Amaliy mashg`ulоt №2 mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari. Ishdan maqsad
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
2-AMALIY MASHG
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fundamental tadqiqotlar
- Amaliy tadqiqotlar
- Ishlanmalar yoki tajriba - konstruktorlik ishlari
- 2.1-rasmda
AMALIY MASHG`ULОT № 2 MAVZU: ILMIY TADQIQOTLARNING ASOSIY TURLARI VA BAJARILISH BOSQICHLARI. Ishdan maqsad: Ilmiy tadqiqot turlari, fundamental tadqiqotlar amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar yoki tajriba, ilmiy tadqiqotlarning bajarilish bosqichlari, ilmiy bilish metodlari, ilmiy yo`nalish tushunchalari bo`yicha egallangan nazariy bilimlarni mustaхkamlash va chuqurlashtirish Ilmiy tadqiqotlar yoki ilmiy - tadqiqot ishlari (ITI) o`zining maqsad – vazifasi - tabiat yoki sanoat bilan aloqasi, bog`liqligi darajasi, ilmiy miqyosiga ko`ra uchta asosiy turga bo`linadi: fundamental (nazariy), amaliy (tadbiqiy) va ishlanmalar. Fundamental tadqiqotlar - borliqning yangi qonunlarini kashf etish, voqea-hodisalar orasidagi bog`liqlikni aniqlash, yangi nazariya va tamoyillarni yaratishga yo`naltirilgandir. Ular jamiyatning, insonlarning bilimlarini kengaytirish, tabiat qonunlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bu tadqiqotlar fanning asosi (poydevori) bo`lishi bilan birgalikda, ijtimoiy ishlab- chiqarishning ham asosini tashkil etadi. Amaliy tadqiqotlar - yangi ishlab-chiqarish vositalarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan ilmiy bazani ishlab chiqishga yo`naltirilgandir (uskuna - jihozlar, mashina - mexanizmlar, materiallar, ishlab- chiqarish usullari, ishlarni tashkil etish va b.). Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarishning konkret sohasini rivojlantirishga bo`lgan talabini qondirishi kerak. Ishlanmalar yoki tajriba - konstruktorlik ishlari (TKI) ning maqsadi - texnika namunalarining, ishlab-chiqarish texnologiyalarining yangi turlarini yaratish va o`zlashtirish, mavjudlarini takomillashtirishda amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlar natijalaridan foydalanishdir. TKI jaryonida ilmiy tadqiqotlar texnik takliflar ko`rinishini oladi. Bunday o`zgarishning fan - ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimi dagi sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan. 2.1-rasm. Ilmiy-tadqiqotlarning fan – ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimida texnik takliflarga aylanishi sxemasi Fundamental va amaliy ITI bajarish jarayoni ma`lum mantiqiy tartibda joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan tashkil topadi. 1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va nomini shakllantirish (belgilash): - mo`ljallangan tadqiqot muammosiga oid bo`lgan, o`zimizda va chet ellarda chop etilgan manbaalarda mavjud ilmiy-texnik ma`lumotlar bilan tanishish, ularni o`rganish, uning dolzarbligini asoslash; - muammo bo`yicha eng muhim tadqiqotlar yo`nalishlarini aniqlash va tasniflash; - mavzuni shakllantirish va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; - texnik topshiriqni ishlab chiqish va ITIning umumiy sanaviy rejasini tuzish; - kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa samarali foydani boshlang`ich tarzda aniqlash. 2-bosqich. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash: - tanlangan mavzuga oid ilmiy-texnik hisobotlar, Vatanimiz va chet ellarda chop etilgan adabiyotlarni to`plash va bibliografik ro`yxatlarini tuzish (monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar, maqolalar, patentlar va ixtirolar va b.); - mavzuga oid manbaalarning annotatsiya va referatlarini tuzish; - tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash. Download 366.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling