajariladi).
2-bosqich. Texnik topshiriq va taklif: 
- eksperimental namunani loyixalashga texnik topshiriq ishlab chiqish; 
- texnik- iqtisodiy asoslash
- patentga yaroqlilikka tekshirish. 
 3-bosqich Texnik loyihalash: 
- texnik loyiha variantlarini ishlab chiqish va maqbulini tanlash; 
- alohida tugun va bloklarni yaratish va ularning ishonchlilik ko`rsatkichlarini 
tekshirish; 


- namunaning texnik darajasi va sifatini aniqlash, texnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlarini hisoblash; 
- texnik loyihani kelishish. 
- ishchi loyixani ishlab chiqish
- zaruriy konstruktorlik xujjatlarini tayyorlash. 
4-bosqich. Tajriba namunasini tayyorlash: 
- ishlab-chiqarishni texnologik tayyorlash: texnologik jarayonlarini ishlab 
chiqish, asbob-anjomlarni loyihalash va tayyorlash; 
- tajriba namunasining detallari, tugunlari va bloklarini tayyorlash, ularni 
yig`ish; 
- tajriba namunasini ishga tushirish, sinash, sozlash; 
- laboratoriya va ishlab-chiqarish sinovlarini o`tkazish. 
5-bosqich. Tajriba namunasini sayqallash: 
- sinovlardan so`ng tugunlar, bloklar va yaxlit tajriba namunasining ishini 
tahlil qilish; 
- ishonchlilik talablariga javob bermaydigan tugun, blok va detallarni 
almashtirish. 

Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling